Xurmoning shirin navlari Tojiky


Download 21.63 Kb.
bet2/3
Sana23.06.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1652138
1   2   3
Bog'liq
Xurmoning shirin navlari

Xiakume. O’zgaruvchan nav bo’lib, O’zbekiston va uning atrofidagi mamlakatlarda ko’p tarqalgan. Bu nav bir qator sinonimlarga ega: Aman-Kaki, Kaki-Mela, Taronta-Kaki va boshqalar. Daraxtning bo’yi 6-8 metr, tanasi gumbazsimon zich, asosan urg’ochi gulli changlatuvchiga ehtiyoji bor, eng yaxshi changlatuvchilardan Zendji-Maru va . Xiakume sovuqqa nisbatan chidamli nav hisoblanadi.
Gosha-Gaki. O’zgaruvchan nav. Daraxti uncha baland emas, tanasi siyrak keng yoyiluvchan. Daraxt faqat urg’ochi gullar hosil qiladi, mevasi asosan partenokarpik (changlanmasdan) yo’li bilan hosil bo’ladi. CHanglatuvchiga muhtoj nav bo’lib, Zendji-Maru, Denauskiy saxarnqy navlari eng yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Mevasi yapaloq o’ziga xos ko’rinishga ega, uncha chuqur bo’lmagan belbog’chalari mevani go’yoki to’rt qismga bo’lib turadi. Mevasining o’rtacha yirikligi esa 150-200 g, rangi to’q olovrang, mevasining eti zich va qalin, qalin mumsimon g’ubor qoplamaga ega. Urug’ soni bittadan to’rttagacha, urug’i bo’lgan mevalarining eti qo’ng’ir rangga, urug’i bo’lmagan mevalar etining rangi esa och – olov-sarg’ish rangga ega. Nav erta pishuvchi hisoblanadi, urug’i bor mevalari qattiq holda ham istehmol uchun yaroqli, urug’siz mevalar esa to’liq pishib yetilmaguncha taxir mazaga ega bo’ladi. Mevasining tarkibida 18-19% qand va 0,09-0,12% kislota mavjud, mevasi asosan istehmolga ishlatiladi. Mevani saqlash va tashish chegaralangan. O’rtacha hosildorlik bir tupidan 60-70 kg, eng ko’pi 170 kg ni tashkil qiladi, solkashligi keskin namoyon bo’ladi.


Fuyu. Changlanishga taʼsirsiz. Qimizak boʼlmagan dunyoda eng ommaviy nav hisoblanadi. Hosildorligi yuqori,oʼsish surati oʼrtacha va daraxtida faqat urgʼochi gullar hosil boʼladi. Mevasi yirik (oʼrtacha 220 gramm). Mevalar shakli dumaloq va yassi shar koʼrinishida, odatda, 4 tomonga ega.Terisi dagʼal va yaltiroq. Аksariyat hollarda rangi sargʼishqizil. Terisi qalin shira qatlami bilan qoplangan. Iliq qlimli mintaqalarda pishib yetilgan meva terisi qizil rangga kiradi. Mevalar hajmi kichkina boʼlib qolmasligi uchun xomtok qilinishi kerak. Mavsum oxirida pishib yetiladi.



Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling