O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki (XRTB)


Download 145.19 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki (XRTB) Jahon banki singari keng tanilgan bo‘lib, Guruh asosiy kredit muassasalaridan hisoblanadi. U aholisi jon boshiga o‘rta darajada daromad ko‘ruvchi rivojlanayotgan davlatlarni rivojlantirish loyihalarida eng yirik kreditor hisoblanadi. So‘nggi yillarda uning a’zolari 182 mamlakat banklari bo‘lib, bu bank a’zosi bo‘lish uchun avval Xalqaro valuta fondiga a’zo bo‘lishlari kerak. Bank asosan, mablag‘larni hamkorlik yo‘li bilan xalqaro kapitallar bozoridan oladi. Bankning barcha qarzlarini a’zo davlatlarning hukumatlari kafolatlashi kerak. Bank rivojlanayotgan mamlakatlarga har olti oyda o‘zgarib turadigan foiz stavka asosida (6 % atrofida) qarz ajratadi va tartibga muvofiq, 15-20 yilga qarzlarni taqdim etadi.
Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi (XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xalqaro banklar rekonstruksiyasi va rivojlanlanishi bankidan qarz olish imkoniyatlari bo‘lmagan eng qashshoq davlatlarga yordam ko‘rsatadi. Assotsiatsiya so‘ndirish muddati 30 – 40 yil bo‘lgan foizsiz qarzlarni taqdim etadi. Bu Assotsiatsiyaga 160 mamlakat a’zo. Aholi jon boshiga 835 AQSh dollaridan oshmagan yillik daromadga ega mamlakatlar Assotsiatsiyadan qarz olish huquqiga egadirlar. Kreditlar badavlat mamlakatlarning badallari va XRTB ning foydalari hisobiga, shuningdek, Assotsiatsiyaning oldin berilgan va so‘ndirilayotgan kredit summalari hisobiga ta’minlanadi. XRTB tomonidan beriladigan qarzlarga o‘xshab, Assotsiatsiya kreditlari beg‘araz kreditlar asosida ajratilmaydi. Ularni muddatida qaytarishlik majburiyati olinadi. XRTBdan o‘zining huquqiy mustaqilligiga ega bo‘lishiga qaramasdan, Assotsiatsiya huddi XRTB ga o‘xshab personallar, inshootlarva texnik mablag‘lardan foydalanadi.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarning xususiy sektorlar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Bu tashkilot xususiy sektorlarning loyihalarini moliyalashtirish ishlari, shuningdek, bu rivojlanayotgan davlatlar kompaniyalariga xalqaro moliya bozorlaridan moliyalarini ko‘paytirishda yordam ko‘rsatish, maslahat berish va shunga o‘xshash xizmatlar uchun mavjuddir. Foiz stavkasi mamlakat holati va loyihaga qarab belgilanadi, qarzlarni so‘ndirish esa 3-15 yil ichiga belgilanadi. XMK deyarli 80 % moliyaviy mablag‘larini xalqaro moliya bozoridan ta’minlaydi, 20 % mablag‘larini esa XRTB bilan o‘zaro sherikchilikdan ta’minlaydi. Bu tashkilotga a’zo davlatlar (egalari) soni bugungi kunda 174 taga yetdi.

Download 145.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling