Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish


Marketing Iste’molchi


Download 79.47 Kb.
bet3/6
Sana27.12.2022
Hajmi79.47 Kb.
#1068246
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu “Marketing asoslari” fanining predmeti, mazmuni va vazi

Marketing

Iste’molchi

Tadbirkorlik


Ishlab chiqarish va Ehtiyojni


savdo-sotiq dasturini qondirish (talabni)
tayyorlash


1-chizma. “Tadbirkor-iste’molchi” bozori munosabatlarida
marketingning o’rni.
Bu chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, marketing bozor to‘g‘risida ma’lumotlar berish, ishlab chiqarish dasturini tayyorlash va talabni bashorat qilish orqali tadbirkorga iste’molchilar talabini qondirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.



  1. Marketing asoslari” fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari.

Oxirgi vaqtlarda marketing predmetini tushunishga ikki xil yondashuv ma’lum bo‘lib qoldi: «kengaytiruvchi» va «cheklovchi». Kengaytiruvchi nuqtai nazarga ko‘ra marketing predmetiga ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarning mikroiqtisodiy muammolaridan boshlab tor moliyaviy doiradagi muammolargacha qariyb hamma spektri kiritiladi. Bunday tushunchaning namunasi bo‘lib «Izohli atamalar lug‘ati» beradigan ta’rifni ko‘rsatishimiz mumkin: «Marketing — firma mahsulotining maksimal sotilishi, eksport mahsulotlarining maksimal samaradorligiga erishish va bozor ulushini kengaytirishga yo‘naltirilgan firma faoliyatini boshqarish va tashkil qilish tizimidir». Cheklovchi yondashuv fransuz marketing maktabida qo‘llanadigan ta’rifda yaxshi aks etadi. Unga ko‘ra: «Marketing — bu sotishni yaratish va iste’molchilarni sotuvga tovarlar va xizmatlarni ularning talablariga mos holda chiqarish orqali qondirish maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir»1.
Marketing ob’ektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g‘oyalar, tashkilotlar, hududlar va shaxslar kiradi. Marketing ob’ektlarini, odatda, «tovarlar» tushunchasiga birlashtiradilar.
Moddiy tovarlar shaxsiy iste’mol tovarlariga, ishlab chiqarishga va davlat ijtimoiy maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarga bo‘linadi.

Download 79.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling