Xulosa ipoteka krediti hisobiga deyarli har qanday ko'chmas mulkini sotib olish mumkin qurilayotgan yoki qurib bitkazilgan ko’p xonadonli uydagi kvartira, ikkilamchi bozordagi kvartira yoki shaxsiy uy-joy


Ipoteka krediti qanday qilib rasmiylashtiriladi


Download 28.58 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi28.58 Kb.
#1201465
1   2   3
Bog'liq
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Ipoteka krediti qanday qilib rasmiylashtiriladi
Birinchi navbatda, bankka tashrif buyurishdan oldin, bank xodimi mijozning moliyaviy imkoniyatlarini baholashi va qanday shartlarda kredit berish mumkinligini aniqlashi uchun daromadlar to’g’risida ma’lumotnomani tayyorlash kerak. Agar bankning shartlari mijozga mos bo'lsa va bank ipoteka berishni ko'rib chiqishga tayyor bo'lsa, keyingi bosqichga - kvartirani tanlash va hujjatlarni yig'ishga o'tish mumkin.
Kerakli hujjatlar
Banklarda hujjatlar to'plamiga qo'yiladigan talablar har xil, shuning uchun siz tanlagan bank mutaxassislaridan oldindan aniq ro'yxatni bilib olish maqsadga muvofiqdir. Kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirishda zarur bo'ladigan asosiy hujjatlarni sanab o'tamiz:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

  • daromadlar to’g’risida ma’lumotnoma;

  • quruvchi tashkilot bilan tuzilgan dastlabki shartnoma.

Agar birgalikda qarz oluvchilar bo'lsa, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va daromadlar to'g'risidagi ma’lumotnomalari ham talab qilinadi.
Ko'p hollarda, kredit bo'yicha mijozning to'lov qobiliyatini aniqlash uchun qanday daromadlar hisobga olinadi degan savol tug'iladi. Quyidagilar daromad sifatida qabul qilinadi: rasmiy mehnat faoliyatidan olingan oylik ish haqi, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan doimiy daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar.
Barcha hujjatlar to'plangandan so'ng, siz bankka ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Arizani ko'rib chiqish 30 kungacha davom etishi mumkin. Agar bank arizani ma'qullagan bo'lsa, unda asosiy bosqich – kredit shartnomasini imzolash va uy-joyga egalik huquqini ro'yxatdan o'tkazish amalga oshiriladi. Kredit shartnomasini imzolash bosqichida qarz oluvchi dastlabki to'lovni bankka kiritadi.
Kredit shartnomasi kvartirani xaridor nomiga notarial ro'yxatdan o'tkazish uchun asos hisoblanadi. Qarz oluvchi kvartiraning egasi bo'lgandan so'ng, uy-joy sug'urta qilinadi va garovga qo’yiladi. Shundan keyingina kvartira uchun pul dastlabki to'lov va ipoteka krediti hisobidan to'lab beriladi.

Download 28.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling