3-rasm. Tvitter ijtimoiy tarmog`ida eng ko`p ergashuvchilarga ega bo`lgan hukumat rasmiylari (2014 va 2017 yillar)
Borgan sari ko’proq mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya, Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Maekaziy Osiyo mamlakatlaridagi hosirgi axborot kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojnlarni to’liq qondira olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir. O’bekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni rivojlantirish orqali erishish mumkin.Biznes uchun muhim jarayonlarni dasturlar va sun`iy ong yordamida avtomatlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi (1-jadval).
1-jadval
Onlayn platformalar so`nngi yillarda mahsulot, xizmatlar va axborot bozoridagi muhim o`zgarish sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |