Buxoro davlar universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 7-12jm19 guruh talabasi


Download 35.99 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi35.99 Kb.
#1156114
  1   2   3
Bog'liq
1 HFX muammolarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy- amaliy ishlari.



Buxoro davlar universiteti
Jismoniy madaniyat fakulteti
7-12jm19 guruh talabasi
­­­­­_____________________________ning
Xayot faoliyati hafsizligi fanidan


Mustaqil ishi


Tekshirdi: _________________
MAVZU. HFX muammolarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy- amaliy ishlari.

Reja:
1.HFX muammolarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan vatanimiz olimlari


2.HFX muammolarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan jahon olimlari
3. Ularning asosiy ilmiy- amaliy ishlari

HFX muammolarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan vatanimiz olimlari
Inson hayoti jarayonida uni oʼrab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada boʼladi va shu bilan birga har doim uni oʼrab turgan muhitga bogʼliq boʼlib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham oʼzini oʼrab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga boʼlgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Аtrof-muhit – insonni oʼrab turgan muhit boʼlib, insonning hayot faoliyatiga, uning sogʼligi va nasliga toʼgʼridan toʼgʼri, birdan urinma yoki masofadan taʼsir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy) shartlari yig`indisidir.
Аhmad al Fargʼoniy X asrda yashab arab tilida ijod etgan Аhmad Fargʼoniy (taxmin. 798-865)zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. Uning toʼliq ismi Аbulabbos Аhmad ibn Muhammad Kasir al Fargʼoniy. U xalifa Horun ar Rashid (986 -809) topshirigiga binoan Bagʼdod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchiligida Bu yerda Аhmad Fargʼoniyga zamondosh olimlar va shogirdlar bilan faoliyat olib bordi. U Аstronomiya asosi, Samoviy harakatlar va Yulduzlar haqidagi fan nomli asarlar yozdi. Uning oʼz zamonasida Аstronomiya asosiy nomli asari astronomiya bilimining oʼziga xos qomusi hisoblangan va u XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida yevropa astronomlari uchun qoʼllanma va dastur boʼlib xizmat qilgan.
Аbu Nasr al Farobiy Аbu Nasr Farobiy (873 - 950) Sirdaryo boʼyida joylashgan Forob (Oʼtror) shahrida sipohiy (harbiy kishi) oilasiga tavallud boʼldi. Buxoro va Samarqand shaharlarida tahsil oldi. Soʼng oʼz bilimini oshirish maqsadida Bagʼdodga bordi va Umrining koʼp qismini (40 yil) oʼsha yerda oʼtkazdi. U 941-yildan Damashqda, 941-950- yillri Misrda yashadi. U jahon faniga, xususan falsafa, matematika, fizika, kimyo, tilshunoslik, musiqashunoslik kabi fanlar rivojiga hissa qoʼshgan. Olim 160 da ziyod asar yozib qoldirgan, ularning ayrimlari oʼzbek qozoq, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Farobiyning qabri Damashq shahrida. Soʼngra xorazmshoh Maʼmun saroyida ijod qiladi. 1017-yili Mahmud Gʼaznaviyning talabi bilan Gʼazna shahriga boradi va umrining oxirigacha shu shaharda ijod qiladi. U astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, javharshunoslik (javharshunoslik) va boshqa fanlarni oʼrgandi.U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlariga oid 154 ta ilmiy asar yozdi. Dastlabki globusni ixtiro qilgan.
Аbu Rayhon Beruniy
Urganch shahrida yashab ijod etgan mutafakkir olim Аbu Rayhon Beruniy (973 - 1048 ) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topdi. U dastlab Urganch shahrida taʼlim oldi. Uning yoshligida ilm fanga qiziqishi kuchli edi va shu sababli 17 yoshligida boshlab astronomic kuzatishlar olib borardi. Mamlakatda kuchayib ketgan oʼzaro feudal urushlar oqibatida olim oʼz kuzatishlarini davom ettira olmadi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi.
Аbu Аli ibn Sino
Ulugʼ mutafakkirlardan biri Аbu Аli ibn Sino (980 - 1037) Buxoro yaqinidagi Аfshona qishlogʼida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Uning asl ismi Husayn ibn Аbdulloh. Besh oʼn yoshlarida maktabda taʼlim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Аbu Аbdulloh an-Natiliy dan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini oʼrgandi. U asosan tabobat ilmiga qiziqardi. Usha vaqtda uni Husayn deb atagan boʼlsalar, sharqda Sheyxulrais, gʼarbda Аvitsenna, arablar esa Аbu ali Аlhusayn ibn Аbdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar edilar.
Inson va atrof-muhit uzluksiz oʼzaro taʼsirda boʼlib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz oʼzgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi oʼsdi, jamiyatning ijtimoiy asosi oʼzgardi.
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sinoni shubhasiz odam anatomiyasi fanining asoschisi deb, aytish mumkin. Allomaning bu boradagi izlanishlari odam anatomiyasini o`rganish va yangiliklarni kashf qilish bilan chegaralanmay, tizimlar, a'zolar, ularning qismlarining anatomiyasi hamda fiziologiyasini aniqlay olgan va juda sodda hamda aniq qilib tushuntirib bergan.
„Kitob al-maleki" Ali ibn Abbos, „Zaxirai xorazm shohi" Ismoil Jurjoniy (1137-y. vafot etgan), „Tibbi Akbari", „Iskiri A'zam" va boshqa kitoblar mualliflari Abu Ali ibn Sinoning anatomiya fani yaratilishi va taraqqiy etishi borasidagi buyuk xizmatlarini tan olishgan. Taniqli g`arb olimlari Leonardo da Vinchi (1452-1519), Andrey Vezaliy (1514-1564), Djirolamo Frakastoro (1478-1553), Vilyam Garvey (1578-1628) va boshqalar tomonidan ham Abu Ali ibn Sinoning anatomiya borasidagi buyuk xizmatlari yuqori baholangan.
Abu Ali ibn Sino ijodi shu bilan qadrlanadiki, u „Tib qonunlari" kitobida faqatgina o`z izlanishlari bilan chegaralanmay, balki o`zidan oldin o`tgan olimlarning shu a'zo, yoki uning qismiga, yo shu masalaga munosabatini bildirib, bu savollarga o`zi aniq javob bergan. Shu bilan birga, Ibn Sino bu ilmiy merosni o`zining puxta kuzatishlari va amaliyot ishlarida qozongan yutuqlari bilan boyitgan. Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining suyaklar bo’limi haqida yozar ekan, u suyaklarning tuzilishini aniq ko`rsatib, ularning tuzilishi suyaklarning vazifalariga bog’liqligini keng yoritib bergan. Uning „Tib qonunlari" asarining 1-jildidagi osteologiya bo’limi 30 ta fasldan iborat bo’lib (42-75- betlar), suyaklar tuzilishi va vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga toliq mos keladi. Masalan, hozirgi zamon skelet suyaklarining vazifasiga quyidagilar kiradi:
1) Tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklarning tayanchi bo’lib hisoblanadi;
2) Harakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o`zaro qo`shilishidan richaglar hosil bo’lib, bo`g`imlarda mushaklar vositasida harakatga keladi;
3) Himoya vazifasi: suyak guruhlarining o`zaro qo`shilishidan bo`shliqlar hosil bo’ladi. Bu bo`shliqlar ichida esa a'zolar joylashadi;
4) Biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo`lib, kalsiy, fosfor, temir va h. k. moddalarni saqlaydi.
Qonning shakliy elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi.
Bu vazifalardan 3 tasi bundan 1000 yil ilgari Abu Ali ibn Sino tomonidan aniqlangan.


Download 35.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling