Xulosa Uch fazali sinxron motor tuzilishi va ishlash tarzi


Sinxron motorning xarakteristikalari


Download 206.99 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi206.99 Kb.
#1302419
1   2   3   4
Bog'liq
sinxron motorlarni ishga tushirish

3. Sinxron motorning xarakteristikalari
Sinxron motor elektr tarmog‘idan elektr quvvat P1 ni iste’mol qiladi. Bu quvvatning bir qismi statorda yakor chulg‘amidagi elektr isroflari Pe1 ni va stator po‘lat o‘zagidagi isroflar Pm1 ni qoplashga sarflanadi.
Elektr quvvati P1 ning qolgan qismi magnit maydon vositasida rotorga uzatiladi. Bu quvvatga elektromagnit quvvat Pem deyiladi; uning bir qismi mexanik Pmex va qo‘shimcha Pqo’sh isroflarga sarflanadi, qolgan qismi esa o’qdagi foydali quvvat P2 deyiladi.
Agar statordagi quvvat isroflari e’tiborga olinmay P1 Pem=P deb qabul qilinsa, ayon qutbli sinxron motor uchun elektromagnit quvvatni SG niki kabi quyidagicha yozish mumkin:
P  (mUE0xd) sin(–)  (mU22)  (1xq –1xd) sin(–2)  P P

3-rasm. Sinxron motorda magnit maydon yo’nalishi.
Ayon bo’lmagan qutbli sinxron motorda xd = xq bo‘lgani sababli P tashkil etuvchisi bo‘lmaydi, ya’ni:
P  (mUE0xd )sin. (3)
Agar (3) ni 12n160 ga bo‘lsak, u holda elektromagnit momentning formulasiga ega bo‘lamiz. Ayon qutbli sinxron motor uchun:
M[mUE0(1xd)]sin(–)[mU2(21)(1xq–1xd)]sin(–2)MM (4)
Ayon bo’lmagan qutbli sinxron motor uchun:
M[mUE0(xd )]sin(–). (5)
3,d-rasmda Ut = const, ft = =const va Iqo’z = const bo‘lganda M f()
bog‘liqlik, ya’ni ayon qutbli sinxron mashina elektromagnit momentining burchak xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Bunda motor rejimida yuklanish burchagi  ning ishorasi manfiy bo‘ladi, chunki musbat ishora generator rejimi uchun qabul qilingan.
Sinxron motorda elektromagnit moment stator magnit maydoni yo‘nalishiga mos bo‘lsa (14.3,b-rasm), sinxron generatorda esa u momentning yo‘nalishi stator magnit maydoni yo‘nalishiga teskari bo‘ladi (3,b-rasm).
Ayon qutbli sinxron motorda qo‘zg‘atish toki Iqo’z0 (demak, E00) bo‘lsa ham M tashkil etuvchi hisobiga elektromagnit moment mavjud bo‘ladi.

4-rasm. Sinxron motorning U-simon xarakteristikalari.
(bunda: I1(0)a va Iqo'z.0 tegishlicha aktiv quvvat P*=0 va EYK Esm=Ut bo’lgandagi salt ishlash isroflarini qoplash uchun zarur bo’lgan salt ishlash tokining aktiv tashkil etuvchisi va qo’zg’atish tokining qiymati
Tarmoq kuchlanishi Ut UN const va o’qdagi quvvat P2 const chastota ft= fN = const bo‘lganda yakor toki I1 ning qo‘zg‘atish toki Iqo’z ga bog‘liqligi – I1=f(Iqo’z) ni xarakterlovchi egri chiziq larga motorning U-simon xarakteristikalari deyiladi (4-rasm).
Qo‘zg‘atish tokining nominal qiymati Iqo’z.N dan chap tomoni chala qo‘zg‘atish (E0t) va o‘ng tomoni esa o‘ta qo‘zg‘atish (E0>Ut) hisoblanadi, yakor tokining minimum nuqtalarida esa cos = 1 bo‘ladi. 1
O‘ta qo‘zg‘atishlida sinxron motor elektr tarmog‘iga reaktiv quvvat beradi, natijada tarmoqning yuklama ulangan qismida cos ning oshishiga yordam beradi. Undan tashqari, reaktiv quvvat iste’molining kamayishi elektr stansiyalardagi SG lar ishlab chiqarayotgan reaktiv quvvatni, elektr uzatish liniyalarida tok va isroflarni kamaytirishga imkon beradi. Shu sababli sinxron motorlarni nominal quvvatda o‘ta qo‘zg‘atish va cosN = 0,9 bilan ishlash uchun loyihalanadi.
U-simon xarakteristikalardagi AB punktir chiziq (14.5-rasm) sinxron motorning statik turg‘unlik chegarasi hisoblanadi, bunda yuklanish burchagi  = kr bo‘ladi. Sinxron motorning salt ishlashi (ya’ni P = 0) dagi U-simon xarakteristikaning minimal nuqtasi absissalar o‘qigacha yetib kelmaydi (sinxron generatorniki esa yetib keladi).

Download 206.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling