Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi


Download 21.71 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi21.71 Kb.
#191075
  1   2   3   4

10-kazus

  1. 2020 йил 18 май куни антисептик ва гигиена воситалари ишлаб чиқаришга ихтисослашган “Биокосмик” хусусий корхонасининг бир гуруҳ ходимлари мазкур корхона эгасига С.Фармоновга уларнинг ҳуқуқ ва эркинликларига риоя этилмаётганлиги ва уларнинг ҳуқуқлари бузилаётганлиги масаласида мурожаат қилдилар.

  2. Улар иш шароитлари, хусусан, иш ҳақининг кечиктириб тўланиши, шунингдек, мулкдорнинг қариндошлари бўлган ходимларга махсус имтиёз ва нафақалар берилаётганлиги юзасидан прокуратурага шикоят билан мурожаат қилишларини айтишди.

  3. Бундан ташқари, улар кичик бизнес субъекти сифатида корхонанинг муайян имтиёзларидан маҳрум бўлишига эришиш учун антисептик воситаларини белгиланган талаб меъёрлар асосида тайёрланмаётганлиги ҳақида хабар беришларини билдиришди.

  4. Бунга жавобан С.Фармонов раҳбарлик қилиб келаётган корхона унинг хусусий корхонаси экани ва шу боис, уни ўзи истагандай бошқара олишини айтиб, норози бўлган ходимлар билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилди.

Javob

Biz quyidagi kazusga javob yozishdan oldin ikkita tushunchaga tarif berishimiz lozim. Bular Xususiy korxona va kichik biznes subyekti tushunchalaridir.

Dastlab xususiy korxona tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, bu “ Xususiy korxona to’g’risida” gi Qonunning 3-moddasida Quyidagicha ta’rif berilgan “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.

Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.

Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Uning konstitutsiyaviy maqomi esa Konstitutsiyaning 36-moddasida mustahkamlab qo’yilgan “ Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli”.

Kichik biznes subyekti tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, bu “ Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” gi Qonunda 2-moddasida quyidagicha ta’riflangan “Quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi:

mulk shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni o‘n kishigacha, savdo, xizmat ko‘rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — besh kishigacha bo‘lgan mikrofirmalar;

mulk shaklidan qat’i nazar, sanoat sohasida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni qirq kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — yigirma kishigacha, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — o‘n kishigacha bo‘lgan kichik korxonalar.

ishlovchilarning belgilab qo‘yilgan sonini hisobot davrida oshirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zining yoki boshqa shaxslarning jalb etilgan mol-mulki asosida o‘z mehnati yoki yollangan mehnatni qo‘llanish vositasida, tavakkal qilib va mulkiy javobgarlikni zimmasiga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.

Yuridik shaxsni tuzmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar ham kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.

Endi etiborimizni bizga berilgan kazusga qaratadigan bo’lsak, unda quyidagicha so’z yuritilgan: 2020-yil 18-may kuni gigeyena va antiseptik vositalari ishlab chiqarishga ihtisoslashgan “ Biokosmik” nomli xususiy korxona bir guruh hodimlari korxona egasi S. Farmonovga ularning huquq va erkinliklariga rioya etilmayotganligi va ularning xuquqlari buzlayotganligi ya’ni ular ish sharoitlari xususan ish haqining kechiktirilib to’lanishi shuningdek , mulkdorning qarindoshlari bo’lgan hodimlarga maxsus intiyozlar va nafaqalar berilayotganligi yuzasidan prakraturaga shikoyat qilishini aytishdi. Bundan tashqari ular kichik biznes subyekti sifatida korxonaning muayyan imtiyozlardan maxrum bolishiga erishish uchun antiseptic vositalarni belgilangan talab meyorlar asosida tayyorlamayotganligini xaqida habar berishlarini bildirishdi . Bunga javoba S. Farmonov rahbarlik qilib kelayotgan korxona uning xususiy mulki ekanligini va shu bois uni o’zi istagandek boshqara olishini aytib, norozi bo’lgan hodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu yerda asosiy muammolar quyidagilardan iborat.


Download 21.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling