Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari


Download 126.5 Kb.
bet9/9
Sana27.06.2023
Hajmi126.5 Kb.
#1657275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tijorat banklarining qimmatli qogozla

Anderrayterbu kimmatli kokozlarga xizmat ko‘rsatuvchi va ularning birlamchi joylashtirilishiga kafolat beruvchi, kimmatli kogozlarni keyinchalik xususiy sarmoyadorlarga kayta sotish uchun emitentdan sotib oluvchi investitsiya muassasasidir.
Investitsiya kompaniyalari tomonidan anderraytingning amalga oshirilishini kuyidagi asosiy boskichlarga bo‘lish mumkin: kimmatli kogozlarni muomalaga chikarishga tayyorlash, shu jumladan, emitent va bunga ko‘maklashuvchi boshka tashkilotlar bilan xamkorlikda nashrlarni rejalashtirish, muomalaga chikariladigan kimmatli kogozlarni baxolash, emitent xamda nazarda tutilayotgan sarmoyadorlar o‘rtasida alokalarni o‘rnatish va x.k.; kimmatli kogozlarni taksimlash, shu jumladan, emissiyaning bir kismini yoki butun summasini sotib olish, kimmatli kogozlarni sarmoyadorlarga sotish, mazkur kimmatli kogozni joylashtirish vaktida uning bozor narxini ko‘llab —kuvvatlash; sotilgandan keyingi davrda kimmatli kogozning kursini ma’lum vakt mobaynida ko‘llab — kuvvatlash (odatda bir yil); shuningdek, kimmatli kogozning kurs kiymati o‘zgarishini taxlil va nazorat kilish, unga ta’sir etuvchi omil larni aniklash.
TRAST OPERATSIYALARI
Trast-ingliz tilida “ishonch” degan ma’noni bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonch olingan mablag‘ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‘ynaydi.
XULOSA
Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirish tufayli birinchidan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiyalarda foydalanishi mumkin bo‘lgan o‘zoq muddatli moliyaviy resurslarni bahramand bo‘la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‘liq bitimlarni banklar o‘z mijozlarining shartnomalari asosida amalga oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi. Uchinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarni boshqarishdan komission mablag‘lar olib, o‘zi boshqarayotgan qimmatli qog‘ozlardan tushayotgan foydadan o‘z ulushini oladi. To‘rtinchidan, bank o‘z sarmoyalari bilan emas, balki o‘zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar o‘tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‘ladi, asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‘ozlar egasining zimmasida bo‘ladi.
Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin: mijozlarning pul mablag‘larini boshqarish, mijozlarning fond portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‘ozlar paketlarini boshqarish; meroslar va xususiy trastlarni tasarruf etish, agentlik vazifalarini bajarish; obligatsiyalar chiqarish va to‘lov muddati kelganda obligatsiyalarni to‘lash fondlarini boshqarish; dividentlarni to‘lashga qimmatli qog‘ozlarni saqlashga, ularning xarakatini hisobga olishga, ularni boshqa qimmatli qog‘ozlarga almashtirib olishga oid, agentlik vazifalarini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlarga va qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga oid tavakkalchilikni sug‘urtalashda vositachilik qilish, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi yuzasidan buxgalterlik hisobi yuritish va hisobotlar to‘zish, qimmatli qog‘ozlar emitenti uchun transfert bo‘yicha agent (qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi) vazifasini bajarish va boshqalardir.



1 И.Г. Доронин. Мировые фондовые рынки: закономерности тазвития и соврменное состояние //Дик, №8-2002.-с49.


Download 126.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling