O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Download 145.19 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Islom moliyasining asosiy o‘ziga xos xususiyati – sudxo‘rlik foizidan voz kechishdir. Barcha g‘arb moliya tizimi umum qabul qilingan foizlarga asoslangan. Bu, albatta, tijorat qarzlarini umum xayr-sahovatga berilayotganligini anglatmaydi. Kapital egasini ozgina haq olishi oldindan belgilangan summani to‘lash shaklini olmasligi kerak, agar u foiz olsa ana shunday holat sodir bo‘ladi. Islom e’tiqodlariga asosan odillik va haqqoniylik shundaki, boylikning manbasi eng avvalo, bandaning mehnati va egasining ishbilarmonlik harakati hamda qolgan meros yoki taqvodorlik bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari foyda qilingan xatar uchun olingan xayr-in’om hisoblanadi, bu barcha o‘zini bilgan korxonani harakati ketidan keladigan natija singari. Islom iqtisodchilari sudxo‘rlik foizini taqiqlash uchun har xil asoslangan ratsional dalillar keltiradi, ya’ni foiz undirish usuli bilan o‘zga insonni ekspluatatsiya qilishga imkon beriladi va bank tizmida esa iqtisodiy inqirozlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Oxir-oqibatda sudxo‘rlik foizidan voz kechish Islom dinida vasiyat qilingan chaqiriqdir. Musulmon kishining hayot sohalari, shu jumladan, moliyaviy faoliyati ham muqaddas Quroni karimda qayd etilgan hamda shariatni yig‘ma huquqiy va diniy oyatlarida qayd etilgan. Muqaddas Quroni karimning asosiy tushunchasi shuni targ‘ib etadiki, har qanday musulmon bandasi o‘zining moliyaviy amaliyotida “riba” va “garardan” qochishi kerak. Riba (so‘zining boy tarjimasi ortiqchalik) kapitalni xohlagan shaklda qarzga beribmi yoki savdo kelishuvi bilanmi to‘g‘ri deb bo‘lmaydigan va asossiz ko‘paytirishni
anglatadi. Bu ham xuddi garar singari juda og‘ir gunohdir, chunki
xatarni bilaturib, har xil tasodiflardan qocha olmasligini his qilib kelishuvdan foydalanishdir. Ko‘pgina Islom olimlari“riba” tushunchasini nafaqat yuqori sudxo‘rlikni anglatadi deydi, balkiboshqa xohlagan sudxo‘rlik foizlarini ham bu tushunchaga qo‘shishadi. O‘z vaqtida “garar”ni aniqlaganda ham barcha spekulativ operatsiyalarni uni tarkibiga olib borishadi. Musulmon bandasi hech qachon unutmasligi kerakki, barcha yer yuzidagi ne’matlar Ollohning in’omidir, qaysiki, faqat ugina uning mulkdoridir. Insonga ishonib topshirilgan ishlab chiqarish resurslari, butun jamiyat ehtiyojini qondirish yo‘lida ishlamog‘i lozim. Shariat me’yorlariga asosan, qaysidir bir ishga yoki faoliyatga sarflanmagan puldan xayr-ehson solig‘i olinib faqirlar va qambag‘allarga sarflanishi kerak. Agar inson o‘zi topgan pulini oborotga qo‘yishga noqodir bo‘lsa, uni boshqa korxona faoliyatiga tikib, uning daromadidan ulushini olishi zarur. Bizga ma’lumki Muhammad payg‘ambarimiz (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) juda omadli savdogar bo‘lganlar, uning savdo operatsiyalariga juda boy beva Xadicha ayamiz o‘z mablag‘larini tikkanlar va oxir-oqibatda payg‘am- barimizning marhamiga tushganlar. Bir yarim ming yil avval, Islom dini yaratilgan vaqtdagi moliyaviy operatsiyalar nomlari hozir ham davom etmoqda va o‘sha tartib-qoidalarga asoslangan. Shuning uchun ham Manamadagi, Kuala-Lumpurdagi va London sitidagi hozirgi zamon Islom banklari barcha moliyaviy xizmat turlarini azaliy tamoyillarga amal qilib, xizmat ko‘rsatib kelmoqda. ITB o‘z faoliyatini yuritishda uchta tamoyilga amal qiladi.
Birinchi tamoyil (musharaka)-ma’lum loyihani amalga oshirish uchun bank sherik bilan hamkorlikka kirishishni ko‘zda tutadi( hamkor bank ulushini asta-sekin sotib olish huquqi bilan). Bunda bank ulushi va uning hamkori ulushi foydada umumiy koeffitsiyent bo‘lib, kelishuvlar bilan qayd etiladi, lekin bu tomonlarni kapital qo‘yilmasi ulushini anglatmaydi.
ITB tomonidan ishlatiladigan ikkinchi tamoyil (mudaraba)-bu
bank va sanoat kapitalining qo‘shilishini anglatadi. Bunda, bank kapital taklif etadi, hamkor esa g‘oya va loyihani tayyorlashni; foyda va ziyon ular o‘rtasida oldindan kelishilgan shartnoma asosida bo‘linadi.
Uchinchi tamoyil (murabaxa)-bank hamkor uchun tovar sotib
oladi va ma’lum kommissiyaga asosan uni hamkorga sotish uchun. O‘z faoliyati davomida islom banklari quyidagi moliyaviy instrumentlaridan foydalanadi:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling