Xulosa va takliflar


Milliy boylik va uning tarkibi


Download 0.8 Mb.
bet11/13
Sana22.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1647785
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Iqtisodiy o’sish va milliy boylik

3. Milliy boylik va uning tarkibi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida ajdodlar tomonidan yaratilgan, qoldirilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy boyliklarning yig’indisi milliy boylikni tashkil etadi.
Milliy boylikni 3ta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.
Moddiy – buyumlashgan boylik.
Nomoddiy boylik.
Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik - bu ishlab chiqarishning unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqilgan moddiy va nomoddiy mahsulotlarning iste‘mol qilingan qismidan ortiqcha qismini jamg’arish hisobidan hosil bo’ladi va o’sib boradi.
Milliy boylik inson mehnati bilan yaratiladi, moddiylashadi, qiymat shakliga ega bo’ladi va tarkibiy tuzilishga ega bo’ladi:
Ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
Noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlari);
Aylanma kapital (fondlar);
Moddiy zaharlar tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan molk-mulk.
Moddiy–buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin13:
Mehnat unumdorligini o’sishi;
Ishlab chiqarish samaradorligini ortishi;
Milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi;
Milliy boylik tarkibiga tabiat ne‘matlari qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari bo’lib, ular ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Tabiiy boyliklar jamiyatning potentsial boyligi hisoblanadi, ular inson mehnatining ta‘siri natijasida real boylikka aylanadi. Milliy boylikning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida ham yaratiladi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, aholining turmush darajasini ta‘minlash yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunday boyliklarga ta‘lim, sog’liqi saqlash, fan, madaniyat, sanat, sport sohalarida vujudga keltiriladи.
Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi, va ko’mir kabi boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin.
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling