Xulosa va tavsiyalar
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi
Download 399.17 Kb.
|
Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari
- Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etish
- Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasiUmumiy o`rta ta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslari 1-sinfdan yettinchi sinfgacha har haftada birmarta o`tiladi. Respublikamizdagi umumiy or`ta ta’lim maktablaridagi musiqa darslari DTS da belgilab qo`yilgan talablarga muvofiq tarzda tuzilgan dastur hamda aniq calendar reja asosida tashkil etiladi. Dars o’quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkazilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy bo`lgan quyidagi kabi ba’zi bir talablarga javob berishi kerak : Dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, iqtidor va ko’nikmalar alohida aniqlanishi lozim. Mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning Mashg’ulotlardaishlatiladigan metodlar, vositalar turkumining aniq bo’lishi va u oldindan belgilanishi kerak. Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa darslariga qo’yiladigan umumiy tashkiliy talablar quyidagicha bo`lishi mumkin: Har bir dars mavzusini taqvimiy rejalashtirish asosida ishlab chiqilgan aniq dars rejasi mavjud bo’lishi, O`tilayotgan darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi, Darsning boshidan to oxirigacha o’quvchilarning ongli intizomi ta’minlanganligi, Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv- texnik va ko’rgazmali qurollardan foydalanilishi, dars o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi kerak. Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo’lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo’ladigan ko’rinish tarzida rejalashtirish va o’zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o’tkazaverish mumkin emas. Har bir dars boshqa darslardan xatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o’tkazilganda ham o’zining o’ziga xos jihatlariga ko’ra farq qiladi. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o’tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o’qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir darsni tashkil etishda har doim o’qituvchining maxsus «Pedagogik yondashuv tarzi» ni ko’rish mumkin. Masalan, kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko’rinishda tashkil etiladi:
tashkiliy ish, o’quvchilarga berilgan mustaqil ishlarning bajarilishini tekshirish. Oldingi darslarda o’rganilgan material yuzasidan o’quvchilardan so’rash, yangi materialning o’qituvchi tomonidan bayon etilishi, o’rganilgan materialni mustahkamlash, mustaqil ish uchun topshiriqlar, uyga topshiriqlar, vazifalar berish. Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o`zbek xalqi o`z madaniyati va san’atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1996-yil, 31-dekabrdagi “Respublikada musiqiy ta’limni rivojlantirish, madaniyat va san’at o`quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida”gi hamda 2008-yil, 28- iyuldagi “Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi haqida”gi farmonlariga asosan har yili musiqa maktablari, madaniyat va san’at kollejlari va boshqa madaniyat va san’at muassasalari ko`plab musiqa asboblari hamda boshqa texnik vositalar bilan davlat tomonidan ta’minlanyapti. Bu qaror va farmoyishlarning amalga oshirilishi natijasida o`rta umumta’lim maktablaridagi bolalarning musiqiy ijodkorligini rivojlantirish uchun ham zarur moddiy shart- sharoitlar yaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to`g`risidagi qarorida: “Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish”2 haqida berilgan ko`rsatmalari yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit- qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob bera oladigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli chora- tadbirlarni belgilab berdi.
ettirishni inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, xushyor, ko’nglichan bo’libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo’lishi ham mumkin. O’qituvchining pedagogik optimizmi, uning o’quvchilarga munosabatidagi ishonch, o’quv faoliyatini tashkil etishning turli- tuman shakllaridagi mashg’ulotlarda ularning hamjihatiigidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o’quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko’rsatishga tayyor turishlik-bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Musiqa madaniyati darsining asosiy maqsadi o’quvchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Ushbu maqsad musiqa o’quvchilarda musiqaviy- badiiy did, ahloqiy-estetik his-tuyg’ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy ehtiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson his-tuyg’ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalarni o`z ichiga olishi bilan bir vaqtda, boshqa bir qator pedagogik vazifalarni ham o`z ichiga oladi. Bolalarmaktabda o`zlari egallagan musiqiy bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o’tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «Navro’z», onajonlar bayrami kabi bayramlarda, ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanishlari kerak. Bundan tashqari, o’rganilgan qo’shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o’rtoqlari davrasida aytilishi mumkin. Yetti yillik o’qish davrida musiqa sohasida muntazam sur’atda ish olib borilishi natijasida o’quvchilar musiqa savodiga ega bo’lib, musiqa sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo’yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to’garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol katnashadigan kishilar bo’lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o’qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, ya’ni ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur. Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg’otish, maktab o’quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang’ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to’garaklari, sharoiti bor bo’lgan maktablarda cholg’u asboblari bo’lishi kerak. Ayni vaqtda o’quvchilarga yakka tartibda musiqa o’rgatish ishini uyushtirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud. Musiqa madaniyati darsning har bir faoliyat turida shaqildoqlar,uchburchak, metallafon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo’shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo’l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi. Musiqa darsi boshqa darslardan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, « Musiqa madaniyati » darslari quyidagi o`ziga xos jihatlari bilan boshqa darslardan farq qilib turadi: Masalan, musiqa san’ati boshqa san’at turlaridan idrok etilishiga ko`ra farq qiladi, ya’ni u boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko’rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko’zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqanligi bizga tarixdan ma’lum bo`ladi. Musiqa san’ati aniq vaqt o’lchovi bilan bog’langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Musiqa madaniyati darslari musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat. Musiqa darsi o’zining aralash-integral dars tipi bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Musiqa san’ati bolalarga aktiv emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo’lib chiqadilar. Barcha fikrlarimizni umumlashtiradigan bo`lsak, musiqa darsi o’zining aktiv psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar musiqa darsini hayot bilan boglashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Yuqori sinflarda « Musiqa madaniyati » darslarining tuzilishi 4 ta asosiy faoliyat turidan iborat: Ovoz sozlash Xor bo’lib kuylash Musiqa savodi Musiqa tinglash. Boshlang’ich sinflarda esa dars faoliyatlari 6 ta tarkibiy qismga bo`linishi mumkin: Ovoz sozlash. Xor bo’lib kuylash. Musiqa savodi Musiqa tinglash Musiqaga mos harakatlarni bajarish Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lishdan iborat bo’ladi. Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlariRespublikamizda ta’sis etilgan davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan yangi ta’lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o`stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlantirishni ham maqsad qilib qo`yadi. Davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatini ommaviy rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda keng ko`lamli tadbirlar ishlab chiqildi va ular muntazam izchillikda hayotga tatbiq etilmoqda. Musiqa madaniyati darsi o`quvchilarda dastlabki musiqa madaniyatini, nafosat tuyg`usini shakllantitishning asosiy omilidir.Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari tarbiyaviy-madaniy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.Bu kabi musiqiy to`garak a’zolari hozirgi kunda o`z san’atlarini faqatgina Respublikamizda emas, balki turli chet davlatlarda ham namoyish etib, ko`plab olqishlarga va faxrli o`rinlarga sazovor bo`lmoqdalar. Musiqa to`garaklarida o`quvchilar asosan quyidagi yo`nalishlarda bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin:
Jamoa bo`lib kuylash Turli cholg`u asbobida chalish Musiqa tinglash madaniyati Ansambl va orkestr jamoasida ijro etish Turli raqs usullarini amalda bajarish Elektron asboblarda chalish. Ko`p yillik kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi yoshlarning milliy cholg`u asboblarimizni o`rganishga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, qashqar rubobi, doira, g`ijjak, nay, dutor kabi asboblarni o`rganishga bo`lgan qiziqish ancha yuqori desak bo`ladi.Shu sababli maktab va maktabdan tashqari cholg`u to`garaklarining bugungi maqsad va vazifalari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.To`garakni tashkil etishdan asosiy maqsad biror cholg`u asbobini o`rgatish orqali o`quvchilarning san’atga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda ularga musiqiy-badiiy tarbiya berishdir.Buning uchun asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: Cholg`u asbobi, uning tuzilishi hamda tarixi bilan tanishtirish. Cholgu` asbobini to`g`ri ushlashni o`rgatish. Cholg`u asbobida tovush hosil qilishning o`ziga xos yo`llarini o`rgatish. Mezrob yoki kamonchani to`g`ri ushlashni o`rgatish. Rubobni sozlashni o`rgatish. Musiqa savodi haqida yetarlicha ma`lumot berish. Ijroda ishlatiladigan shtrixlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatish. Qiziqarli va maqsadli repertuar tanlash, ishlash va hokazo. To`garak repertuarini tanlashda to`garak rahbari uning bolalarning yoshiga, ijro etish imkoniyatiga, qobiliyatiga mos kelishiga alohida e’tibor berishi zarur. Shuningdek, repertuardagi asarlarning mazmuni milliy, mafkuraviy dunyoqarashimizga mos kelishi hamda ijrochilarning va tinglovchilarning estetik didini to`g`ri yo`nalishda tarbiyalash bilan bir vaqtda yoshlarni ma’naviy kamolotga undashga xizmat qilishi juda muhimdir. O`zbekiston Respublikasi prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston- Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika ”Fol`klor jamoalari ko`rik- tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqarida tashkil etilgan yakka tartibdagi musiqa mashg'ulotlari bolalarni musiqaga jalb etishning samarali vositasi sifatida xizmat qilmoqda, ularga ijodiy jarayonda faol qatnashish imkoniyatini bermoqda. Shu bilan birga mashg'ulotlarni yakka tartibda tashkil qilish o'qituvchining o'quvchiga bevosita ta'sir ko'rsatishi, uning fe'1-atvori va ayrim shaxsiy sifatlarini shakllantirish uchun qulay imkon yaratmoqda. Musiqa asboblarini chalish ijodiy faoliyatga uning barcha xususiyatlariga bog'liqligi sababli ham yakka tartibdagi mashg'ulotlar katta ahamiyatga molikdir. II bob MUSIQA MASHG`ULOTLARIDA MUSIQANI IDROK ETISHNI O`RGATISH USLUBLARI Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etishMusiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi? Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir. Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik kabi o`ziga xos sifatlarga ajratiladi. Musiqa tarixidan ma’lumki, XX asrning boshlarida O`xzbekistonda yashab ijod etgan musiqachi va etnograf Avgust Eyxgorn o`zbek musiqasini, o`zbek qo`shiqlarini tushuna olmagan va uzoq vaqt eshitishga sabri chidamagan. Boshqa bir mashhur musiqashunos olim, pedagog va kompozitor X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy”3.
Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his etiladi. Masalan, biror musiqiy asarni eshitganimizda biz uning kuyi, ritmi, garmoniyasi, tembrini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, biz bu musiqiy asarni obrazli, umumlashgan holda, yaxlitligicha anglab, idrok etamiz. Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik. U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnasjgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi: O`zimga tushdi bir kun bu ahvol, Bor ekan nag`ma oning oti rayol, Eshittim bir qiz anda bahri najot, Qilur nag`ma tili bilan munojot. Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a, Karam qilar der men bag`ri adog`a. Maqominio qilur har nav’ bunyod, Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod. Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir, Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr. O`shal dam bo`ldi holatim digar dun, To`lub toshdi yurak monandi Jayxun4.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega. Ushbu tushunchalarni tahlil etish uchun ilmiy rahbarim bo`lmish Navoiy davlat pedagogika instituti Musiqa kafedrasi katta o`qituvchisi Sh. I. Jalilov bilan maslahatlashgan holda, insonning voqea-hodisalarni idrok etishi, musiqiy idrokning o`ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni tahlil qilib chiqdim. Umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati darslarining tuzilishi va darsning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`liqdir. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi ovoz sozlash, xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlarni bajarish kabi faoliyat turlaridan iborat bo`lib, bu faoliyat turlarining har birida musiqa idroki yetakchi vazifani bajaradi.
Darsning ovoz sozlash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarni idrok etish orqali musiqay tovushlarning aniq balandligini, cho`zimini his qilishni, idrok etishni hamda sof ovoz hosil qilishni o`rganishadi. Darsning jamoa bo’lib kuylash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy mavzuni idrok etish orqali sof ovozda ifodali kuylashni o`rganishadi. Darsning musiqa savodini o`rganish qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarning tuzilishini, nazariy jihatdan idrok etish orqali musiqiy asarlarning strukturasini idrok etishni o`rganishadi. Darsning musiqa tinglash qismi musiqani idrok etishni o`rganishda alohida ahmiyatga ega bo`lib, bunda o`quvchilar musiqiy asarlarni tinglab tahlil qilish orqali ularning tuzilishi, registri, tembri, tempi, dinamikasi, tovushlarning past-balandligi, diapazoni hamda alohida berilgan musiqiy asarning asosiy mazmunini aynan tinglash orqali idrok etish malakalariga ega bo`lishadi. Darsning musiqaga mos harakatlarni bajarish qismida o`quvchilar asosan musiqaning tempini, tembrini, dinamikasini, shaklini hamda xarakterini his qilishni, idrok etishni o`rganishadi. Bu o`rinda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi usullardan har bir mashg’ulotlardauning oldindan tuzilgan rejasiga ko`ra turlicha vaziyatlarda foydalanishi mumkin. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati o`qituvchisining yuqorida ko`rsatilgan darsning tarkibiy qismlaridagi imkoniyatlardan har bir alohida olingan mashg’ulotlardaqay darajada foydalanishuga bog`liq. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (mashg’ulotlardao`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin. Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi. Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1- sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan Bolalar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi. Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi. Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi. Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega. Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi. Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlar5iga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar: Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi. Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi. Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi. Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi. Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, Bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar. Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar. Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar. Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib boradilar. Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi. Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish muammosi yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhtaram Prezidentimiz o`zining « Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali ularning shaxsini ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh avlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi. Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, u bir qator omillarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining va musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir 41 necha musiqa ixtisosliklarini o'z ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas. Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi, shuningdek, bo'sh vaqt muammosini hal qilishda ham yordam beradi, deb o`ylayman. Bolalarmusiqani tushunishi uchun musiqa tilining ma'naviy va shakl yasash xususiyatlarini bilishlari, muayyan darajada rivojlangan musiqiy (tovush balandligi, tembiri, musiqaning garmonik, dinamik xususiyatlarini anglash, lad va ritmni his qilish, musiqani eslab qolish) qobiliyatga musiqani idrok etish va ijro etish malakalariga ega bo'lishlari zarur. Albatta, musiqa tarbiyasi g'oyaviy e’tiqodni shakllantiradi, axloqiy jihatdan tarbiyalaydi, shaxsdagi qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo'nalishlarini belgilaydi, ijtimoiy kayfiyatni vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi, ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi. Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri bo`lgan “ommaviy madaniyat”ning yurtimizga aynan musiqa vositalaridan foydalangan holda kirib kelishi ham fikrimizning dalilidir. Musiqa tarbiyasini amalga oshirishda musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi. Bolalar musiqani to`g`ri idrok eta olmasalar hech qachon uni to`g`ri tushuna olmaydilar va natijada musiqa ular uchun shunchaki musiqiy tovushlar yig`indisiga aylanib qoladi. O`rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqiy psixologiyani, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o`rganishgan. Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” asari va boshqa asarlari, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kiton an-najot”, “Donishnoma” kabi asarlarining musiqa haqidagi bo`limlari, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqa” kitobi va boshqa shu kabi ilmiy asarlar musiqaning inson ongiga qanday ta’sir etishini mo`rganishga, musiqa idokini o`rganishga bag`ishlangan. Buyuk qomusiy olim, musiqiy cholg`ularning mohir ijrochisi bo`lgan Abu Nasr Forobiy o`z ijrosi bilan kishilarni quvontirish yoki qayg`uga solish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo`yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi rivoyat va hikoyatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu va boshqa shu kabi faktlardan musiqaning inson ongiga va tarbiyasiga, xarakterining shakllanishiga va hatto ijtimoiy ongning shakllanishiga ham qanchalik kuchli ta’sir o`tkaza olishi yaqqol ko`rinib turibdi. Buyuk mutafakkirlar musiqaning inson ongiga, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ham ulkan ta’sirini ta’kidlab o`tishgan. Masalan, Aflotun: ”Davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq”5, - deb yozgan. Bitiruv malakaviy ishi bo`yicha topshiriqlarni bajarish mobaynida Navoiy Madaniyat va san’at kolleji, Navoiy shahridagi umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi, Navoiy davlat pedagogika instituti ARMlaridagi hamda Farhod madaniyat saroyi bibliotekasining o`quv zallaridagi tegishli adabiyotlardan va boshqa manbalardan foydalangan holda, ilmiy rahbarim Sh.I.Jalilov va boshqa mutaxassis ustoz-murabbiylarning maslahatlariga tayangan holda pedagogik amaliyot davrida quyidagi tadqiqotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`ldim: Musiqa idrokining bizgacha tadqiq etilgan alohida va umumiy jihatlarini tegishli adabiyotlardan foydalangan holda o`rganish va tahlil qilish. Musiqa idrokining bolalar tarbiyasidagi muhim ahamiyatini tadqiq etish. Musiqa idrokini tashkil etish muammolarining paydo bo`lishi, shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o`rganib chiqish. Musiqa idrokining inson ongiga, xarakterining shakllanishiga badiiy didining shakllanishiga qanchalik ta’sir ko`rsatishini tadqiq etish. Xalq og`zaki ijodida shakllanib, rivojlanib kelgan o`zbek folklor musiqasidan musiqiy idrokning tarbiyaviy vositasi sifatida foydalanish tamoyillarini o`rganib chiqish va tavsiya etish. 5 Qodirov R.G. Musiqa psixologiyasi. “Musiqa”nashriyoti, T.., 2005y. 4-bet. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish. Maktabdan va sinfdan tashqari musiqa ta’limi mashg`ulotlaridaa musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etishga erishish. Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlari hamda o`qituvchilarining ish tajribalarini o`rganib, ularning bu boradagi qilayotgan ijodiy izlanishlarini faoliyatlarini tahlil qilish natijasida bolalarning musiqa idrokini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdim: Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning yoshiga doir fiziologiyasini inobatga olish. Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning har birining individual xususiyatlarini, o`ziga xos xarakterini hisobga olgan holda har biriga individual munosabatda bo`lishga erishish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish va to`g`ri yo`naltirishga doimiy ravishda alohida e’tibor qaratish. Musiqa idrokining ijtimoiy ta’sirini ham hisobga olgan holda, ommaviy tadbirlarda, bayramlar, ko`rik-tanlovlar, festivallar va boshqa ommaviy yig`inlarda ishlatiladigan musiqiy asarlarning xarakteriga, tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish va bundan maqsadli ravishda, ommaviy tarbiya vositasi sifatida foydalanish. Musiqa mashg`ulotlarida va ommaviy musiqiy tadbirlarda, musiqiy kechalarda, ijodiy uchrashuvlarda darsning yoki tadbirning mavzusidan kelib chiqqan holda unda tinglanadigan, ijro etiladigan musiqiy asarlar rejasini oldindan tuzib chiqish va bunda musiqa idrokining to`g`ri tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishga erishish. Quyidagi ilovalarda yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish maqsadida bir necha kuylar hamda ba’zi kuylardan parchalar keltitilgan : Musiqani tinglab, idrok etish uchun mo`ljallangan asarlardan namunalar (ilovalar): 1-ilova:
ilova: ilova: ilova: ilova: FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T., “Ma’naviyat”, 2009. 176 b. Karimov I.A. Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik.-T., “O`zbekiston” 1993. 46 b. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T., “O`zbekiston”, 1994. 157 b. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida.-T., “O`zbekiston”, 1994. 78 b. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T., “O`zbekiston”, 1996. 366 b. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori . O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqi,1997-yil, 29- avgust. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T., 1997.-B.4-19. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma’ruzasi,2010- yil, 27- yanvar. “O`zbekiston oviozi” gazetasi. -T., 2010-yil, 28-yanvardagi nashri.1-3 betlar. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi,2010-yil, 28- yanvar. “O`zbekiston oviozi” gazetasi. -T., 2010-yil, 30-yanvardagi nashri.1-3 betlar. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. ”Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to`g`risida.2010-yil, 27- yanvar. “O`zbekiston oviozi” gazetasi. - T., 2010-yil, 28-yanvardagi nashri.1- bet. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, 1997-yil,29- avgust. -T., 1997.-B.20-29. Download 399.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling