Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ilovalar kirish
O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida banklarning roli
Download 118.52 Kb.
|
Mundarija kirish
6. O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida banklarning roli
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlar bozoridagi ulushning shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peer-to-peer – P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (digital banking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, Kosnotsium konsepsidanraqamli banking kontseptsiyasiga o’tish, CRM (Castomer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijojlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlarning hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi. Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin va o’z faoliyatini asosanmobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin: omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish; axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish; ochiq API tizimidan foydalanish; moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat; mobil to‘lovlarning rivojlanishi; banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish. Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to’kis o‘tish nafaqat banklarga, balki xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan iste’molchilarga ham foyda keltiradi (masalan, harajatlarning pasayishi, muloqot doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish).Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab berilgan.Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati. Shuningdek,ta’kidlash joizki, banklarning raqamli hizmatlarga o‘tishiuzoq muddatli va serharajat, aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdorda mablag‘lar ajratishni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda banklar o‘z mijozlariga bir qator onlayn-hizmatlar va masofaviy bank hizmatlarini ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankio‘z mijozlariga quyidagi onlayn-hizmatlar taklif qilmoqda: 1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish; 2) amalga oshirilgan amallar to’g’risida elektron pochta (e-mail) orqali xabardor qilish; 3) mijozlar uchun personal IVR-kabinet tashkil qilish. Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar taklif qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklarcheklangan turdagi onlayn-hizmatlartaklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy banklarraqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy hizmatlar taqdim etadigan bo‘lsa, iste’molchilarbank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo’lar edilar. Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi: 1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi masofani qisqartirish; 2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam maslahat asosid tashkil qilish va rivojlantirish; 3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etish; 4) mijozlarni bank operatsiyalari o‘tkazishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish. Bank hizmatlarining innovatsion turlarini bank tizimiga faol joriy qilish uchun respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarur bo‘lib, buning uchunnafaqat investitsiyalar, balki raqamlashtirish sohasida bizdan o‘zib ketgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarini yaxshilab o’rganish ham zarur.Bank sanoati – shiddat bilan raqamli rivojlanishga bo’lgan yorqin misollardan biri bo‘la oladi. Deloitte konsalting kompaniyasiRossiya banklari orasida yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayonini tadqiq etib, buning natijasida ekspertlar 11 ta innovatsiyani tanlab oldilar va ularni bir nechta guruhga ajratidilar: havfsizlikni ta’minlash («aqlli» identifikatsiya-II-Intellektual Identification), tahlil (Big Data, shaxsiy moliyaviy yordamilar – PDA – Personal Digital Assistent), raqamli texnologiyalar (onlayn-hamyon, muloqotsiz to‘lov va boshqalar), avtomatlashtirish (bo‘linmalardagi avtootvetchiklar va robotlar), geymifikatsiya (mijozlar uchun o‘yinlar va kvestlar) va P2P-kreditlash. Download 118.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling