Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ilovalar kirish


Kriptovalyutalar – yangi raqamli iqtisodiyot aktivi sifatida


Download 118.52 Kb.
bet10/15
Sana21.11.2023
Hajmi118.52 Kb.
#1791233
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mundarija kirish

5. Kriptovalyutalar – yangi raqamli iqtisodiyot aktivi sifatida

Kripto-aktivlar, ya’ni blokcheyndagi o‘z qiymati va egasi bo‘lgan qaydlar yig‘indisi aylanmasi bilan endi faqat litsenziya asosida shug‘ullanish mumkin. Litsenziyalashga mayning, kripto-aktivlar bozoridagi hizmatlar va kripto-birjalar faoliyati kiradi. Bu yo‘nalishlarni litsenziyalash NAPU (Loyihalarni boshqarish milliy agentlagi) tomonidan amalga oshiriladi.Keyinroq O‘zbekistonda kripto-birjalarga bo’lgan talablar ham tasdiqlandi: xorijiy korxona, «ustav miqdori» 30 000 ekyu (5,5 mlrd so‘mdan ortiq), elektron tizim mavjudligi, savdoni amalga oshirish qoidalari, bozor kotirovkalaridan foydalanish va savdo haqidagi axborotlarni besh yil davomida saqlash majburiyati.Ko‘plab virtualvalyutalar moddiy ta’minotga ega bo‘lmasdan, ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aksiyalar, opstionlar, veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’minotga ega bo‘lmaydi. Biroq agar klassik valyuta qimmati asosanuni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatiga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat undan foydalanuvchilar kutadigan natijalar bilan belgilanadi.Kembridj universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, kriptovalyutalardan foydalanuvchilar umumiy soni so‘nggi uch yil ichida to‘rt baravar – 2013 yildagi 8,2 milliondan 2018 yilga kelib taxminan 50 milliongacha o‘sdi.Ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotga o‘tilish bilan iqtisodiy o‘sish tendensiyalari yanada faol o‘sish tomon o‘zgarishi mumkin. Bir tomondan, yaqin yillarda kriptoiqtisodiyot umumiy hajmi alohida mamlakatlar byudjeti bilan taqqoslanadigan darajaga yetadi. Boshqa tomondan, ushbu iqtisodiy faollikbutun dunyo bo‘ylab (eng katta qizg‘inlik Xitoy, Yaponiya, Evropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya, AQSH, Gruziyava va Afrikaning bir qator mamlakatlarida kuzatildi) tarqalgan, ammo uning ko‘lami har bir alohida mamlakat iqtisodiyoti umumiy hajmida va jahon miqyosida u qadar sezilarli miqdorda emas. Bir qator davlatlar (Shveysariya, Angliya, Isroil va boshqalar) blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda, o‘zining mos keluvchi markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan virtual valyutasini ham yaratish istagini bildirdi. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa texnologiyalar joriy qilish, shubhasizki, davlat virtual valyutalari ishonchliligini oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuvkriptovalyutalarning asosiy g‘oyasiga (taqsimlangan va markaziy boshqaruvsiz) zid keladi va unga to‘liq ma’noda qarshilik ko‘rsata olmaydi.Nima bo‘lganda ham, barcha davlatlar o‘zining moliyaviy va iqtisodiy tizimini ularning bir qismi tartibga solinadigan bir nechta valyuta muomalada bo‘lishiga tayyorlashi zarur deb o’ylaymiz. Xususan, Kanadaning eng yirik banklaridan biri, yangi Shotlandiya banki yoki Scotiabank, yaqinda bank mijozlari uchun «bank ishi odamlarga qanday hizmat qilishini qayta fikrlash» falsafasiga muvofiq, raqamli innovatsiyalar va yechimlar ishlab chiqish va joriy qilishni amalga oshiradigan yangi raqamli fabrika ishlab chiqilishi haqida ma’lum qildi. Deutsche Bank ham raqamli bank mahsulotlarini rivojlantirish borasida o‘z markaziga ega: Digital Factory Frankfurtda joylashgan. Bu raqamli fabrikada14 mamlakatdan bo‘lgan 400 ga yaqin dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi axborot texnologiyalari mutaxassislari va moliyaviy ekspertlar eng zamonaviy usullardan foydalangan holda, raqamli mahsulotlar ishlab chiqish ustida birgalikda ishlamoqdalar. 2016 yilning noyabrida Deutsche Bank dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarga an’anaviy moliya hizmatlari doirasidan chiqadigan bank mijozlari uchun raqamli yechimlar yaratish imkoniyatini taqdim etdi. Bunday yondashuvbank ular negizida butun dunyo startaplari bilan hamkorlik qiladigan uchta innovatsion laboratoriya, raqamli fabrika va tadqiqotlar yangi markazini birlashtiradigan innovatsiyalar ekotizimi yaratishga imkon berdi. Bank dasturchilarga kelajakning raqamli hizmatlarini amalga oshirish uchun o‘z g‘oyalarini tekshirishga imkon beraidgan amaliy dastur interfeys (dbAPI) orqali raqamli muhitga to’laqonli ulanish va bu muhitda ishlash imkoniyatini ta’minlaydi.Tranzaksiyalar qismida ochiq interfeyslar mantiqinibank sohasi uchun inqilobiy bo‘lgan «Ikkinchi to‘lov Direktivasi» (Revised Payment Directive, PSD2 EU) ham tasdiqlaydi. U qonunchilik darajasida Evropa Ittifoqi banklarini chetdan ishlab chiquvchilarga foydalanuvchilar dasturlari uchun API bepul taqdim etishga majbur qiladi. Mijozning topshirig‘i asosida va bank bilan aqlli shartnoma tuzish orqali uchinchi tomon to‘lovlarni amalga oshirishi va tranzaksiyalar haqidagi axborotni o‘z dasturalrida aks ettirishi mumkin. Bu bir tomondan, ko‘plab bozor qatnashchilarini cho‘chitadigan, boshqa tomondan esa – yangi, strategik ahamiyatga molik istiqbol bo‘lib ko‘rinadigan ochiq banking tomon yana bir qadamdir. Boshqa tomondan, raqamli bank hizmatlari ishlab chiqishga proprietar yonadshuv ham an’anaviy raivshda qo‘llanilib kelmoqda. Xususan, RossiyaSberbanki «Sbertex» AT-kompaniyasini tashkil qildi. Sbertex loyihalari o‘z bank tizimini o‘z kuchlari bilan modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Biroqochiq interfeyslar (Open API) rivojlanishi ham kelajakdagi yo‘nalishlardan biri sifatida ma’lum qilinadi. Banklar ekotizimi tez rivijlanibbormoqda va bank servislari bilan bog‘liq o‘z dasturlarini yozish istagida bo‘lgan kishilar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Bularning barchasistartap-g‘oyalar mijozlariga yo‘naltirilgan mustaqil IT-mutaxassislarini jalb qilish va ochiqlikka intilishdan darak beradi. Tabiiyki, bunday yondashuvni yangi raqamli iqtisodiyot paradigmasi talab qiladi. BIAN joriy 5-versiyasi 7 ta biznes-yo‘nalish, 36 ta biznes-domen, 300 ga yaqin turli domendagi servislar, 700 dan ortiq biznes-stsenariylar va2000 ga yaqin namunaviy biznes-operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiquvchilar tarkibiga 27 ta moliya tashkilotlari (ABN AMRO Group, Credit Suisse, Societe Generale Group, Deutsche Bank, Unicredit Group, ING, Achmea, Rabobank, UBS, Banco Galicia va boshqalar) hamda 43 ta dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar (Temenos, Diasoft, Infosys, Sopra Banking Software, TCS Banks, IBM, SAP, Microsoft va boshqalar) kiradi.
"Raqamli banking" bu bank xizmatlari internet orqali amalga oshiriladigan onlayn bank tizimiga o‘tishdir. "Onlayn" yoki "internet banking" deganda esa, bank yoki boshqa moliyaviy institut myjozlariga moliyaviy institut veb-sayti yordamida bir qator moliyaviy transaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron to‘lov tizimidir. Ushbu tizim banklar va mijozlarga bank xizmatlarini qulay va tezroq amalga oshirishlariga imkon beradi. "Raqamli bank" tizimi jarayonlarning yuqori darajada avtomatlashuvi, xizmat- larning veb-saytlarga asoslanishi, institutlararo bank mahsulotlarini etkazib berishni ta’minlovchi dasturiy interfeys ilovalarining (ARO.foydalanilishi, mijozlarga moliyaviy axborotga kompyuter, mobil telefon va bankomatlar orqali bog‘lanish imkoniyatining mavjudligi kabilarga asoslanadi4. Endi raqamli iqtisodiyot sharoitlarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimini, ya’ni, raqamli banking muammolarini va uni rivojlantirish yo’l-yo’riqlarini ham biroz ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, "raqamli bank" xizmati o‘ziga xos bir qator xususiyatlarga egadir. Ular, jumladan O’zR bank tizimi uchun quyidagilardan iboratdir:
hozirgi paytda pul massasi aylanmasining ustuvor shakli naqdsiz bo‘lib, tizim samaradorligini oshirish uchun mijoz bilan masofaviy elektron aloqaga kirishishni maksimallashtirishni nazarda tutadi;
autentifikatsiya usullaridan fizik elektron, parollashgan biometric hamda kombinatsiyalashgan usullardan foydalanilib, bank xizmatlari xavfsizligini ta’minlash usullarini modernizatsiya qilishni maqsad qiladi;
mamlakat doirasida internet orqali markazlashgan ma’lumotlar markazi "big data" imkoniyatlari yordamida raqamli axborot tizimi arxitekturasini tuzish va
u orqali ma’lumotlarni boshqarishni maqbullashtirish rejalashtirilayapti;
bank avtomatlashtirish bo‘limlarining paydo bo‘lishi va kengayishi, boshqa bo‘limlarga bo’lgan ish yuklamasining kamayishi natijasida bank xizmatlarini va bank faoliyatini avtomatlashuvning ahamiyati oshishi;
bankning mijozlar bilan o‘zaro aloqasida ijtimoiy media, web-dasturlar va videoaloqa uskunalaridan keng foydalanish ko’zda tutilishi kabilardir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz bank sektori resurs bazasi kengayib borayotganiga, respublikamizda "raqamli banklar" faoliyatini rivojlantirishga astoydil kirishilganligiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlari ulushlari anchagina kamligicha qolmoqda. Shuningdek, respublikamiz bank tizimida davlat ta’sirining yuqoriligi va tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatning yetarli darajada emasligi bank xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, masofadan keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank tizimini keng miqyosda "raqamlashtirish" faoliyatini to’la-to’kis rag‘batlantira olmayapti. Endilikda respublikamizda elektron hukumat tizimining rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hizmat doirasining kengayishi, internet tezligi va imkoniyatlarining oshishi bank sektorida internet-banking xizmatlarining yanada ko’payishiga xizmat qilishi kutilmoqda.





Download 118.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling