Xulosa qismida o‘z fikrini aniq bayon qilishga harakat qilgan. Keltirib o‘tilgan dalillar asosli ekanligini qayd etish zarur


Download 7.75 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi7.75 Kb.
#1494725
Bog'liq
A. Biyqo\'ziyev (2)


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Islomshunoslik” fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi” bakalavr ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Maxmudov Kamoliddinning “Shialikda imomat masalasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Oxirgi yillarda dinning ahamiyati, uning shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy etika (axloq normalari)ga oid qadriyatlariga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib, turli diniy konfessiyalarning rasmiy faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Millatlar va turli konfessiyalararo tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinning insonparvarlik mohiyatidan keng foydalanilmoqda.
Yurtimizda olib borilayotgan ko‘p millat va konfessiyaviylikka asoslangan siyosat ilmiy asoslarga ega bo‘lishi bugungi kunning talabidir. Jamiyatimizdagi o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqiylikni ta’minlash asosiy masala sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda shialikda imomat masalasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqish ahamiyatlidir.Talaba Maxmudov Kamoliddin o‘zining bitiruv malakaviy ishi sifatida “Shialikda imomat masalasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari” deb atalnish mavzuni olganligi quvonarli holdir. Bilamizki shialikdagi imomat masalasiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar kam. Ammo shunga qaramasdan bitiruvchi imomat prinsiplariga oida barcha jihatlarni ochib berishga harakat qilgan. U har bir holatga holislik bilan yondashishga harakat qilgan
Bitiruv malakaviy ishi 3 bo‘lim , xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. Rejalar mavzudan uzoqlashmagan holda mavzu doirasida tuzilgan.
Bitiruv malakaviy ishida Eronlik, Rossiyalik,O‘zbekistonlik va g‘arb olimlarning ilmiy kitoblaridan va maqolalaridan foydalangan.
Xulosa qismida o‘z fikrini aniq bayon qilishga harakat qilgan. Keltirib o‘tilgan dalillar asosli ekanligini qayd etish zarur.
Ishdagi kamchiliklar: Bitiruv malakaviy ishini kamchiliklardan holi emas. Talaba o‘z ishida faqatgina shialikda imomat masalasiga oid ma’lumotlarni yoritishga harakat qilgan, lekin hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan shia jamoalari haqida nisbatan kamroq yoritilgan.Shuningdek ilmiy ishda orfografik xatoliklar ham ko’zga tashlanadi.
Bitiruv malakaviy ishi bakalavrlik darajasida yoritib berilgan. Ishni himoyaga tavsiya qilish mumkin.


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti A.Biyqo‘ziyev
Jaxon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi. Ph.D
Download 7.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling