Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 394.5 Kb.
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi394.5 Kb.
#1741507
1   2   3   4
Bog'liq
Materiallarni kesishda ishqalanish

Issiqlik balansi. Kesish vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik qirindi, kesuvchi asbob, detal va atrof muxit o‘rtasida taqsimlanadi. Issiqlik balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:


Q = Qdef + Qo + Qk = Qkir + Qdet + Qasb + Qatr , (36)
bu yerda:
Q - kesishda hosil bo‘luvchi umumiy issiqlik miqdori;
Qdef- kesilayotgan qatlamning qirindiga aylanishdagi deformatsiya-lanish ishidan ajralib chiquvchi issiqlik miqdori;
Qo - kesuvchi asbobning oldingi yuzasidagi ishqalanish kuchining ishidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori;
Qk - kesuvchi asbobning ketingi yuzasidagi ishqalanish kuchining ishidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori;
Qkir - qirindi bilan chiqib ketgan issiqlik miqdori;
Qdet - detalga o‘tib ketuvchi issiqlik miqdori;
Qasb - kesuvchi asbobga o‘tib ketuvchi issiqlik miqdori;
Qatr - atrof muxitga chiqib ketuvchi issiqlik miqdori.

Issiqlik manbalaridan har birining faollik darajasini bevosita o‘lchash xozircha mumkin emas.Bu masala analitik usulda hal qilinadi. Kesuvchi asbob-detal-qirindi tizimi har bir elementning issiqlik yutish miqdori tadqiqiy va nazariy aniqlanishi mumkin.


Qirindi bilan chiqib ketuvchi issiqlik miqdorini va qirindining o‘rtacha haroratini kalorimetr yordamida aniqlash mumkin (shkal-31).

31-шакл. Кесишдаги ажралган иссиылик миыдорини аниыловчи мосламани щрнатиш схемаси

Qirindining o‘rtacha haroratini quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.




, (37)
bu yerda:
Ms va Mqir - suv va qirindi massasi, kg;
Ss va Skir - suv va qirindining solishtirma issiqlik siьimi, dj/(kg.grad)
[kkal/(kg.grad)];
tsm va tv - aralashma va suvning boshlanьich harorati, oK (oS).
Kesuvchi asbob va detalga o‘tuvchi issiqlik miqdori ham shu tarzda aniqlanadi. Kesuvchi asbob va detalga yutilgan issiqlik, atrof-muxitga tarqab ketishga ulgurmasligi uchun kesish vaqti yetarli darajada kichik bo‘lishi kerak. Bunda o‘lchash aniqligi qirindi issiqligini o‘lchashga qaraganda kichik bo‘ladi. Biroq, o‘lcham miqdorini baxolash uchun bu usul qoniqarli hisoblanadi. Xozircha bundan boshqa ishonchli usul yo‘q.

Download 394.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling