Kutubxona – ziyo maskani! - Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrok, ilm-u donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir. Ushbu ma’naviyat maskanini vaqt to’lqinlarida suzib, avloddan-avlodga qimmatbaho yukni ehtiyotlab yetkazuvchi xayollar kemasiga qiyos etishadi. Minglab asrlar davomida insonyatning tafakkur va shuurini boyitish, ziyoli qatlamni kengaytirish, ularning qalb go’shalariga ilm nurini kiriyib charog’on etish va bu olis yo’ldagi beeeto’xtov karvon aynan kutubxonadir. Eng ko’p kitoblarni, ya’ni, mafkura durdonasini saqlay olgan nurxonalar esa haqiqiy javohirlar makonidir.
Kutubxona – bosma va ayrim qo’lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasadir. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish kutubxonaning asosiy faoliyati hisoblanadi. Har bir kutubxona o’z turiga ko’ra kitobxonlarni tabaqalarga bo’lib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat ko’rsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targ’ibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar to’liq va tezkorlik bilan qondirish, ularga qulay tarzda manbaalarni yetkazishga qaratilgan. - O’zbekiston hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning so’ngi asrlarida dastlabki kutubxonalar paydo bo’lgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalareda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qo’shni bo’lgan xalqlar bilan yaqin aloqalar o’rnatilgan, o’sha davrlardagi mavjud qo’lyozmalar bilan ham tanish bo’lgan. XIII asrda Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Balx va boshqa shaharlar madaniyat markazlari, olimlar to’planadigan joy bo’lib, ularda anchagina yirik kjtubxonalar mavjud bo’lgan.
- O’zbekiston Respublikasida kutubxonaning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy kutubxonalar adabiyotlarni saralash va keng ko’lamdagi kitobxonl ommasiga yetkazish, faoliyatida tureli kitobxonlar guruhlariga mo’ljallangan kitoblarni targ’ib qilish, o’qishni boshqarishda faol va ta’sirchan usullarni qo’llaydi. Bu guruhga O”zbekiston Madaniyat ishlar vazirligi tizimidagi shahar va qishloq kutubxonlari, turli xil klublar, madaniyat uylaridagi kutubxonlar kiradi.
- Ilmiy va maxsus kutubxonalar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar, mutaxasislarga xizmat ko’rsatadi. Shuningdek, oliy va maxsus o’quv yurtlari talabalarning extiyojlarini qondiradi. Ilmiy kutubxonalrga davlar, akademiya, universitet va tarmoqlar kutubxonalari, maxsus kutubxonlarga texnika kutubxonalari, muassasalar, imiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlari va h.k.lar kiradi.
- Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab kutubxonani universal, ko’p sohali va soha kutubxonalariga ajratish mumkin.
- Har qanday kutubxonaning vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu kutubxonaga kerakli nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni kutubxonaga olish kutubxon akollektori orqali amalga oshiriladi.
- Bundan tashqari, yirik kutubxonalar bosma nashrlarning to’liq yoki qisman nazorat nusxasini olish huquqiga ega. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish darajasi kutubxona fondini to’liq to’plashga birmuncha bog’liqdir.
- Kutubxonalar faoliyati sharoitidagi o’zgarishlar avvalgi sermehnat an’anaviykutubxona texnikasini mexanizatsiyalashtirib, avtomatlashtirish bilan almashtirish vazifasini dolzarb qilib qo’ymoqda. 50-60 yillardan kutubxonalarni texnika bilan ta’minlash birmuncha o’sdi. Ayrim kutubxona ichki jarayonlari konveyer va ko’targichlar yordamida amalga oshiriladi. Kitob fondalaridan birgalikda foydalanishda zamonaviy uslublarni qo’llash, eng yangi texnikadan foydalanish. Bu uslublar kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini yengillashtirishga yordam bermoqda.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |