O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
Download 145.19 Kb.
|
XBI Bahrom
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA XALQARO BANKLARNING AHAMIYATI BAJARDI: 1-kurs, WU-22 guruhi, TURSUNBOYEV BAHROM
- Kirish 3 Asosiy qism
- Xulosa 41 Foydalanilgan adabiyotlar
- Jahon iqtisodiyotini vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “ IQTISODIYOT” FAKULTETI “MAKROIQTISODIYOT” KAFEDRASI “JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR” yo’nalishi “XALQARO BANK ISHI” fanidan MUSTAQIL ISH MAVZU: JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA XALQARO BANKLARNING AHAMIYATI BAJARDI: 1-kurs, WU-22 guruhi, TURSUNBOYEV BAHROM TEKSHIRDI: prof. A.V. VAHABOV TOSHKENT 2023 MUNDARIJA
Kirish Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi uchun xalqaro banklar xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu banklar mamlakatlar ko'p yonalishlarda yordam berishadi, o'rtacha insoni bilim, ma'lumot va moliya bo'shlig'iga tayyorlash, to'g'ridan to'g'ri moliyaviy ko'rsatkichlar, xavfsizlik olish, ayrim turdagi moliyaviy va boshqa muammo va majburiyatlarini mualliflik qilish yechimlari ko'rsatishdagi zamonaviy yechimlarini o'z ichiga oladi. Osmonning uyushmalar va belgilar jamoasi xalqaro moliyaviy tizimni muvofiqlashtiruvchi yaxshi tajribaga ega banklarning ulushi va uning unumdorligi oldindan turib turing. Ularning jangovar davlatlar tomonidan yaratilgan moliyaviy ko'rsatkichlarini oshirish uchun ko'rsatilgan yordam va xujjat turlariga qarab, banklar to'g'ridan to'g'ri yordam berishadi. Shuningdek, xalqaro banklar rasmiy uslubda o'tkaziladigan o'zaro moliyaviy murojaatlari emas, balki shaxsiy avtomatlahtirish qo'llab-quvvatlash tizimlari yaratish, berganlidir. Bu tizimlar xalqaro banklar, korporativ tashkilotlar, tadbirkorlar va shaxslarning xarid qilish va sotishni ishonchli holatda o'tkazishlariga imkoniyat beradi. Bular yordamida banklar odamlar o'rtasida moliyalashtirishni osonlashtiradi, shunga qaraganda, iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanishni yaxshilashganiga qarab, xalqaro banklar va ularning xizmatlari jahon iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyotini vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari Jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog'liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o‘tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo'lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo‘jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlarning juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyolarning ba’zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo'jalik yuritishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi xalqaro savdo va jahon xo‘ja!ik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o’z aksni topgan (1-jadval)1. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishidagi birinchi bosqich XV-XVI asrlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqich buyuk geografik kashfiyotlar, jahon mustamlaka tizimining shakllanishi, jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi va manufaktura davri hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish boshqichlari
Bu davr mustamlaka mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jahon xo‘jaligi bu bosqichda mamlakatlarning (birinchi navbatda, mustamlaka egalari va mustamlakalar) tashqi savdo sohasidagi o‘zaro munosabatlarining yig‘indisi sifatida talqin etiladi va ustun darajada savdo kapitalini sarflanish sohasi hisoblanadi. Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yarmi — XIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shakllanishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to‘ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o‘tish), jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko‘payishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi bilan bog‘liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan: • xalqaro mehnat bozorida baynalminallashuv jarayonining chuqurlashuvi — 1870-1913-yillar davomida Yevropani 36 mln. kishi tark etdi va ularning 2/3 qismi AQSh ga ko‘chib o‘tdi. Osiyo hududida esa xitoy va hind emigrantlarining soni Yevropa emigrantlaridan ham oshib ketdi; • xalqaro kapitallar oqimining ko‘payishi — 1914-yilga kelib uzoq muddatli xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 44 mlrd. dollarga yetdi va ushbu jarayonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya faol ishtirok etdi. Xalqaro kapitallar harakatida umuman rasmiy cheklovlar bo‘lmaganligi tufayli. Shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar bozorining baynalminallashuvi ham yuqori darajaga yetdi. 1913-yilda London fond bozorlarida sotilayotgan qimmatbaho qog‘ozlarda xorijiy qimmatbaho qog‘ozlar ulushi 59 %ni, Fransiyada esa ushbu ko‘rsatkich 1908-yildayoq 53 %ni tashkil etdi; • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ta’sirida xalqaro ishlab chiqarishning o‘sishi tufayli 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xalqaro kapital harakatining asosini tashkil qildi. Bu davrda Buyuk Britaniya to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy eksportyori hisoblangan. Jami to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 45 % Buyuk Britaniya hissasiga, 20 % esa AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy importyorlar AQSh, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Xitoy va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari hisoblandi. 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy invcstitsiyalarning asosiy oqimi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirilgan edi. Jahon xo'jaligining bu davri kapital ishlab chiqarish sohasida sanoati rivojlangan mamlakatlarning o'zaro aloqalari va mustamlakalari bilan bo'ladigan iqtisodiy munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmuasini tashkil eta boshladi. Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi uchinchi bosqich I va II jahon urushlari davrini o‘z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yil- dan keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori darajada beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi bilan ajralib turadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqich II jahon urushining oxirlaridan boshlanib, 90-yiIlarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ushbu davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo'yish yoki yangi xalqaro iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsidanadi. Bu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatdi: barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari; dunyo mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik va mchnat unumdorligini oshirish sohasida birlashish tamoyillarining kuchayishi; tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotning jadal rivojlanishi; mustamlakachilik tizimining parchalanishi. Bundan tashqari, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan mamlakatlarning faol jalb etilishi, jahonning kapitalistik va sobiq sotsialistik xo'jaliklari o'rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi ro‘y berdi. Milliy xo‘jaliklarningjahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashib, ular o'rtasida o'zaro bog’liqlik sezilarli darajada kuchaydi. Jahon xo'jalik aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar tizimi yaratildi va xalqaro korporatsiyalar faoliyatining faollashuvi kuzatildi. Jahon xo‘jaligining beshinchi — zamonaviy rivojlanish bosqichi 90-yillarning boshlaridan boshlandi. 0‘zaro iqtisodiy yordam kengashi (0‘IYoK) va sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi va xalqaro korporatsiyalarning jahon xo‘jaligi subyekti sifatidagi rolining ortib borishi jahon iqtisodiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichidagi asosiy omillar hisoblanadi. Jahon xo‘jaligi XX asr va XXI asr bo‘sag‘asida global miqyosga ega ekanligi, bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanishi, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari asosida faoliyatyuritishi va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi bilan ajralib turadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uch elementni milliy iqtisodiyotlar, ularni bog’lab turuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro korporatsiyalar tomonidan yaratilgan xalqaro iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi. Demak, zamonaviy jahon xo‘jaligi bu bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar orqali o‘zaro bog’liq milliy xo‘jaliklar yig'indisi sifatidagi global iqtisodiy organizmdir. Jahon xo‘jaligining amal qilish jarayoni XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos qator rivojlanish tamoyiliari va qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Download 145.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling