Xususiy mulk huquqi


Xususiy mulk huquqi obyektlari


Download 32.75 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.75 Kb.
#1581892
1   2   3   4
Bog'liq
Xususiy mulk huquqi

Xususiy mulk huquqi obyektlari
O`zbekiston Respublikasi FKning 209-moddasiga asosan qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo`lishi mumkin. Quyidagilar xususiy mulk huquqining obyektlari hisoblanadi:
uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro`zg`or buyumlari;
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlar;
ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, savdo va boshqa xo`jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari;
ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatning (mulkning) boshqa natijalari;
iste`mol qilishga va ishlab chiqarishga mo`ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bo`lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.
Yuqoridagi obyektlar xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga ham, yuridik shaxslarga ham tegishli bo`lishi mumkin. Korxona mol-mulk majmuidan iborat bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning zarur va muhim shartlaridan biridir. Tadbirkorlik faoliyati yuridik shaxslar, fuqarolar yokи fuqaro tomonidan o`z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida daromad (foyda) olish maqsadida qonunlar doirasida amalga oshiriladign tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
Faoliyatga yollanma mehnatni jalb qilgan holda ish olib borayotgan xususiy tadbirkor yuridik shaxs hisoblanib, uning korxonasi tegishli tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi shart.
Yollanma mehnat jalb qilmay yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs yuridik shaxsni tashkil qilmay ish olib borishi mumkin.
Xususiy tadbirkorlik mol-mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxonalarning mulkidan yoki uning bir qismini harid qilishdan yoki ijaradagi mulkini sotib olishdan hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan vujudga keladi.
Qonun bo`yicha fuqaro yoki yuridik shaxs sotib olishi, foydalanishi va hadya qilishi mumkin bo`lgan har qanday narsa xususiy mulk obyekti bo`lishi mumkin. Xususiy mulk o`zining huquqiy rejimiga ko`ra fuqarolik erkin muomalasidagi xususiy mulk va fuqarolik muomalasida harakati cheklangan xususiy mulkka bo`linadi.
Fuqarolik muomalasida harakati cheklangan mol-mulk obyektlarini erkin ravishda sotish va sotib olish mumkin emas. Bunday obyektlarning fuqarolik muomalasidagi harakati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yer xususiy mulk sifatida o`ziga xos xususiyatlarga ega. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi farmoniga asosan savdo obyektlari joylashgan yer uchastkalari xususiy mulk sifatida sotilishiga ruxsat beriladi. Bunday sotish tanlov yoki kim oshdi savdolari asosida amalga oshiriladi. Turar joy yoki ma`muriy binolar joylashgan yer uchastkalari xususiy mulk qilib sotilmaydi.
Tegishli qonun hujjatlarida fuqarolarning mulki bo`la olmaydigan mol-mulk ko`rsatib o`tilgan. Bunga asosan quyidagilar fuqarolarga tegishli mulk bo`la olmaydi:
qurol-yarog`, shu jumladan, o`q otar qurol (silliq stvolli ov miltiqlari, sport qurollari, shuningdek mukofotga berilib belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan qurollardan tashqari), armiya o`q dorilari va harbiy texnikasi;
portlovchi moddalar va materiallar, asboblar va qurilmalar;
giyohvandlik moddalari, psixotrop, zaharli moddalar, qattiq ta`sir etuvchi, zaharlovchi moddalar;
maxsus ta`qiqlab qo`yilgan boshqa mol-mulklar.
Agar fuqaro ixtiyorida bunday mol-mulk insofli va qonuniy asoslarda paydo bo`lsa (meros tariqasida o`tish va h.k.), u buni o`zidan begonalashtirishi lozim. Agar bunday mol-mulk g`ayriqonuniy va noinsoflik asosida olinsa yoki hosil qilinsa, davlat foydasiga musodara etilishi lozim.
Yuqoridagi obyektlar qonunda belgilangan tartibda va asoslarda yuridik shaxslar mol-mulki tarkibiga kirishi istisno etilmaydi.
Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling