Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


O`zbekiston respublikasi davlat gerbi


Download 31.25 Kb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi31.25 Kb.
#1396353
1   2   3
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari

O`zbekiston respublikasi davlat gerbi

1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to`g`risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb markazidagi humo qushi-baxt saodat va erksevarlik ramzi. Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan.
Quyosh — davlatimizning yo`li xamisha nurafshon bo`lishi bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O`zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o`lka ekanligini bildiradi.
Boshoq — rizq-ruzimiz timsoli, tukin-sochinlik ifodasi.
Oppoq paxta — O`zbekiston dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.
Bugdoy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog`i lenta bulib o`raganligi O`zbekistonda yashayotgan xalqlar do`stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
Gerb rangli tasvirda bulib, Humo qushi kumush rangda, Quyosh, boshoqlar, paxta chanog`i va «O`zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g`o`za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog`lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i tasvirlangan lenta to`rt xil rangda berilgan.



  1. O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi

Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.
Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e'zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan mustahkamlash demakdir».
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!





Xulosa
Shunday qilib, qo`lga kiritilgan mustaqillik o`zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq engil nafas olish imkoniyatiga ega bo`ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O`z yurtining to`la xo`jayini ekanligini, o`z taqdirini o`zi belgilash imkoniyatini qo`lga kiritganligini his qila boshladi. Xalqimizning o`z mustaqilligini his qilishida davlatimiz ramzlari muhim o`rin tutdi. O`zimiz o`z mustaqilligimiz,o`z an`analarimizda kelib chiqqan holda o`z davlat ramzlarimizni tanladik. O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Narzulla Jo`rayev, Tursunboy Fayzullayev

  2. O`zbekistonning eng yangi tarixi (3-kitob)

  3. https://ziyonet.uz

  4. https://arxiv.uz

  5. https://www.wikipedia.org

Download 31.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling