Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi


Download 21.71 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi21.71 Kb.
#191075
1   2   3   4
To’rtinchi muammo -- S. Farmonov rahbarlik qilib kelayotgan korxona uning xususiy mulki ekanligini va shu bois uni o’zi istagandek boshqara olishini aytib, norozi bo’lgan hodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi huquqiy asosga egami.

Ushbu muammoni yechish uchun quyidagi qonunlarga murojaat qilishga to’g’ri keldi: “Xususiy korxona to’g’risida” gi Qonun, “ Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” gi Qonun


Birinchi muammoga to’xtaladigan bo’lsak, Konstitutsiyamizning 13-modda.O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. 48-modda.Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Jamiyat farovonligiga erishish yo‘lida iqtisodiy asoslarni yaratish, bozor munosabatlarini shakllantirish borasida davlatning o‘tkazayotgan tadbirlari konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq qilishdir. O‘zbekiston faqat demokratik huquqiy davlat emas, balki demokratik odil davlat qurishni ham maqsad qilib qo‘ygan 1. Jamiyatda adolat o‘rnatilmasa, boshqa amalga oshirilayotgan tadbirlar o‘z samarasini bermaydi. Adolat hamma jabhalarda: siyosiy hayotda, iqtisodda, turmushning barcha munosabatlarida o‘rnatilishi zarur. Adolatning buzilishi og‘ir oqibatlarga, fojiaga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy adolatni buzish aholini shunday ham tang ahvolini yanada og‘irlashtirib, jiddiy ijtimoiy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin .2

Bundan ko’rinib turibdiki, “ Bikosmik” xususiy korxonasida hodimlarning huquq va erkinliklari ta’minlanishi zarur.



Ikkinchi muammoga to’xtaladigan bo’lsak, Konstitutsiyasining 37-moddasi mehnat huquqi va u bilan bog‘lik masalalarni mustahkamlagan. Unga ko‘ra, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”. Bu moddaning qoidalari kishilarga faqat mehnat qilish huquqini berib qolmay, har bir kishiga o‘z imkoniyati, qobiliyati, bilimiga qarab kasb tanlashda erkinlik beradi, adolatli qulay sharoitlarda mehnat qilish imkoniyati bo‘lishligini belgilaydi va nihoyat kishilarni ishsizlikdan himoya qilishni nazarda tutadi.

Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, korxonalardagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti, mehnatni muhafaza qilish standartlari, qoida meyorlar talablarida bo’lishi lozim. Ma’muriyat korxonada mehnatning sog’lom va havfsiz sharoitlarini ta’minlashi, ishlab chiqarishning havfli va zararli omillari ustidan nazorat o’rnatishi va bu haqda hodimlarni o’z vaqtida habardor qilib turishi lozim. Ish beruvchi o’zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar , xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muofiq to’lashi shart. Amaldagi Mehnat kodeksining 153-moddasida muvofiq, mehnat haqqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa local hujjatlarda belgilanadi. Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita tuman (shahar) sudiga murojaat etishga haqlidir. Bu muammo yuzasidan xodimlarning prokuratura organlariga murojaat qilishi maqsadga muvofiq emas.




Download 21.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling