Xususiy kapital tahlil Reja kirish
Xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi: ustav fondi (ustav kapitali), qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foyda
Download 50.59 Kb.
|
Xususiy kapital tahlil Reja kirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot va uning tarkibiy birliklar (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ)
3.Xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi: ustav fondi (ustav kapitali), qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foyda.
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditga oid qonunchilik normalarida “o‘z sarmoyasi”, “o‘z sarmoyasi manbalari”, “o‘z mablag‘lari manbalari”, “xususiy sarmoya”, “xususiy kapital” degan tushunchalar keng uchraydi. Ularning barchasi bitta mazmunni ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘larni ifoda etadi. Xususiy kapital tarkibiga quyidagi tarkibiy birliklar kiradi: - ustav kapitali; - rezerv kapitali; - qo‘shilgan kapital; - taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar. Buxgalteriya balansining “O‘z mablag‘lari manbalari” (“Xususiy sarmoya”) bo‘limida ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari aks etadi. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot va uning tarkibiy birliklar (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ) Xususiy kapital tarkibiy tahlilining asosiy yo‘nalishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xususiy sarmoya tarkibi va harakatining tahlili: davr boshiga qoldig‘i; hisobot davrida kelib tushgani; hisobot davrida ishlatilgani; hisobot davri oxiriga qoldig‘i; qoldiqlarning mutlaq o‘zgarishlari; o‘sish darajasi; kirib kelish koeffitsiyenti; chiqib ketish koeffitsiyenti tahlili. Xususiy kapital tarkibini tahlil etish muhim funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Jumladan: faoliyatning uzluksizligini ta’minlash;kapital, qarzlar va zararlardan himoya qilinganlik darajasining kafolatini berish; olingan foydani ishlatishda qatnashish; korxona boshqaruvida ishtirok etish kabi. Xususiy kapital tarkibiy tuzilishida quyidagi ko‘rsatkichlar baholanadi: Ustav kapitalining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i koeffitsiyenti; Kuk q UKG’XK (O‘MM) Bu yerda: Kuk – ustav kapitalining o‘z sarmoyasi tarkibidagi salmog‘i; UK – ustav kapitali; XK(O‘MM) – xususiy kapital (O‘z mablag‘lari manbasi). Ustav kapitalining o‘z sarmoyasi tarkibidagi salmog‘ini ifoda etadi va ushbu ko‘rsatkich xususiy kapital tarkibida eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda summasining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i koeffitsiyenti: Ktf q TFG’ XK (O‘MM) Bu yerda: Ktf – taqsimlanmagan foydaning xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i koeffitsiyenti; TF – taqsimlanmagan foyda. Taqsimlanmagan foyda summasining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘ini ifoda etadi. Xususiy kapitalning kompleks tahlilida yuqoridagi tartibda rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital va o‘z sarmoyasining boshqa tarkibiy qismlari bo‘yicha ham salmoq darajalari va ularning o‘zgarishlariga baho beriladi. Xususiy kapitalning o‘sish darajasi: O‘xk q XKdo G’ XKdb x 100% Bu yerda: XKdo; XKdb – davr boshi va oxiriga xususiy kapital Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling