Xurmatillo ismoilov ning kurs ishi mavzu: paralingivistik vositalarning til strukturasidagi o’rni fan o’qituvchisi
Paralingvistika noverbal vositalarni
Download 318.93 Kb.
|
paralingivistik vositalarning til strukturasidagi orni
Paralingvistika noverbal vositalarni
o’rganuvchi fan Noverbal vositalarni alohida sistema sifatida o’rganishga qiziqish paralingvistikaning fan sifatidagi shakllanishiga sabab bo’ldi. Keyingi davrlargacha ekstralingvistik hodisalar bilan paralingvistik hodisalar bir-biri bilan farqlanmasdi. Shuning uchun norval vositalarni o’rganuvchi tilshunoslikning sohasi turlicha nomlar bilan atalib kelindi. So’nggi paytlarda ekstralingvistika bilan paralingvistika bir-biridan ajratilyapti. Masalan, A. S. Axmanova tilshunoslikni “mikrolingvistika” termini bilan ifodalab “mikrolingvistika” ni “paralingvistika”, “mikrolingvistika”, “mentalingvistika” kabi sohalarga ajratib ko’rsatadi va paralingvistikaning til ifodasining fizik tabiati va mohiyati bilan shug’ullanishini ta’kidlaydi. “Paralingvistika” esa “Mentalingvistika”, “psixolingvistika” va “antropolik lingvistika” ga bo’linib ular til va tafakkur, ularning o’zaro munosabatlari, til va jamoat, tilning jamiyatdagi roli, jamiyat taraqqiyoti, unda bo’ladigan o’zgarishlarning tilga ta’siri, tilning aloqa vositalari sifatidagi vazifasi, turli til aloqalarini bajarishdagi o’rnini tekshiradi. “Paralingvistika” va “Mentalingvistika”, “Ekstralingvistika” degan umumiy bir nom bilan ataladi va “paralingvistika”, “mentalingvistika” uning tarkibiy qismi hisoblanadi. “Paralingvistika” esa kommunikatsiya uchun xizmat qiladigan nutqning yordamchi vositalarini o’rganadi. “Paralingvistika” lotincha para (yondosh), languya (til) so’zlaridan olingan bo’lib, “tilga yondosh”, “til bilan birga qo’llanuvchi” ma’nosini ifodalaydi. Bu termin birinchi marta A. Xill tomonidan tavsiya etilgan. Keyinchalik Treyger bu sohaga oid asar yozib, uning mohiyatini substantsiyasini (bu fanning predmeti, vazifasi, o’rganiladigan hodisalar mohiyati va boshqalar) belgilab berdi. Nutq jarayonida vaziyat taqozosi bilan til vositalari bilan bir qatorda norvebal vositalardan ham foydalanishi, bunday faktorlarni ham lingvistik tadqiqot doirasiga kiritish zarurligi “Praga strukturalizm maktab vakillari tomonidan nashr etilgan”. Til vositalariga funktsional tomondan yondoshish kontseptsiyasi tabiiy ravishda nutq vositalari tushunchasini kengaytirishni talab qiladi. Aloqa jarayonida til vositalaridan tashqari boshqa vositalardan ham foydalanildi. Bunday paytda ekstralingvistik vositalarga nisbatan paralingvistik vositalar ayniqsa keng qo’llaniladi. “Funktsional ligvistika” tezisida so’zlovchining og’zaki nutqi bilan birgalikda qo’llanib, tinglovchilar bilan bevosita aloqa qilishda nutq mazmunini to’ldiradigan, uning jozibadorligi, tasirchanligini oshiradigan imo-ishoralarni lingvistik regional ittifoqlarning problemalari uchun ahamiyatga ega bo’lgan imo-ishoralarni sistemali o’rganish lozimligi aytilgan. Ana shunday amaliy talab bilan nutqning bu yordamchi vositalarini o’rganuvchi maxsus fan sohasida maydonga keldi. Hozirgi kunda bu fan sohasi “paralingvistika” nomi bilan tilshunoslikdan mustahkam o’rin olgan.
Download 318.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling