Xususiyatlari


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 237.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana09.01.2022
Hajmi237.93 Kb.
#263504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-seminar

 

Asosiy tayanch tushunchalar 

 

Bozor  iqtisodiyoti  –  tovar  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash  va  pul  muomalasi  qonun  – 



qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. 

Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy 

jarayonlarni uygʻunlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir. 

Bozor  –  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar  (sotuvchilar  va  xaridorlar)  oʻrtasida  pul 

orqali ayirboshlash jarayonida boʻladigan munosabatlar yigʻindisidir. 

Bozor  ob’ekti  –  bozorga,  ayirboshlash  munosabatlariga  jalb  qilingan  iktisodiy 

faoliyatning  natijalari  va  iqtisodiy  resurslar,  tovar,  pul  va  unga  tenglashtirilgan  moliyaviy 

aktivlardir. 

Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir. 

Bozor  infratuzilmasi  –  ayirboshlash  munosabatlariga  xizmat  qiluvchi  muassasaviy 

tuzilmalardir. 

Oʻtish  davri  –  bir  iqtisodiy  tizimdan  boshqasiga,  mavjud  iqtisodiy  munosabatlardan 

butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga oʻtish taqozo qilinadigan davrdir. 

Bozor  islohotlari  –  bozor  iqtisodiyotini  va  bozor  munosabatlarini  shakllantirishga 

qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. 

Iqtisodiy  islohotlar  –  iqtisodiyotda  tub  oʻzgarishlarni  amalga  oshirishga  qaratilgan 

tadbirlar majmui. 

Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xoʻjalik yuritishning shakllari va turlari. 

Iqtisodiyotni erkinlashtirish  – nima va qancha  ishlab chiqarishni qaerga, qanday  bahoda 

sotishni  tadbirkorning  oʻzi  belgilashi  lozim.  Iqtisodiyotning  barcha  sohalari  va  tarmoqlarini 

erkinlashtirish,  xoʻjalik  yurituvchi  sub’ektlarning  erkinligi  va  mustaqilligini  ta’minlash, 

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir. 

Islohotlar  kontseptsiyasi  –  ijtimoiy–iqtisodiy  islohotlarning  asosiy  maqsad  va 

yoʻnalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yoʻllarining umumiy gʻoyasidir. 

Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  –  tanglik  holatlariga  barham  berish  asosida 

makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni 

vujudga keltirishdir. 

 


Download 237.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling