Xususiyatlari va rivojlanish omillari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
18
We the Peoples, The Role of the United Nations in the 21 st Century. UN. Briefing Papers for Students. Tashkent. 2003., р. 41. 40 bahramand bo‗lish ―o‗zaro kelishilgan shartlar asosida‖ va kelib chiqqan mamlakatlarni ―ilgaridan xabardorligi, roziligi‖ sharoitda amalga oshirilishi kerak. Agar biror bir mikrorganizm, o‗simlik yoki jonivor tijorat uchun ishlatilsa, uning kelib chiqqan mamlakati naqd pul yoki milliy tadqiqodchilarni o‗qitish, ishtirok ettirish, nou-xau va biotexnologik jihozlarni berish hamda daromadning bir qismini olish huquqiga ega. Biotexnologiya yutuqlari keyingi yillarda bizga bir turdagi genlarni boshqasiga o‗tkazish yordamida turlar o‗rtasidagi to‗siqni olib tashlashga yordam berdi. Modifikatsiya qilingan, ya‘ni o‗zgartirilgan tirik organizmalar, mahsulotlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, ovqatlarga ishlatiladigan qo‗shimchalar, ichimliklar, dori-darmonlar, elimlar va yoqilg‗ilarning tarkibiga yana ham ko‗proq qo‗shilmoqda. Ammo bu xolat odamlarning samolatligi va atrof muhitga berishi mumkin bo‗lgan qo‗shimcha effekt borasida tashvish-xavotirni kuchaytirayapti. Jamoatchilikning bu xavotiriga javoban hukumatlar Konvensiyaga transchegaraviy savdoda yashirin xavf-xatarlar va modifikatsiya qilingan tirik organizmlarni tasodifiy taqdim etilishi to‗g‗risida qo‘shimcha bitim ishlab chiqdilar. Biologik xavfsizlik to‗g‗risidagi Karfagen protokoli davlatlarga, ayni paytning o‗zida modifikatsiya qilingan tirik organizmlar va ulardan foydalanish tajribasi bo‗yicha axborotlar almashinishni osonlashtirish uchun ta‘sis etilgan mexanizm – Biologik xavfsizlik bo‗yicha hisob-kitob palatasi orqali jahon hamjamiyatiga o‗z qarori haqida xabar bergan xolda, ular tarkibida modifikatsiya qilingan tirik organizmalar bo‗lgan import qishloq xo‗jalik tovarlariniqabul qilishni xoxlash- xoxlamasliklaridan xabardor bo‗lishlariga imkon beradi. Bunga qo‗shimcha sifatida, modifikatsiya qilingan tirik organizmlari bo‗lgan tovarlarda, ular eksport qilinganda, albatta, tegishli yorliqlari bo‗lishi kerak. Eksport qiluvchilar ham atrof muhitga kiritishga mo‗ljallangan urug‗lar, tirik baliqlar va boshqa modifikatsiya qilingan tirik organizmlarni yetkazib berishdan ilgari import qilinayotgan mamdakatlarning har biriga aniq ma‘lumotlar taqdim etishi kerak, faqat shundan keyingina import qiluvchi yetkazib berishga ruxsat etishi kerak. 41 Ushbu mexanizmning maqsadi – hozirgi zamon biotexnologiya maxsulotlariga xos bo‗lgan xavf-xatarni baholash uchun ularni qabul qilib oluvchi mamlakatlarga imkoniyat berishdir. OITS. BMTning sobiq Bosh kotibi K. Annaning so‗zlariga qaraganda, ―OITSning ta‘siri urush vayranogarchiliklaridan kam emas, balki qaysidir ma‘noda u urushdan ham ko‗proq jabr-jafolar kelitirishi mumkin‖ 19 . OITSning ko‗lami ayniqsa Afrika mamlakatlarida keng quloch yoydi. OITS virusi mintaqada urushdagidan ko‗ra ko‗proq odamning yostig‗ini quritdi: 1998 yilda urush oqibatida 200 ming afrikalik qurbon bo‗ldi, OITsdan esa 2 million kishi o‗ldi. OITSga mubtalo bo‗lganlarning aksariyati yoshlar, chunki butun jahon bo‗yicha har kuni 8,5 ming bolalar va yoshlar bu kasallikni yuqtirmoqdalar. Hukumatlar OITSni taraqqiyotga daxldor masala sifatida tan olishdi va tegishli dasturlar ishlab chiqa boshladilar. Ilgari OITS epidemiyasi faqat sog‗likni saqlash sohasining muammosi deb tanilgan bo‗lsa, vaqt o‗tishi bilan ko‗proq mamlakatlar uning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy sohalar bilan o‗zaro bog‗likligini tushuna boshlayaptilar. Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati, ayniqsa, nohukumat tashkilotlarning roli muhimdir, chunki ular mahalliy ehtiyojlarga muvofiq tadbirlarni ishlab chiqishga mahalliy jamoani jalb etish borasida o‗zining katta qudratiga egadir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling