Xulosa Foydlanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 148.5 Kb.
bet1/9
Sana21.06.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1640877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Huquqbuzarlik


Reja:
Kirish…...……...……………………………………………………...4
1.Huquqbuzarlik tushunchasi va turlari………………………………..5
2.Yuridik javobgarlik tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari……….10
3.Yuridik javobgarlikning turlari……………………..…………….….13
4.Yuridik javobgarlik asoslari…………...………………......................16
Xulosa……………………………………..……………………………21 Foydlanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………26


Kirish
Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy serqirra shu bilan birga murakkab sirli olamiga kirishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqrash ong hamda yuridik madaniyatni shakllantrish,jamiyatdagi davlat huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish-bu fanning asosiy vazifasidir.Ushbu fanning o‘rganish obyektini davlat va huquq kabi tushunchalar tashkil etadi. Lekin achchiq haqiqatni tan olib aytish kerakki huquq bor joyda huquqbuzarlik ham bo‘lishi tayin.
So‘ngi vaqtlarda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jahon taraqqiyotining asosiy maqsadi bo‘lib kelmoqda. Ushbu maqsad ijtimoiy hayotning mazmunini butunlay qamrab oladi. Demokratik huquqiy davlatning shakllantirilishi o‘sha davlatda huquqbuzarlikning oldini olish va unga qarshi kurash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan huquqbuzarlik va unga nisbatan qo‘llanadigan yuridik javobgarlik hech bir kishini befarq qoldirmasligi ayon.
Insoniyat ming yilliklar mobaynida huquqbuzarlikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda va amaliyotga tatbiq etib kelmoqda. Bu borada mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ham qator ilmiy va amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda. Zero, yangi demokratik davlatchilik binosini barpo etayotgan yosh va kelajagi buyuk davlatimizda huquqbuzarlikning oldini olish va kishilar ongida huquqqa,qonunlarga nisbatan hurmat va ehtirom g‘oyalarini singdirish bu kunning eng dolzarb,eng muhim masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagi kurs ishida davlat va huquq nazariyasining eng muhim sohalaridan biri huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik xususida fikr-mulohazalar, qarashlar, bu sohalarning yuridik atama sifatidagi talqini va ma’no-mohiyati, jamiyat hayoti uchun ahamiyatli tomonlari ma’lum ma’noda ochib berilgan.
Mening ushbu mavzuni tanlashimdan maqsad:
birinchidan,ushbu sohaga yoshlik davrimdan qiziqishim va bu sohaning meni o‘ylashga majbur etadigan tomonlarini o‘zim uchun o’zlashtirish;
ikkinchidan,keyingi paytlarda davlatimizda huquqbuzarlik darajasi nisbatan oshib bormoqda,bunga asosiy sabab bo‘layotgan omillar va huquqbuzarlikning ortishiga olib kelayotgan sharoitlar nimalardan iborat ekanligini aniqlash.
uchinchdan,yosh demokratik davlatimizning kelajakdagi taraqqiyotiga o‘zimning arzimas bo‘lsada hissamni qo‘shish.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling