Xususiyatlari


  Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida Respublikada makroiqtisodiy


Download 237.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.01.2022
Hajmi237.93 Kb.
#263504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-seminar

4.  Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida Respublikada makroiqtisodiy 

barqarorlikka erishish vazifalari. 

 

2005-yil  28-yanvardagi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati  va  Qonunchilik 



palatasining qoʻshma majlisi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi tarixiy bir davrni boshlab berdi. 

Unda  Birinchi  Prezidentimiz  jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash  kontseptsiyasi, 

mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etishning  asosiy  vazifalari  toʻgʻrisida  ma’ruza  qilib, ushbu 

ma’ruza  asosida  «Jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  isloh  qilish  hamda 

modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi» qabul qilindi.  

Modernizatsiya  –  an’anaviy  jamiyatning  ilgʻor,  industrial  jihatdan  taraqqiy  etgan 

jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon.  

Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi oʻzgarishlar roʻy beradi: 

                                                        

1

  Каримов  И.А.  Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштириш  йўлида.  Т.:  «Ўзбекистон»,  1995,  19-



бет. 


1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush tarzining oʻzgarishi 

–  ixtiloflarni  tartibga  soluvchi  hamda  ijtimoiy  muammolarni  hal  etuvchi  yangi  tartib  va 

mexanizmlarning paydo boʻlishi; 

2)  alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;  

3)  iqtisodiyot  sohasida  –  tovar-pul  munosabatlarining  eng  yuqori  darajada  yoyilishi, 

yangi  ilgʻor  texnologiyalarning  paydo  boʻlishi,  boshqaruvchilar  va  yollanma  xodimlarning 

kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi; 

4)  ijtimoiy  munosabatlarning  oʻzgarishi  –  immobil  tabaqalashgan  jamiyatdan  dinamik, 

yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga oʻtilishi. 

Umuman  olganda,  modernizatsiya  juda  keng  tushuncha  boʻlib,  bugungi  kunda  uni 

jamiyat  hayotining  turli  jabhalarini  tubdan  oʻzgartirish,  yangilash,  bu  borada  taraqqiyotni 

jahondagi  mavjud  ilgʻor  andozalar  tomon  yoʻnaltirish  va  takomillashtirish  jarayonlarining 

majmui sifatida ifodalash mumkin.  


Download 237.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling