4-Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari nimalardan iborat?
Download 16.5 Kb.
|
4-falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Substantsiya tushunchasining ma’nosi qanday - Substansiya
- 3.Materiya tushunchasi va uning ilmiy-falsafiy ahamiyati nimalardan iborat
- 4.Harakat fazo va vaqt tushunchalarining mohiyatini izohlab bering.
- 5.Sharq mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida olam-falakning doimo harakatda ekanligi haqida so’zlab bering.
- 6.Tabiat tushunchasi ma’nosini aytib bering. Inson tabiatning oliy mahsuli ekanligini qanday tushunasiz
- 7.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi nimalardan iborat
4-Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1.Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari nimalardan iborat? - Borliq tushunchasi voqelikni falsafiy anglash uchun ishlatiladigan asosiy tushunchadir. Ilmiy falsafa nuqtai nazaridan borliq tushunchasi sermazmun, ko‘p qirrali bo'lib, voqelikdagi barcha narsa va hodisalar, jarayonlami ifodalash, aks ettirish uchun ishlatiladi. Borliq tushunchasi yordamida kishilar o'z ongida dunyoning mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi, yaxlit va bir butunligi haqida umumiy tasavvurga ega bo’ladilar. Borliqning asosiy shakllarini moddiy predmetlar, jarayonlar borlig’I, inson borlig'i, ijtimoiy borliq, ma’naviy borliq tashkil etadi. 2.Substantsiya tushunchasining ma’nosi qanday? - Substansiya tushunchasi odatda moddiy substrat va narsa o'zgarishlarining boshlang'ich asosini ifodalaydigan atama sifatida ishlatiladi. Falsafa tarixida dastlabki vaqtlarda substansiya hamma narsani tashkil etadigan moddiy zarrachalar, deb tushunilgan. Masalan, atom Demokrit ta’limotida, Forobiy, ibn Sino, ibn Rushd asarlarida ham substansiya tushunchasi moddiy asos, mohiyat sifatida talqin etildi. 3.Materiya tushunchasi va uning ilmiy-falsafiy ahamiyati nimalardan iborat? - Barcha hodisalaming umumiy substansiya negizi bo’lgan materiya haqidagi, uni yaratib va uni yo‘q qilib bo’lmasligi, zamonda abadiy mavjudligi va makonda nihoyasizligi, uning obyektivligi, ongga bog'liq emasligi, materiya bilan harakatning ajralmasligi tabiatning hamma hodisalarini o‘zaro aloqadorlikda va bir-birini taqozo qilishda, tabiiy va o'zgarmas qonuniyatga bo‘ysunishda olib qarash haqidagi qoidalardir. Materiyaning falsafiy tushunchasi faqat hozirgi davrda fangn ma’lum bo’lgan obyektlargina emas, balki kelgusida kashf qilinadigan narsalarni ham o‘z ichiga oladi, bu ma’noda uning metodologik ahamiyati kattadir. Materiya abadiy, bepoyon, cheksiz, hech qachon yo‘qolmaydi, Materiyaning abadiyligi uning hech kim tomonidan yaratilmaganligini, hamda mavjudot bo’lishini, har bir yangi kashfiyot tufayli uning yangi tomonlari ochilishini bildiradi. 4.Harakat fazo va vaqt tushunchalarining mohiyatini izohlab bering. - Harakat fazo bilan vaqtning mohiyatidir. Boshqacha aytganda, harakat fazo bilan vaqtning birligidir. Fazo bilan vaqt o'z tabiatining mavjudligini materiya harakatida ochiq-oydin ko'rsatadi. Fazo harakatdagi materiya mavjudligining tub obyektiv shaklidir. Fazo tushunchasi moddiy obyektlaming birgalikda mavjudligini va birbiridan uzoqligini, ulaming ko’lamini, bir-biriga nisbatan joylashish tartibini ifodalaydi. vaqt ham materiyaning mavjudlik shakli bo’lib, moddiy jarayonlaming keng yoyilishi izchilligini, bu jarayonlaming turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi, ulaming davom etishini, ulaming rivojlanishini bildiradi. Vaqt fazo bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, lekin o'zining ayrim xususiyatlari bilan undan farq qiladi. Vaqtning muhim xususiyati uning bir o’lchovligidadir, qaytarilmasligidadir. Moddiy narsalar fazoda har xil. joylashishlari, turli tomonga harakat qilishlari mumkin, lekin vaqtga kelganda ular faqat bir tomonga qarab yo'nalishda bo’ladi, vaqt hech qachon orqaga qarab harakat qilmaydi. O'tgan zamonning qaytarilishi va hozirgi zamonning yo‘q bo'lishi mumkin emas. 5.Sharq mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida olam-falakning doimo harakatda ekanligi haqida so’zlab bering. - Tabiatdagi hamma jismlar, jumladan, insonning o'zi ham obyektiv olamda sodir bo’ladigan hamma moddiy jarayonlar fazoda o'rin tutadilar, muayyan masofaga ega bo’ladilar. Olamda mavjud bo’lgan predmetlar bir-biridan sifat jihatidangina emas, uzunligi, kengligi, hajmi, baland-pastligi, katta-kichikligi, o'rin jihatidan ham farqlanadi. Ularning har biri bir-biriga nisbatan yaqin yoki uzoq, quyi eki yuqori, chap yoki o'ngda joylashgan bo’ladi. 6.Tabiat tushunchasi ma’nosini aytib bering. Inson tabiatning oliy mahsuli ekanligini qanday tushunasiz? - Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda bo’lib insonni qurshab turgan moddiy olam, butun borliqni o'z ichiga qamrab oladi. U keng ma’noda olganda materiya, koinot tushunchalami ham ifodalaydi. Jonli tabiat insonning paydo bo'lishi uchun hamma zarur shart sharoitni hozirlaydi. Tabiatning tarkibiy qismi bo'lgan odam jonli organizmlaming uzoq vaqt davomida ro‘y bergan taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. Odamning paydo bo'lishini jonli tabiatning laraqqiyotidan ajratib boimaydi. Insonning tabiatga ta’siri ijtimoiy taraqqiyot mobaynida hozirgi davrdagidek boigan emas. Hozirgi paytda insonning yashash maskanining tabiiy muhiti o'zgarmoqda. Bu muhit inson sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. 7.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi nimalardan iborat? - Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan aloqa va munosabatda boimasdan turih yashay olmaydi. Tabiat bilan jamiyat, tabiat bilan inson, tabiat tarixi bilan jamiyat tarixida dialektik birhkda, ta’sir va aks ta’siridadir. Ulami bir-biridan ajratish mumkin emas. Alohida inson ham, umuman jamiyat va insoniyat dunyosi ham nazariy, jismoniy, amaliy jihatdan tabiat bilan uzviy aloqadorlikda yashaydi. Tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan Yer insonlaming oziq-ovqat manbai, uning dastlabki mehnat vositalarining xazinasidir. Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling