Xurmoning shirin navlari Tojiky


Download 21.63 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1652138
  1   2   3
Bog'liq
Xurmoning shirin navlari


Xurmoning shirin navlari
Tojiky. Tojikiston yerchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. 1991 yildan Surxondaryo viloyati bo’yicha Davlat reestriga kiritilgan. nav kechpishar bo’lib, mevasi oktyabrning ikkinchi o’n kunligida pishadi. Daraxtining bo’yi o’rtacha, shox-shabbasi dumaloq. Mevasi yirik, bir xil kattalikda, yassi, po’sti qalin, zich, silliq, yaltiroq. Mevasining o’rtacha vazni – 156 g, rangi tillarang-sariq, eti sariq, sershira, mazasi shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi tahm bahosi – 4,3 ball. Hosildorligi – 203,5 ts/ga, eng yuqori hosildorligi 333,5 ts/ga ni tashkil etadi.


Zendji-Maru. O’zgaruvchan nav. Ko’p baland bo’lmagan, sharsimon zich tanaga ega bo’lgan daraxt. Bu nav daraxtida urg’ochi guldan tashqari ko’p miqdorda erkak gullarni hosil qiladi, yaxshi changlatuvchi nav hisoblanadi. Mevalari mayda yoki o’rtacha kattalikka ega, 100-130 gramm. Mevasi dumaloq yoki cho’zinchoq, usti yaltiroq, rangi olovli qizg’ish. Mevasining eti zich, qo’ng’ir, deyarli qora rangga ega. Urug’lar soni 8 dona, mevasi oktyabrg’ oyida pishib yetiladi, lekin pishib yetilmagan mevalari ham istehmolga yaroqli. Oddiy sharoitda mevasini ikki-uch oy saqlash mumkin. Yangi uzilgan mevalarda qand miqdori 16- 17,5%, kislota miqdori esa 0,05-0,15% ni tashkil qiladi. Mevalari daraxtdan uzilgandan so’ng istehmolga yaroqli, hosildorligi bir tup daraxtdan 50-60 kg ni tashkil qiladi. Zendji-Maru sovuqqa nisbatan chidamli nav hisoblanadi.


Chokolat. Juda mazali, shirin va eti jigarrang rangga ega. To’liq pishganda taxirligini yo’qotadi. Mevasining hajmi o’rta va uzunchoq. Tanasining rangi zarg’aldoq. Oktyabrning oxiri–noyabrning boshida pishadi.


Vaxsh navi. Tojikiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. 1991-yildan Surxondaryo viloyati bo‘yicha davlat reyestriga kiritilgan.Daraxtining bo‘yi o‘rtacha balandlikda. Nav kechpishar, mevasi oktyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Mevasi o‘rtacha kattalikda, vazni 100-120 gramm. Rangi to‘q sariq, eti sariq, sershira, mazasi shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,4 ball. Hosildorligi gektariga 220 sentner, eng yuqori hosildorligi 365 sentnerni tashkil etadi. Respublikamizda, shuningdek, Sharq xurmosining istiqbolli pioner Uzbekistana, denauskiy saxarniy, xachiya, gosha-gaki, fuyu, sheng, kaki pendula kabi navlari ham yetishtirilmoqda. Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, bugungi jahon bozori talablariga to‘liq javob beradigan, eksportbop xurmo navlarini yaratish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari davom etmoqda.



Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling