Xusrav va shirin
O‘zbek adabiyotida noma janri
Download 226.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqAGIOGRAFIK ASARLAR
O‘zbek adabiyotida noma janri. XIV asr oxiri XV asr boshlarida o’zbek mumtoz adabiyotida bu davrda nomachilik va munozara janrlari keng rivojlandi. Bizga ma’lumki mumtoz adabiyotda noma janri dastlab forsiy adabiyotda shakllangan. Uning dastlabki shakllari X-XII asrda shakllangan edi. Ularga misol qilib diniy-tarixiy asar “Xudoynoma”, “Shohnoma” kabi asarlarini keltirishimiz mumkin. Shundan keyin o’zbek mumtoz adabiyotida ham noma janri keng qo’llanila boshlandi. Dastlab Is’hoq Xorazmiyning dunyoviy lirikani tarannum etgan “Muhabbatnoma” asari yoziladi. Keyinchalik birin ketin Xo’jandiyning “Latofatnoma” Said Ahmadning “Taashhuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi qasarlari paydo bo’ladi.
O’zbek mumtoz adabiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda nomachilik janri faqat ishq-muhabbat tarannum etiladigan janr bo’lib qolmasdan unda axloqiy-ta’limiy (didaktik) masalalar ham qalamga olingan. Ayniqsa bu sohada XV asrda faoliyat ko’rsatgan Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” asarlari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmidan nomachilik janrida yaratilgan asarlarda o’z davrining hayoti, insonlarning orzu-intilishlari o’z ifodasini topgan bo’lib, ularda vatanparvarlik, adolat va tenglik, muhabbat va sadoqat tarannum etilgan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari oshiqning ma’shuqaga yo’llagan ga’zal shaklidagi o’nta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning “Muhabbatnoma” si ta’sirida yaratilgan Xo’jandiyning “Latofatnoma”, Said Ahmadning “Taashshuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asarlarida ham noma janri an’analariga rioya qilingan, ularning barchasi bir xil vaznda ya'’i hazaji musaddasi mahzuf vaznida, masnaviy shaklida yozilgan, barchasi ham o’nta nomadan (“Muhabbatnoma” bundan mustasno) iborat. “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma” asarlarida nomalar oshiq tilidan safoga, ma’shuqaga yetkazishini iltimos qilib yozilgan bo'’sa, "Dahnoma“ dagi nomalar ham oshiq, ham ma’shuqa nomidan yo’llangan. Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asari juda ko`p sharqshunos olimlarning e’tiborini o`ziga qaratadi. Jumladan, A.M.Samoylovich, M.F.Ko`prulizoda, A.M.Sherbak kabi xorijiy tadqiqotchilar bu borada qiziqarli ilmiy izlanishlar olib borishdi. Shuningdek, o`zbek adabiyotshunoslaridan S Qosimov 1950 yilda Xorazmiy ijodi bo`yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bulardan tashqari, N.Mallaevning "O`zbek adabiyoti tarixi"da va boshqa manbalarda shoir haqida ma’lumot beriladi. "Muhabbatnoma" Oltin O`rda hukmdorlaridan bo`lgan Muhammad Jonibekning (1342-1357) taklifi bilan qish faslida ijod etilganligi asarda shoir tomonidan quyidagicha bayon etilgan: Tabassum qildi, aydi: "Ey faloni, Keturgil bizga loyiq armug`oni. Ko`ngul bahrinda ko`p gavharlaring bor, Ochunda lorsiy daftarlaring bor. Muhabbat nardini ko`plardin o`ttung, Shakartek til bila olamni tutting. Tilarmankim, bizing til birla paydo Kitobe aylasang bu qish qotido Kim ush eltek kechar ayyomi foniy, Jahondin qolsa bizdin armug`oni. Qabul qildim, yer o`ptim aydim: "Ey shoh Eshiking tuprog`i -davlatli dargoh. Kuchum etmishcha ko`p xizmat qiloyin Jahonga ezgu otingni yo yoyin. Bukun tonqa tikin may no`sh qilg`in, Badiha bu g `azalni go`sh qilg`in," Parchada Muhammad Jonibek tilidan keltirilgan ishoraga muvofiq "Muhabbatnoma" uning turkiydagi dastlabki asari bo`lib chiqadi. Asosiy qism nomalardan tashkil topgan. Shoir "Muhabbatnoma" muqaddimasida quyidagi masnaviyni keltirib, maqsad-muddaosini o`quvchilari bilan baham ko`radi: Kitobat boshladim, anjoma yetkay, "Muhabbatnoma" Misru Shomga etgay. Bu xon uzra saloyi oma qildim, "Muhabbatnoma"ni o`n noma qildim. Qiloyin ikki bobin porsiy ham Kim, atlas to`n yaroshur bo`lsa ma’lam. Burun alqissa, bek madhin yo yoyin O`shandin so`ngra noma boshlag`oyin.; Xorazmiy asardagi nomalar sonining o`ndan iborat bo`lishini qayd etadi hamda "Muhabbatnoma"ning 2 bobi (nomasi)ni forsiy tilda ijod qilishini ta’kidlaydi. Biroq asarning xotimaviy o`ninchi nomasidan so`ng keltirilgan quyidagi masnaviyda muallif maqsad-muddaosining o`zgarganligi ifodalanadi: Asarning uyg`ur yozuvidagi nusxasida o`n birinchi noma mavjud emas. Asarning arab yozuv idagi qo`lyozmasiga tayangan adabiyotshunos N.Mallaev "Muhabbatnoma"ning o`n bir nomadan tuzilganligini qayd etadi. Darhaqiqat, "Muhabbatnoma"ning chop bo`lgan nusxalari o`n bir nomadan tarkib topgan va ulardan uchtasi 4-, 8 hamda 11- nomalari fors-tojik, qolgan sakkiz maktub o`zbek tilidadir. Aksariyat nomalar masnaviy nomadan tashqari, g`azal, kichik soqiynomalarni ham o`z ichiga oladi. Shuningdek, asar xotimasida "G`azal", "Munojot", "Qit’a", "Xotimatul-kitob", mustaqil mazmunga ega "Hikoyat", "Iltimosin aytur" kabi sarlavhalar ostidagi parchalar uchraydi. Asar fard bilan yakun topadi. Prof. N. Mallaev fikricha, birinchi noma tarkibida kelgan g`azal Muhammad Xo`jabek tilidan aytilgan ko`rinadi (Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976,230-bet). Shunday qilib, "Muhabbatnoma" noma, masnaviy, g`azal, qit’a, madhiya kabi janr namunalaridan tarkib topadi. Xorazmiy "Muhabbatnoma" ni Alloh hamdi bilan boshlarkan, sharq mumtoz adabiyoti an’analariga sadoqat saqlaydi va Parvardigorning yaratuvchanlik bilan aloqador fazilatlarini ko`rkam badiiy libosda beradi, shu bilan bir qatorda, buyuk bunyodkor mo`’jizasi bilan vujudga keltirilib, ilohiy ruhdan jon baxsh etilgan inson go`zalligini ulug`lash ham muallif diqqat markazida turadi. Asarning hamma qismida xuddi shunday uslubiy fazilatni kuzatish mumkin: Ulug` tangrining otin yod qildim, "Muhabbatnoma"ni bunyod qildim Iki yoqtu guhar olamga bergan, Muhabbat ganjini odamga bergan Falakning daftarinin tunni bo`yg`an, Jahon bunyodini so`z uzra qo`yg`on. Eti qad zarnigor ayvoni volo Yaratti olti kunda haq taolo. Nomalar asarning etakchi janri bo`lib, ular oshiqning o`z ma’shuqasiga yo`llangan she’riy maktublaridir. Ularning o`ntasi to`g`ridan-to`g`ri ma’shuqaga murojaat bilan boshlanadi. Faqat ikkinchi nomanigina shoir: "Salomim gulga ayt, ey tong nasimi",-deya nasimi subhga ko`ngil izhorini bayon qilish shartli majoziy uslubiy jilosi bilan boshlaydi. Nomalar asosan ta’rif-tavsif yo`nalishilida yozilgan. Ayo, ko`rk ichra olam podshohi, Jahon tutti sening husnung sipohi, Pari ruxsoralarning ko`rkboyi, Yuzung-navro`zu qoshing bayram oyi, Ko`ngul shirin so`zungg`a bo`ldi Farhod, Ko`zung Kashmir jodusiga ustod. Qaro meng ol yanoqinga yaroshur, Boshim doyim adoqingqa yaroshur… Masnaviy
Kel, ey soqiy, keturgin bodai nob, Kula-o`ynayu ichsunlar bu ashob. Kim, usheltek kechar ayyomi foniy, Ajaldin hech kishining yo`q amoni. Sabrdin yaxshi yo`qtur, pesha qilsam Bu yo`lda sabr yo`q andisha qilsam Har bir maktubdanso`ng keltirilgan soqiynomada shoirning hayotdan olingan yuksak zavqu shavqi, nozik hayot sevarlik tuyg`ulari go`zal badiiy ifodasini topgan. Mazkur soqiynomalardagi misralardagi mazmun teran ilohiy-irfoniy mohiyat kasb etadi va aksariyat parchalar oxirida aynan takrorlanuvchi "sabrdin yaxshi..." baytidagi axloqiy-ta’limiy mazmunga quvvat beradi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, Xorazmiyning mazkur asarini yaratishdan kuzatgan bosh muddaosi insonni komil qiyofasi manzaralarini rangin chizishdan iborat ekanligi yaqqol anglashilib turadi. Baytlarda qayta-qayta murojaat qilinadigan may va ishq timsollari o`sha muddaoni yuzaga chiqarish yo`lida beminnat xizmat qiladi. Xorazmiyning murodi bu o`tkinchi dunyoda do`stlar ishq mayidan bebahra qolmasinlar. Avvalo, shuni aytish joizki, nomalardagi dastlabki baytlarda shoir ilohiy va majoziy ishqni yonma-yon tutib tasvirlaydi. Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, Yusuf, Hotam toy, Rustam, Ali Muhammadxo`jabex singari afsonaviy ilohiy tarixiy shaxslarning nomlari ham uchraydi, Xorazmiy "Muhabbatnoma"da, bu an’anaviy iloxiy irfoniy timsolarga ko`proq talmeh san’ati imkoniyatlari nuktai nazaridan murojaat qilib, she’rning baadiiy nazokatini oshirishga harakat qilgan "Muhabbatnoma" aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun, mafoiylun, faulun) vaznida bitilgan. Shoir ushbu asari bilan turkiy tildagi noma janrining keyingi taraqqiyotiga zamin hozirladi. "Muhabbatnoma"ga javob tarzida yozilsan Xo`jandiyning "Latafatnoma", Said Ahmadning "Taashshuqnoma" va Amiriyning "Dahnoma" asarlarining o`n nomadan tarkib topgan Xo`jandiy "Latofatnoma"ni yozishda bevosita Xorazmiyning "Muhabbatnoma" sidan ilhomlanadi. "Latofatnoma" dagi quyidagi misralar buning yorqin misolidir, Muhabbat jomidin ichsang sharobe, "Muhabbatnoma"ga aysang javobe. Qabul ettim, qabuliyat yo`q erkan, Salo urdim, salohiyat yo`q erkan, Riyozat bahrina soldim o`chumni, Iborat silkiga tortim so`zumni Tilida so`z, alimda xoma bo`ldi "Latofatnoma" ham o`n noma bo`ldi(191 bet)., Xo’jandiyning “Latofatnoma” si XV asr boshlarida (1411 yillarda) Xorazmda hukmronlik qilgan Temurning avlodlaridan biri Sultin Mahmudga bag’ishlangan. Shoir Xo’jandiy“Latofatnoma ”asarida Sulton Mahmud shaxsiyatini shunday ulug’laydi ; Jamoli birla joning tiza bo’lsun, Sohim oti baland ovoza bo’lsun. O’zum birla o’zum andesha qildim, Shahim madhu duosin pasha qildim. Ayo faxri salotin shohi davron, Zamona mafhari Mahmud tarxon. Ajun faxri shahanshohi Zamona, Sifoti savlating to’ldi jahona. Zihi sohibqiron arslon yuraklik, Maoni majlisi ichra ko’ruklik Shuni ta’kidlash kerakki bu asarda Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidagidek har bir nomadan so’ng g’azal keltirilmaydi, fard , qit’a va munojotlar ham yo’q. “Latofatnoma ” asari masnaviy shaklida (a a,b b…) yozilgan. Asarda ishlatilgan badiiy tasvirlash vositalari , usullari va traditsion formaga ega. Bizgacha “Latofatnoma” ning 4 nushasi yetib kelgan. Uning 2 tasi Qobul kutubxonasining muzeyida , 1 nusxasi Istambulda va yana biri esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Qo’lyozma hijriy 893 (milodiy 1488) yilda ko’chirilgan bo’lib , 313 baytdan iborat. “Latofatnoma” asarining Qobulda saqlanayotgan uyg’ur yozuvidagi teksti fotonusxasi asosida hamda Istanbul va Londondagi tekstlarning fotonusxalaridan foydalanilgan holda uning transkripsiyadagi teksti 1980-yilda Toshkentda turkolog olim E.Fozilov tomonidan tayyorlanib,nashr etildi. Shuningdek ,bu asarning Britaniyadagi fotonushasidan ayrim parchalar “O’zbek adabiyoti” 4 tomligining 1-kitobida ham nashr etilgan. Bu to’plamga kirgan”Latofatnoma”asari esa hozirgi o’zbek yozuvida to’la holda birinchi marta nashr etilmoqda. Asardan ba’zi bir misollar keltirib o’tamiz: Sahar vaqtinda kim sultoni xovar, Jamolindin jahon bo’ldi munavvar. Olib nayza ilikga xusravi Chin , Habash sultonini qavdi jahondin. Shahi mashriq olam olamg’a urdi, Sipohi zangi qo‘rqub yuz yashurdi, Chiqardi ersa shoh xanjar belindin, Habash sultoni qochti Rum elindin, Sipohi turk bo’ldisa sipohi, Azimat tutti hindular sipohi , Xurusi subhdam faryod oshurdi, Kecha zohi yumurtqasin yoshurdi, Tafakkurda turur erdim sahargoh , Eshiktin bir juvone kirdi nogoh. Firoq o’tinda bag’ri pora bo’lg’on , Elindin ishq uchun ovora bo’lg’on,. Aningkim ishqi yo’q andin ne hosil. Aningkim bir sevar jononi yo’qtur, Ne bilsun tekma nodon ishqbozi, Haqiqat bo‘lmasa bori majozi, Seni shoir deb ayturlar xaloyiq, So‘zingdin tuhfa keltur bizga loyiq, Tilarman sendin ey koni malohat, Ki bersang so’z bilan jonimg‘a rohat. Muhabbat jomidin ichsang sharobe Muhabbat nomaga aysang javobe. Sayid Ahmadning ijodi XV asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. U Temurning o’g’llaridan Mironshohning farzandi bo’lib , Sayid Ahmad o’zbek va fors tillarida asarlar yaratib, o’z davri adabiyotining rivojiga munosib hissa qo’shgan. Buni ulug’ shoir Alisher Navoiy ham o’zining “Majolisun-nafois” asarida alohida ta’kidlaydi va uning devoni borligini aytadi. Ammo shoirning devoni hozirgacha topilmagan. Uning yolg’iz “Taashshuqnoma” asari bizgacha yetib kelgan. Bu asarning qo’lyozma nushasi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. To’plamga kiritilgan bu asarning to’la teksti esa shu qo’lyozmaning fotonushasi asosida birinchi bor hozirgi o’zbek tilida nashrga tayyorlandi. “Taashshuqnoma” 839(hijriy) -1435-1436(milodiy) yillarda yozilgan bo’lib , undan oldin yaratilgan “Muhabbatnoma” va “Latofatnoma” Asarlariga o’xshatma tarzda vujudga kelgan. Asar 319 baytdan iborat. Asar o’zining sodda va ravon tili , maftunkor badiiy kuchi hamda tasvirlash vositalarining o’z o’rnida ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Sayid Ahmadning “Taashshuqnoma” asarining transkripsiyadagi teksti , turkiy tilni o’rganish nuqtai nazaridan uning grammatik tahlili , turkiy tilni izohlari va lug’ati , mashxur turkshunos olim A. Shcherbak tomonidan 1973-yilda nashrga tayyorlanib “sharq yozuvi yodnomalari” to’plamida chiqarilgan. Shuningdek , bu asardan ayrim parchalarni 1927-yilda mashxur olim A.N .Samoylovich ham nashr ettirgan. 1959-yilda chiqqan “o’zbek adabiyoti”ning 1-tomiga ham “Taashshuqnoma”dan ayrim parchalar kiritilgan. Mazkur to’plamdagi asarning to’la teksti hozirgi zamon o’quvchilarining XV asrning 2-yarmida yaratilgan nodir badiiyat durdonasi bilan yaqindan tanishishlariga katta imkoniyat yaratadi. Yusuf Amiriy o’zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoir hisoblanadi. Bizgacha shoirning uncha to’liq bo’lmagan devoni, noma janriga oid ”Dahnoma”si, “Bang va Chog’ur” munozarasi yetib kelgan bo’lib, Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. “Dahnoma” asarining 1516-yilda ko’chirilgan nusxasining fotonusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida saqlanadi. Amiriyning “Dahnoma” asari Is’hoq Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asaridan ta’sirlanib yozilgan. “Dahnoma” (forscha dah-10, noma-xat) asari o’nta nomadan iborat. Shoir “Dahnoma” da Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari uslubini takrorlagan bo’lsa ham, bu asar o’z tilining ravonligi va syujet chiziqlarining pishiqligi bilan ajralib turadi. “Dahnoma” ga kiritilgan ishqiy nomalar oshiq va ma’shuqaning bir-biriga yo’llagan maktublaridan tashkil topgan. “Dahnoma” asari quyidagicha tuzilgan. Muqaddima Hikoyat O’nta noma Shoir ahvoli bayoni Kitob xotimasi. Nomalar tarkibi quyidagicha tuzilgan. Oshiqning ma’shuqaga yozgan nomasi G’azal Bitta fard Ma’shuqaning xatni o’qib unga yo’llagan javobi: va hikoyat o’nta nomadan keyin oshiq kulbasiga ma’shuqaning kelishi va visoliga yetishishlari bilan asar o’z nihoyasiga yetadi. “ Kitobning muqaddimasidan anglashuladiki “Dahnoma” temuriy shahzodalardan biri Mirzo Ulug’bekning akasi Boysung’ur Mirzoga bag’ishlangan. Boysung’ur Mirzo madhidan keyin bir hikoyat keltiriladi. BU hikoyat o’zining “Dahnomasi”ning yozib Boysung’ur Mirzoga olib borishga o’xshatiladi. Mening ishimga o’xshar ul hikoyat, Ki Horundin qilurlar el rivoyat. “Dahnoma” kabi yuksak asarni yarata olgan adib, nihoyatda kamtarlik bilan yozgan asari dengizdagi xashak kabi ko’rinmas ekanligini aytadi. So’zim xushxoshu ul majlisdir aflok, Ne ko’ringay tengiz ichinda xashak. Hikoya qilinishicha bir arab sayyoh yo’lida nogahon bir ko’lmakni ko’radi va qo’lidagi idishini to’latib, adolatda tengi yo’q Horun ar Rashid oldiga boradi va shunday deydi. Bu suvdan menga obro’ ber. Horun buni eshitib uni boy qiladi. Mulozimlariga uning oldiga borishni va idishini yormoq bilan to’latib uzatishni buyuradi. Horun buni suvning Dajla suvi kabi oddiy suv ekanligini bilsa ham, uning obro’yini to’kmaydi. Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari o’zbek mumtoz adabiyotida shakllangan nomachilikka munosib hissa qo’shdi. Shoirning mahorati shundaki, u nomalarida iloji boricha turkiy so’zlarni qo’llashga harakat qilgan. Asarning qofiyalari ravon va tushinarli bo’lib,o’quvchi uchin qiyinchilik tug’dirmaydi. Download 226.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling