Xususiy mulk va muqobil qiymatlar
Download 25.54 Kb. Pdf ko'rish
|
private-property-and-opportunity-costs-uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qush kuzatuvchilari va sport mashinasi ishqibozlari ortasidagi hamkorlik
Muallif: Duayt Li
2 yoki boshqa narsalarga sarflashingiz mumkin. Bu albatta hayoliy bir misoldir, chunki siz Rolls-Roysni yutib olishingiz ehtimoldan xoli. Biroq bu haqiqiy va muhim mohiyatni tasvirlaydi — xususiy mulk odamlarni o'z qarorlarining muqobil qiymatini (boy berilgan imkoniyatning qiymatini) e'tiborga olishga undaydi. Xususiy mulk tufayli ushbu e'tibor bozor faoliyatining muhim hususiyatiridir va u resurslar va mahsulotlarni eng yuqori qadrlaganlar tomon yo'naltiruvchi bozor hamkorligini izohlaydi. Qush kuzatuvchilari va sport mashinasi ishqibozlari o'rtasidagi hamkorlik Audubon jamiyati a'zolari qushlar va boshqa hayvonlarning nozik tabiiy muhitini himoya qilish bilan shug'ullanadilar. Gap yovvoyi hayvonlar yashash muhitini himoya qilish va sport mashinalari (yoki har qanday boshqa mashinalar) uchun benzinni ko'paytirish o'rtasidagi tanlovga kelib taqalishini oldindan ko'ra bilish qiyin emas. Masalan, Audubon jamiyati neftni ochiq dengizda qazib olishga juda qarshi. Neft kompaniyalari neft tukilishining oldini olishga va'da beradilar va haqiqatan ham bu borada keskin choralarni qo'llaydilar, ammo Audubon jamiyati uchun bular yetarli emas. Ko'rilgan ehtiyot choralaridan qat'i nazar, u neftni ochiq dengizda qazib olishni taqiqlash tarafdori. Sport mashinasi ishqibozlari arzon benzinga bo'lgan istagini, garchi bu yovvoyi jonzotlar yashash muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatsada, Audubon jamiyatiga qanday qilib yetkazishlari mumkin? Aslida, ular buni muvaffaqiyatli amalga oshirishgan. Sport mashinasi ishqibozlari boshqa benzin iste'molchilari bilan birga ular uchun benzinning qadri tabiiy muhitni asrashning muqobil qiymatiga teng ekanligiga va Audubon jamiyati bunga e'tiborsizlik qilmasligiga jamiyatni ishontira olgan. Ular buni xususiy mulkka assoslangan bozor muloqoti orqali amalga oshirganlar. Audubon jamiyatining Luizianada Reyni qo'riqxonasi deb tanilgan tabiiy qo'riqxonasi mavjud. U qushlar va boshqa yovvoyi hayvonlar uchun ideal muhitdir, lekin unda savdo qiladigan hajmda neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo'lib, ularni neft kompaniyalari qazib olishga ishtiyoqi katta. Yer Audubon jamiyatiga tegishli bo'lgani va u neft kompaniyalariga 3 unda burg'ulash ishlarini olib borishni osongina taqiqlashishi mumkin bo'lgani uchun u shunday qiladi deb xulosa qilish mumkin. Aslida bunday emas. Audubon jamiyati neft kompaniyalarining burg'ulashiga ruxsat bergan. Albatta, bu kompaniyalardan neft to'kilishining oldini olish uchun jiddiy choralar ko'rishini talab qiladi, lekin bular ochiq dengizda bur'gulash uchun zarur ehtiyotlik choralaridek juda jiddiy emas. Nega bunday farq? Reyni qo'riqxonasi Audubon jamiyatiga tegishli bo'lganligi sababli agar u burg'ulashni taqiqlanganda neft uchun boshqalar to'lashga tayyor pul miqdori boy berilgan muqobil qiymatni anglatadi. Biroq, ochiq dengizdagi ob'ektlar jamiyatga tegishli bo'lmaganligi sababli, ularning muqobil qiymati yo'q. Shu sababli boshqalarning ochiq dengizdagi neftga bo'lgan manfaatini hisobga olish uchun unda asos yo'q. Xususiy mulk nafaqat Audubon jamiyatini sport mashinasi ishqibozlari bilan hamkorlik qilishga undaydi, balki u sport mashinasi ishqibozlarini ham Audubon jamiyati bilan hamkorlik qilishga undaydi. Ularning benzinni sotib olishi Audubon jamiyatiga yovvoyi hayvonlar uchun tabiiy muhitni yaratishga hamda uni himoya qilishga imkoniyat beradi va u buni Reyni qo'riqxonasida neft konini burg'ulashdan ko'rilgan zarardan ko'ra muhimroq deb hisoblaydi. Audubon jamiyati a'zolari sport mashinasi ishqibozlaridan nafratlanishi mumkin va sport mashinasi ishqibozlari qush kuzatuvchilarining ustidan kulishlari mumkin, ammo xususiy mulk tufayli ular bir-birining tashvishlarini (va muqobil qiymatlarni) inobatga oladilar va bir- birining manfaati yo'lida harakat qiladilar. Download 25.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling