Xurramova dilnora ravshan qizi
Download 52.23 Kb.
|
nutq madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Nutq madaniyati Reja: 1.Nutq madaniyati tushunchasi 2.Nutq madaniyatini shakillantiruvchi omillar
- Adabiyotlar ro‘yxati
O’BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SIRTQI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI TALABASI XURRAMOVA DILNORA RAVSHAN QIZI BOSHLANG’ICH TA’LIM NAZARIYASI FANIDAN Mavzu:NUTQ MADANIYATI Tekshirdi Ziyodillayev.O’ Samarqand 2022 Mavzu:Nutq madaniyati Reja: 1.Nutq madaniyati tushunchasi 2.Nutq madaniyatini shakillantiruvchi omillar 3.Nutq savodxonlik o’lchovlari Nutq madaniyati nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshunosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifodalisini tanlab olish mahoratidir (Mas., aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati avvalo,to`g`ri,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak. Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan. Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo`shdilar. Har bir nutq ma'lum bir maqsad bilan so‘zlanib, o‘z g‘oyaviy yo‘nalishi va estetik ta'sir kuchiga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar nutqning tashqi xarakteriga xosdir. Ba'zan so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, talaffuz etilmaydigan nutq ham bo‘ladi. Bunda so‘zlovchi o‘zi bilan o‘zi gaplashadi. Bunday nutq intellektual, kinetik, bog‘lanishli nutq xarakterida bo‘ladi. Nutqning turli tiplari qo‘llanish doirasi bilan belgilandi. Til birliklaridan qay tarzda foydalanishiga qarab nutq og‘zaki yoki yozma bo‘ladi. Nutq madaniyati tushunchasi, uning yuzaga kelish davri, tadqiqot ob'ekti, uning mohiyati, ish ko‘rish tarzi haqida turli-tuman fikr-mulohazalar mavjud. Shu sababli tilshunoslar ushbu tushuncha atrofida fikr yuritib nutq madaniyati,til madaniyati, nutq odobi va so‘z odobi atamalarini qo‘llaydilar. Hozirgi kunda nutq madaniyati atamasi shu tushunchani ifodalovchi birlik sifatida ko‘pchilik tomonidan tan olindi, ilmiy muammo sifatida uni tadqiq qilish lozimligi ko‘pchilik tomonidan ma'qullandi. Til bilan nutqni bir-biridan farqlash masalasi o‘tgan asrdayoq o‘rtaga tashlangan edi. V.Gulboldt til va nutqni farqlab, tilni “so‘zlarga va qoidalarga bo‘lib yuborish tilning tabiiy holati bo‘lmay, ilmiy tahlilning mexanistik ishidir”/1:-141/, desa-da, o‘rni kelganda “til gap va nutq uchun faqat tartibga solib turuvchi sxemalarnigina belgilaydi”/2:-50/, deydi. Nutq jarayonida til birliklari (lug‘at tarkibi, grammatik qoidalar, fonetik imkoniyatlar)ning ma’lum qismidan fikr ifodalash maqsadida foydalaniladi. Demak, kishilarning gaplashishi til birliklaridan ma’lum qismining reallashishidan iboratdir. Tilning jamiyat taraqqiyoti oldidagi ahamiyati nutq jarayonida namoyon bo‘ladi. G.Shteyntalning fikricha, nutq (gapirish) tilning hozirgi paytda yuz berayotibdi, deb fikr qilinayotgan ko‘rinishidir”/3:-106/. Keyingi davrlarda nutq gapirish jarayoni hisoblanib, unga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tildan farqlangan holda, nutqni bir so‘z yordamida aloqa qilish jarayonining o‘zginasidir, deb ataymiz”4. Demak, nutq shaxsdagi ruhiy va fizologik jarayon bo‘lishi bilan birga, til materiallarining amalda namoyon bo‘lishidir. Nutq yakka shaxsga tegishli bo‘lib, unda so‘zlovchiga xos xususiyat o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham nutqdagi yakka shaxsga xoslik umumtil tizimi qonuniyatlaridan chetga chiqmaydi. Shunday qilib, til va nutq o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi, lekin ular bir-biridan farq qiladigan ijtimoiy hodisalardir. Til va nutq aloqa jarayonining “Faqat ikki aspekti, xolos”/5:-18/. Til aloqa qilish jarayoni uchun material bersa, nutq esa shu materialdan fikr shakllantirishdir. Til birliklari nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan, u adabiy tilda so‘zlashuvchilar tomonidan kundalik hayotda, mehnat jarayonida, oilaviy turmushda, tantanavor muhitda ham qo‘llaniladi. “Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan “til-til qobiliyati - nutq” zanjirida faqat nutqqina tashqi (moddiy) shaklda (og‘zaki, yozma, turli shartli belgilar vositasida) namoyon bo‘ladi va bizning sezgi a’zolarimiz tomonidan qayd etiladi (eshitiladi, yoziladi, ko‘riladi, o‘lchanadi). Til esa yashirin ichki hamda ideal hodisa sifatida anglatadi, tasavvur etiladi” /6:-9/ Til vositasi bilan belgili sharoitda aloqa qilish mumkin. Shunga ko‘ra, nutq bir necha xil bo‘ladi: kundalik nutq, ishchan nutq, tantanavor nutq, ommaviy nutq, so‘zlashuv nutqi, dialektal nutq, sahna nutqi, personaj nutqi, badiiy nutq, folklor nutqi, obraz nutqi, notiq nutqi, poetik nutqi kabilar. Nutq ko‘rinishining shakllarida lingvistik omillar ham, ekstralingvistik omillar ham muhim rol o‘ynaydi va ishtirok etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Nutqni idrok qilish va shakllantirish sharoiti. 2. Nutqning mazmuni. 3. Nutqning vazifasi - harakat shakli. 4. Nutqning tuzilishi - tarkibiy qurilishi. 1. Nutqning idrok qilish va shakllantirish sharoiti. Suhbatdoshlar va nutq so‘zlovchilar turli xil nutqiy sharoit, vaziyatda til birliklaridan har xil foydalanadilar. Natijada o‘z nutqini shakllantiradi. Nutqni idrok qilish va shakllantirish sharoiti bilan bog‘liq omillar esa quyidagilardan iborat: 1. Munosabat sharoitining rasmiylik va norasmiylik darajasi. Ma’lumki, rasmiylik kishiga majburiyat yuklaydi, natijada u har bir aytadigan fikrini o‘ylab, mantiqiy izchillik bilan fikr yuritadi. Bunda har doim kitobiy nutq shakllariga murojaat qilinadi. Narosmiy sharoitda suhbatdoshlar, nutq so‘zlovchilar o‘zlarini erkin tutadilar, erkin fikrlaydilar va bunda so‘zlashuv nutqi shaklariga murojaat qiladilar. 2. Nutqning shakllanishi va yashash shakli. Nutq bir-biri bilan doimo bog‘liq bo‘lgan yozma va og‘zaki shaklda namoyon bo‘ladi. Tarixan og‘zaki shakli birlamchi, yozma shakl ikkilamchidir. Og‘zaki nutq o‘zaro bevosita aloqa jarayonida hukmron shakl sanaladi. Og‘zaki nutq nutqiy ifodalilikka boy bo‘lib, u yozma nutqda har doim o‘z ifodasini topavermaydi. Yozma nutq mantiqiy nutq bo‘lib, uning shakllanishi sekin kechadi va oldindan durustroq o‘ylashni talab qiladi. 3. Suhbatdoshlarningmunosabat darajasi. Suhbatdoshlarning o‘zaro aloqasi rasmiy va norasmiy holatda kechadi. Ana shu aloqa bevosita va bilvosita tarzda yuz beradi. Bevosita nutqiy aloqa jarayoni to‘liq va ikki tomonlama munosabat asosida yuz beradi. Bevosita aloqa jarayonida og‘zaki nutq shakllaridan foydalanish imkoniyati ustun darajadadir. Bilvosita aloqa esa majlisda so‘zlash, radio va televideniye orqali gapirish, plastinka va magnit tasmasiga yozilgan so‘zni eshitish orqali zohir bo‘ladi. Bilvosita aloqa jarayonida yozma nutq shakllaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 4. Nutq ob'ekti xarakteri. Nutq jarayonida nutq sub'ekti yakka, ko‘plik va abstrakt xarakterda bo‘ladi. Nutq sub'ekti yakka shaxs sifatida suhbatdoshlar bilan bevosita muloqotda bo‘lganda og‘zaki nutq birliklaridan ko‘proq foydalaniladi. Nutq sub'ekti jamlikni ifodalaganda publitsistika uslubi nutqiy shakllaridan foydalaniladi. Ilmiy nutqda abstrakt xarakterdagi fikrlar bayon etiladi. 5. nutq adresatining xarakteri. Nutqni shakllantirishda ishtirok etuvchi adresat ham yakka, jamlik va abstrakt xarakterda bo‘ladi. Yakka adresat so‘zlashuv nutqi uchun, jamlik publitsistik nutq uchun, abstrakt adresat ilmiy va rasmiy nutq uchun xarakteriidir. 6. nutq ko‘rinishi. O‘zaro nutqiy aloqada nutqning ikki ko‘rinishi: dailog va monolog mavjud. Dialog suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqidir. Monolog so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglashi va javob berishi nazarda tutilmaydigan nutqdir. Dialog so‘zlashuv nutqini, monolog kitobiy nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. 7. nutqqa maxsus tayyorgarlik ko‘rilganligi darajasi. Maxsus tayyorgarlik ko‘rilmay so‘zlangan nutq so‘zlashuv nutqini, maxsus tayyorgarlik ko‘rib fikrni ifodalash kitobiy nutqni shakllantiradi. 8. nutqiy aloqada ekstralingvistik birliklarning faolligi darajasi. Nutqni tushunish va shakllantirishda ekstralingvistik omillar muhim rol o‘ynaydi. Bu narsa yozma nutqqa nisbatan og‘zaki nutqda ustun darajada namoyon bo‘ladi. 2.Nutqning mazmuni. Kishi ob’yektiv borliqni ko‘radi, eshitadi, o‘lchaydi, sezadi, yozadi va o‘z tafakkurini boyitadi. Ob’yektiv borliqdagi turli voqea-hodisalar, narsapredmetlarning kishi ongida aks etish darajasi turlicha bo‘ladi. Natijada kishining nutq mazmuni ham har xil bo‘ladi. Borliq haqidagi bizning tafakkurimiz ikki xil bo‘ladi: predmetli aniq tafakkkur, nazariy abstrakt tafakkur. Predmetli aniq tafakkur, o‘z navbatida, oddiy predmetlik va predmet obrazi tafakkurga bo‘linadi. Predmetli aniq tafakkur jarayonida nutqni shakllantirishning quyidagi ko‘rinishlari vujudga keladi: a) oddiy predmetli tafakkur shakllanadi va og‘zaki nutqda qo‘l keladi; b) umumlashtiruvchi tafakkur shakllanadi va u publitsistik nutqda ishlatiladi; v) predmet obrazi tafakkuri shakllanadi va u badiiy nutqda qo‘llaniladi. Nazariy abstrakt tafakkur jarayonida fikmi shakllantirishning ilmiy nutqqa xos shakllari vujudga keladi. 3.Nutqning vazifasi - harakat shakli. O‘zaro aloqa jarayonida nutqni shakllantiruvchi turli xil omillar mavjud bo‘lib, ulardan biri nutqning vazifasidir. Nutqning vazifasi uning doimiyligi, ob'ektivligi, qonuniyligi va tizimliligi bilan xarakterlanadi. Nutqlar ma'lum bir vazifasiga ko‘ra bir-biriga o‘xshasa ham u boshqa xususiyatlari bilan farqli tomonlariga egadir. Vazifalarning bir- biri bilan qorishishi natijasida yangi nutqiy shakllar vujudga keladi. Har bir nutq vazifasida quyidagi xususiyatlar o‘z ifodasini topishi mumkin: 1. ob'ektivlik va sub'ektivlikni ifodalash vazifasi. Kishi borliq haqida o‘zining ob'ektiv va sub'ektiv xulosasini bildiradi. Har doim nutqda ob'ektiv borliqni ifodalash vazifasi ustun turadi: Chekish – nafas olish organlarining faolivatiga salbiy ta'sir qiladi. Ushbu misolda ilmiy uslubning xususiyatlarini aks ettirgan ob'ektiv nutq na'munasidir. Bu yerda nafas olish mumkin emas gapida sub'ektiv fikr bayon etilgan. Nutqning obyektivlik va subyektivlik vazifasi birgalikda kelishi ham mumkin. 2. konkretlik, abstraktlik va umumlashtirishni ifodalash vazifasi. Masalan, Talaba o‘z do‘stiga qarab: Biz o‘qituvchi bilan bahslashdik,deydi. Bunda har qanday o‘qituvchi va talaba haqida emas, balki aniq kishilar to‘g‘risida fikr bildirilgan. Chunki misolda biz - talabalar so‘zi ham, o‘qituvchi, bahslashdik so‘zlari ham aniqlikni aks ettirgan. Fikrni bunday ifodalash so‘zlashuv nutqiga xosdir. Badiiy obraz orqali mualliflarning tasvirlangan narsaga munosabati ifodalanadi. Bunda badiiy obraz, muallif, tasvirlangan narsa, munosabat kabi so‘zlar abstrakt tushunchani ifodalamoqda. Fikrni bu tarzda ifodalash vazifasi ilmiy nutq uchun xarakteridir. Talabalar universitet shuhratini saqlashdi gapida fikr umumlashma xarakterga egadir. Gapdagi universitet shuhrati birikmasida universitet so‘zi jamoa ma'nosida va uning shuhratini butun jamoa saqlashi haqida fikr yuritilgan. Bunday umumlashma fikrni ifodalash vazifasi publitsistik nutqqa xosdir. 3. intellektuallik va emotsionallikni ifodalash vazifasi. Haqiqat kashf etildimi, uni nutq vositasida boshqalarga yetkaziladi. Shu jarayonda intellektual xabarni ifodalovchi nutq shakllanadi va u ilmiy nutqni vujudga keltiradi. So‘zlovchi borliqni aks ettirar ekan, unda o‘zining his tuyg‘ularini ham ifodalaydi. Natijada turli emotsional xabarni ifodalovchi nutq shakllanadi va u so‘zlashuv, publitsistik, badiiy nutqni vujudga keltirishda ishtirok etadi. 4. ochiq (eksplitsit) va yopiq (implitsit) mazmunni ifodalash vazifasi. Ochiq mazmunni ifodalash vazifasi ilmiy nutq qonuniyati sanalsa, yopiq mazmunni ifodalash vazifasi so‘zlashuv publitsistik, badiiy nutq uchun xos qonuniyatdir. Ana shu qonuniyatlar asosida nutqning tuzilish asosi belgilanadi. 4.Nutqning tuzilishi - tarkibiy qurilishi Ma’lumki, nutq tuzilish tilning yashash shaklidir. Nutqni tarkibiy qurilishi jihatdan uyushtirishning umumiy qonun-qoidalari mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1) uslubiy beligisi aniq ko‘ringan birliklarning salmog‘i va xarakteri, Masalan, so‘zlashuv nutqi uchun xarakterli bo‘lgan birliklarning tarkibiy qurilishi publitsistik, badiiy nutqda o‘z o‘rni bilan ishlatilishi. 2) nutq qurilishida analitizm va sintezizm nisbati. Masalan, badiiy nutqda analitizm nisbati kuchli bo‘lib, kitobxon o‘qish va o‘ylash jarayonida muallif fikrini sintezlaydi. 3) O‘ta muhim ma'nolarni ifodalash darajasiga ko‘ra har bir narsani o‘z mohiyatiga mos keluvchi shakl bilan atash ilmiy nutqqa, muhim ma'nolarni ifodalovchi shakllarni tanlash so‘zlashuv nutqiga, ekspressiv ma'nolarni ifodalovchi shakllarni tanlash publitsistik nutqqa, barcha uslublarga xos shakllardan foydalanish badiiy nutqqa xos belgidir. 4) nutq tuzilishining to‘liq shakllanganlik darajasi. Fikrni to‘liq bayon etish natijasida nutqni to‘liq shakllantirishga intiladilar. Bu holat yozma nutqda o‘z aksini topgan. Sharoit, kontekst va ekstralingvistik omillar ta'sirida nutq to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Bu narsa to‘liq kuzatiladi. 5) metaforalardan foydalanish xarakteri. Nutqda metafora ikki ma'noni ifodalashga xizmat qiladi: a) til yoki kontekstdan tashqari ma'no; b) nutqiy yoki kontestual ma'no. Ana shu ikki ma'nonning o‘zaro munosabati natijasida qo‘shimcha sekmantik ottenkalar, ba’zan tushunib bo‘lmaydigan sub'ektiv ma'nolar ifodalanadi. So‘zlashuv nutqida nutqiy metaforalardan foydalanadilar. Kitobiy nutqda ekspressiv, ochiq va yopiq metaforalardan foydalanishga intiladilar. 6) o‘zlashgan qatlamning salmog‘i va xarakteri. Yozma nutqda o‘zlashgan so‘zlar salmog‘i ko‘pchilikni tashqil qiladi. So‘zlashuv nutqida o‘zlashgan qatlamning salmog‘i ozchilikni tashqil qiladi. O‘zlashgan qatlam shakllari o‘zlashganlik darajasi unutilganda, kesatiq, piching ma'nolarini ifodalaganda so‘zlashuv nutqida ko‘proq ishlatiladi. 7) Til turli birliklarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi. Ilmiy, publitsistik, rasmiy nutqda til birliklarining o‘zaro aloqadorligi juda kam darajada, chunki ularda intellektual neytral shakllar ko‘proq ishlatiladi. Til turli birliklarining o‘zaro aloqadorligi so‘zlashuv nutqida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki so‘zlashuv nutqida har bir til birligi o‘zining gapda joylashish o‘rniga, intonatsiyasiga va urg‘uning ta'siriga ko‘ra turlicha vazifani bajaradi. Nutqni shakllantirish omillari ta'sirida har bir nutqning asosiy xususiyatlari shakllanadi. Ular quyidagilardan iborat: nutqning to‘g‘riligi, tozaligi, aniqligi, mantiqiyligi, ta'sirchanligi, obrazliligi, tushunarliligi va maqsadga muvofiqligi. Nutqning to‘g‘riligi. Bu uning bosh aloqa belgisi hisoblanadi. Nutqning to‘g‘riligi - so‘zlovchi va tinglovchining bir-birini oson va tez tushunishlarini ta'minlovchi omil. Chunki nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq maqsadga muvofiq va mantiqiy ham bo‘lmaydi. Nutq to‘g‘riligini ta'minlovchi bir necha omillar mavjud. Nutqning to‘g‘riligi, eng avvalo, uning adabiy til me'yoriga muvofiq kelishidir. Bunda ikki xil me'yorga (amalga) qattiq rioya qilinishi lozim.Bular aktsentologik (so‘z va formalarda qonunning to‘g‘riligi) va grammatik me'yorlardir. Aktsentologik me'yorlarga binoan ulardagi ayrim bo‘g‘inlarning zarb bilan aytilishi, talaffuz qilinishi. Ma'lumki, o‘zbek tilida so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan urg‘u keyingi bo‘g‘inga ko‘chiriladi.So‘zlardagi urg‘uning ko‘chishi bilan ba'zan so‘z ma'nosi ham о‘zgaradi. Masalan: atlas-atlas, olma-olma, hozir-hozir, yangi-yangi, qatlama-qatlama kabi. Urg‘uni qayerga qo‘yishni farqlamaslik so‘z ma'nolarining buzilishiga sababchi bo‘ladi. O‘zbek nutqida ikki xil urg‘u, ya’ni leksik urg‘u va mantiqiy urg‘u mavjud. Leksik urg‘u, birinchidan, so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish me'yorlarini belgilashga yordam beradi, ikkinchidan, so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi (atlas - mato, atlas - jug‘rofiy atlas), uchinchidan, so‘z shakllarini farqlashda ishlatiladi (qushcha - kichkina qushday, qushcha - qushday). Nutqda mantiqiy urg‘u ham mavjud. Bunda so‘zlovchi gap bo‘laklaridan birortasini kuchliroq talaffuz qiladi va tinglovchining e'tiborini shu bo‘lak orqali ifoda etilgan ma'noga tortadi. Masalan: Besh bolali xotin avtobusga chiqdi. Bunda mantiqiy urg‘u besh so‘ziga, bolali so‘zi va xotin so‘ziga tushganda gapning ma'nosida o‘zgarish yuz beradi. So‘zlarga qay yo‘sinda urg‘u berilishiga qarab ma’no ottenkalari o‘zgaradi. Shu o‘rinda Bernard Shouning qo‘yidagi so‘zlarini eslash o‘rinli: «Ha so‘zini aytish va talaffuz qilishning ellik xil usuli mavjud, lekin uning bir xil yozilish usuli bordir»9 /7:-172/. Haqiqatan ham so‘zlashuv nutqida ha goh mustaqil gap sifatida tasdiq, javob, rozilik, biror fikrga qo‘shilganlik va darak, so‘roq, buyruq, his - hayajon ifodalashi, juda ko‘p sintaktik konstruktsiyalar bilan yonma-yon yoki ularning vazifaviy sinonimi sifatida qo‘llana olishi mavjud. Grammatik me'yorlarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega va kesim mosligi kabi xususiyatlarni e'tiborga olish lozim bo‘ladi. Lekin tilimiz va mustaqilligimizda morfologik, sintaktik chalkashliklar tez-tez uchrab turadi. Bular kelishik qo‘shimchalarini farqlamasdan ishlatishda (ularni(ng), uch o‘g‘li bor, sizni(ng) o‘zingizga munosib, pichoqni(ng) sopi, odamlar seni(ng) oldingga(da) nima qiladi), fe'lning tuslovchi shakllarini qo‘llashda shevalarga xos belgilarni ishlatishda (bordik - borduz, borduvuza; keldingiz - keldiz, keldiyla; borayotgan - borvotkon, boryatirgan; borsak - borsov, borsovza). Nutqda ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish nutq to‘g‘riligini ta'minlashda kerakli omildir. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud. Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Gumboldt V.O razlichin organizmov chilovekogo yazo’ka. SPB, 1985, s.141. 2. Shteyntal G. Grammatika, logika I psixologiya arang. Zvegintsev V. A.Xrastomatiya po istorii yazo’ka znanie. XIX-XX vekov. Z.I.M.: 1956. S. 106. 3. Psixologiya. M. 1984. S.262. 4. Axmanova O.S. jcherki po obhey I russkoy leksikologii. M.: 1957. S.18. 5. Неъматов Х., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент: Ўқитувчи, 1993, 9б. 6. Проммы совреминной филология. М.: Наука. 1965. С. 172. Download 52.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling