Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Qirindi o‘rtacha haroratining maksimal qiymatlari
Download 394.5 Kb.
|
Materiallarni kesishda ishqalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesish haroratini aniqlash usullari.
Qirindi o‘rtacha haroratining maksimal qiymatlari. Qirindi haroratining chegaraviy qiymatlari nazariy usul bilan aniqlanishi mumkin.Kesish ishi to‘laligicha issiqlika ayanadi va hamma issiqlikni qirindi olib ketadi deb faraz qilsak, u holda qirindi harorati quyidagi kattalikka ortadi:
, (38) bu yerda: tsl = V - ajralib olingan qirindi xajmi; L - kesuvchi asbobning yo‘li, m: Rz -kesish kuchi, N; m - qirindi massasi, kg; s - qirindining solishtirma issiqlik siьimi dj(kg.grad); r - kesishning solishtirma kuchi, n/m2; - qirindi materialining zichligi, kg/m3. O‘rtacha qattiqlikdagi po‘latlar uchun R=2109 n/m2, =7,8103 kg/m3,C=520 dj/(kg.grad) deb qabul qilib quyidagi natijani olamiz. (39) Olingan natijalar qirindining faqat o‘rtacha harorati xaqidagi tushunchani beradi. Kesish tezligining ortishi bilan qirindi haroratini ko‘tarilishi quyidagicha tushuntiriladi.Qirindi elementlarining o‘zaro siljishi joyida va keskichning oldingi yuzasi bilan qirindining ishqalanish maydonchasida hosil bo‘lgan issiqlik, detal materialining issiqlik o‘tkazuvchanligi va issiqlik siьimiga boьliq bo‘lgan tezlikda detal massasiga tarqaladi.Agar kesish tezligi issiqlikni tarqalish tezligidan kata bo‘lsa, u holda butun issiqlik, keskich va qirindiga o‘tib ketadi. Demak,issiqlikning taqsimlanishi-kesish tezligiga va issiqlik oqimini detalda,qirindida va keskichda tarqalish tezligiga boьliq bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,qilingan farazlar tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi. Mojaev maolumotlari bo‘yicha kesish tezligi ortishi bilan qirindi harorati dastlab ortadi, tezlik V=5 m/sek ga yetgandan so‘ng esa amaliy jixatdan kesish tezligiga boьliq bo‘lmay qoladi. Kesish haroratini aniqlash usullari. Keskich yuzalaridagi haroratni o‘lchash uchun 1912 yili Ya.G.Usachev tomonidan birinchi bo‘lib sunoiy termopara qo‘llaniladi. Keskichni ishchi yuzasidan 0,2-0,4 mm masofada tugallanuvchi, diametri 1-3 mm bo‘lgan teshikka shisha trubalar bilan izolyatsiyalangan mis-konstantan termoporasi joylashtiriladi (shakl - 32,a). Termoparada paydo bo‘lgan va milli voltmetr qayd etgan termoelektr yurituvchi kuchlar qiymatlari, kesish haroratiga proportsional bo‘ladi.
Usachev termoparasining ikkinchi varianti(yarim sunoiy termopara) quyidagicha(shakl-32, b): diametri 1 mm bo‘lgan teshik 0,3 mm ketingi yoki oldingi yuzadan masofada 0,4 mm gacha toraytiriladi. Teshikning tor qismiga teshikning keng qismidan shisha truba bilan izolyatsiyalangan konstant sim kiritilib qisib ko‘yiladi. Simning bir uchi keskich qirrasining oldingi yoki keyingi yuzasiga mahkamlanadi, ikinchi uchi esa keskich o‘rtasiga kav sharlanadi. Bu usullar kontakt yuzalarda haqiqiy haroratni aniqlashga yo‘l qo‘ymaydi, biroq turli xil omillarni keskich haroratiga taosirini taqqoslash uchun va keskichdagi harorat maydonlari sistemalarni tuzish uchun qo‘llanilishi mumkin. Metallarni kesishda issiqlik xodisalarini tekshirish uchun tabiiy termopara keng qo‘llaniladi (shakl-33). Kontaktda bo‘lgan keskich va detal bir-birlari bilan termoparani hosil etishadi. Keskichni buyum va qirindi bilan kontakt maydoni termoparaning issiq kavsharlangan joyi hisoblanadi. Keskich va detal o‘lcham xatoligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dastgoh tanasidan izolyatsiyalanadi. Zagotovkaning o‘ng uchiga o‘rnatilgan xalqa simobli idishga botiriladi. Bu termopara 1- qizdirish pechi va 2- eritilgan metall uchun idishdan iborat bo‘lgan qurilmada teng bo‘linadi. Idishga millivoltimetr 5 bilan birlashtirilgan qirindi 3 va keskich 4 joylashtiriladi. Idish harorati nazorat termoparasi orqali qayd qilinadi. Millivoltmetr va 0- nazorat termoparasi 6 ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarirovka grafigi quriladi. Xulosa Kesish kuchi qirindini kirituviga o‘xshab o‘zgaradi (shakl-46,g). SHunday tarzda kesish harorati ishlov beriladigan material xususiyatiga hal qiluvchi taosir o‘tkazadi.Harorat kesuvchi asbobning ishlash qobiliyati va xizmat muddatiga katta taosir o‘tkazadi.Qatlam yuzalarining qizishi kesuvchi asbobning dastlab fizik-mexanik harakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladi va oqibatda uning o‘tmaslanishini tezlashtiradi. SHuning uchun kontakt yuzalardagi haroratni kamaytirish choralarini ko‘rish zarur. Odatda moylovchi-sovituvchi moddalarni ko‘llash eng yaxshi natijalarni beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 394.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling