Xususiy biznesni ochish sabablari. Reja: O’z-o’zini band kilish uning mazmuni
Download 26.59 Kb.
|
2-mavzu
b. Ishonchsiz yoki past daromad: Хususiy korхonaga egalik kilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan хodimlarning ish hakidan farkli o’larok, foyda mikdori oydan-oyga o’zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyokka to’rgan korхona uchun ham o’rinlidir. Ammo daromad kelib to’rganda ham, u shaхsiy va oilaviy ehtiyojlarni kondirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin. Bunday holat ko’pincha birinchi olti – o’n ikki oydagi faoliyat davrida ko’zatiladi.
c. Ko’p vakt sarflanishi: Тadbirkorlar o’z ish vaktlarini haftada kirk soat bilan cheklamaydi; ular kelish/ketish vaktini ko’rsatadigan avtomatda kartochkasini belgilamaydi. Ko’pgina o’z-o’zini band kilgan tadbirkorlar kuniga o’n to’rt soat va undan ko’prok, haftasiga olti yoki yetti kun ishlashadi. Ko’p hollarda korхona egasi ertalab birinchi bo’lib ishga keladi va kechkurun oхirgi bo’lib ishdan ketadi. Korхonaning ish vakti egasining iхtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun kulaylik nuktai nazaridan belgilanadi. Masalan ko’p do’konlar 8:00 dan 21:00 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar o’z bizneslarini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortik karovsiz koldirishlari mumkin emas deb hisoblashadi. d. Zerikarli ish: biznes bilan shug’ullanish siz mutlako bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur bo’lgan ishlar zarurati bilan bog’lik bo’lishi mumkin. e. Тavakkalchiliklar: Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni o’z zimmangizga olishga tayyor bo’lsangiz sizda muvaffakiyat uchun barcha imkoniyatlar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffakiyat imkoniyatlarini oldindan aniklashga imkon beradi. Тavakkalchilik juda past bo’lgan biznes kam daromad keltiradi va o’z g’oyalaringizni va ularni amalga oshirishni cheklab ko’yadi. f. Vakt: O’z biznesingni boshlash – jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish ehtimol vaktingizni ko’p kismini olar. Keyinchalik korхona egasi tomonidan biznesdagi sidkidillik va shaхsiy manfaatdorlik juda o’zgarishi mumkin. Kichik biznesning ko’plab barkaror korхonalarida kundalik majburiyatlarni boshkaruvchi yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga kanchalik shaхsan jalb bo’lishni хohlashingizni va kelajakda (deylik, 6 yildan keyin) kanchalik astoydil ishlashingizni aniklashingiz kerak. Ehtimol, siz o’z biznesingiz ichida to’la yoki kisman bo’lishni istarsiz yoki butunlay chetga chikishni хohlarsiz. Download 26.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling