Xususiyatlari
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 237.93 Kb. Pdf ko'rish
|
6-seminar
Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uygʻunlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir. Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) oʻrtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida boʻladigan munosabatlar yigʻindisidir. Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iktisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir. Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir. Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir. Oʻtish davri – bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga oʻtish taqozo qilinadigan davrdir. Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub oʻzgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xoʻjalik yuritishning shakllari va turlari. Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning oʻzi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Islohotlar kontseptsiyasi – ijtimoiy–iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yoʻnalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yoʻllarining umumiy gʻoyasidir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Download 237.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling