Xususiyatlari va rivojlanish omillari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
Xom - ashyo muammosi.
Energetik muammo va undan keyingi chuqurlashgan xom - ashyo muammosi yoqilg‗i va xom - ashyoga bo‗lgan talab va taklif nisbati bilangina belgilanmasdan balki ularni qazib chiqarish sharoitlari, xom - ashyo qazib olinayotgan va u birlamchi qayta ishlanayotgan hududlarda ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan ham bog‗langandir. Global muammolarni hal qilishning asosiy yo‗nalishi bo‗lib o‗sish chegarasini aniqlash, planetaning resurslarini oqilona foydalanishga o‗rganish, qayta tiklash imkonsiz yoki qiyin bo‗lgan resurslarni tejab ishlatishdan iborat. 16 Сергеев П.А. Проблемы мировой энергетической безопасности. //Мировая экономика и международные экономические отношения. 2007. №12. С. 15-24. 30 Resurslarni saqlash muammosi ularni ratsional ishlatish va insoniyatga optimal va to‗g‗ri taqsimlanish zaruriyatini ko‗rsatadi. Chunki buning orqasidan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelib, ularning hal etish yo‗li to‗g‗ridan - to‗g‗ri atrof muhit bilan hal etish lozimligi bilan ham belgilanadi. Gumanitar muammolar. Bugungi kunda gumanitar muammolar asosiy va jiddiy masalalardan bo‗lib ko‗rinmoqda. Hozirda bir milliard aholi o‗ta qashshoqlikda va ochlikda yashashini hamda 4,8 milliard aholi zamonaviy tibbiyot xizmatlaridan mahrumligi, bir yarim milliard aholi munosib yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli xoldir. Rivojlanayotgan davlatlarning aholisi o‗z daromadlarining 90 foizini oziq - ovqat xarajatlari uchun sarflaydi, ammo bu ularga normal oziq - ovqat bilan ta‘minlashga yetmaydi, oddiy amerikalik esa daromadining 20 foizini oziq - ovqatga xarajat qiladi va bu u uchun yetarli hisoblanadi. Bu muammo ko‗rinishidan yuzaki bo‗lgani bilan, chuqur muammolardan biridir. Kambag‗allik hukm surgan rivojlanayotgan davlatlarda OITS, gepatit, saraton (rak) kabi kasalliklar asosiy muammolardan biriga aylanmoqda. To‗g‗ri, hozirda rivojlangan davlatlar tomonidan gumanitar yordamlar ko‗rsatilmoqda, ammo bu yordamlar yetarli darajada bo‗lmayapti. Juda jiddiy muammolardan biriga hozirgi kunda ichimlik suvi muammosi ham aylanib bormoqda. Chunki ichimlik suvining umumiy zahirasi barcha mavjud suvlarning atiga 3 foizini tashkil etadi. Oziq- ovqat muammosi. Global oziq - ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davlatlarda ham, o‗rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarni boshiga tushgan eng katta muammodir. Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo‗ladi. Birinchi shaklda ocharchilik surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning ahvoli yomonlashadi, tinkasi quriydi va xavfli kasalliklarga chalinish ehtimolligi kuchayadi. Ocharchilikning bu shakli to‗yib ovqat yemaslik deb nomlanadi. 31 Ikkinchi shaklda ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir hududda qurg‗oqchilik yoki boshqa bir sabablar bilan bog‗liq bo‗lgan ocharchilik oqibatida millionlab insonlar halok bo‗ladi. Insonning bir kunlik oziq - ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo‗lmasligi lozim. Ovqat to‗yib yemaslik holati 1800 kkaldan tushgan paytda sezila boshlaydi. Ocharchilik esa ushbu ko‗rsatkich 1000 kkaldan kam bo‗lganda kuzatiladi. G‗arbda yashovchi 1,2 mlrd. kishi organizmlari talab qiladigandan ko‗proq oziq-ovqat iste‘mol qiladilar. Masalan, AQSHda ortiqcha ovqatlanish oqibatlarini bartaraf etish uchun har yili 100 mlrd. AQSH doll. dan ko‗proq mablag‗ sarflanadi. AQSH, Fransiya, Belgiya va Avstriyada eng ko‗p reklama qilinadigan tovarlar oziq- ovqatlar hisoblanadi. Har ikki AQSH fuqarosining biri (aholining 55 foizi) ortiqcha vaznga ega. BMT Bosh Assambleyasining 55 - maxsus sessiyasi - Ming yiilik sammiti (2000 yil, 6-8 sentyabr) arafasida tayyorlangan ma‘ruza BMTning globallashtirish davridagi roliga bag‗ishlangan. Bosh kotib o‗zining ―Biz, xalqlar: XXI asrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli‖ ma‘ruzasida insoniyat oldida turgan muammolar obzorini taqdim etdi va ularni amaliy hal etishni tavsiya etdi. Ushbu xujjat ―Ming yillik ma‘ruzasi‖ nomi bilan mashhur bo‗lib, ma‘ruzada Bosh kotib globallashtirish hammaga foydasi tegishi uchun bo‗ysundirishga yo‗naltirilgan xarakatlar rejasini tavsiya etdi. Hozirda bir milliardga yaqin aholi o‗ta qashshoqlikda yashamoqda. Ushbu muammoni bartaraf etish asosiy masalardan biri bo‗lib qolmoqda. Shu sababli 2000 yilgi BMT ning Ming yillik uchun rejalar Sammitida ushbu muammoga qarshi kurashish deklaratsiyasi qabul qilindi. Natijada, global muammolar dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari bilan bog‗liqdir. Ma‘lumki ushbu muammolarni hal qilishga hozirda turli tashkilotlar hamda davlatlar katta miqdorda mablag‗ ajratishgan va ajratishmoqda. Globallashuvning foydasi ko‗z oldimizda: yanada tezkor iqtisodiy o‗sish, yanada yuksak turmush darajasi, yangi imkoniyatlar. Biroq bu jarayonda, allaqachon 32 salbiy ta‘sir o‗zini namoyon etmoqda, chunki bu foydalar haddan tashqari notekis taqsimlanayapti, chunki hozirga qadar global bozor hamjihatlikdagi ijtimoiy maqsadlarga asoslangan qoidalarga amal qilmaydi 17 . 1945 yilda BMT asoschilari xalqaro dunyoning ochiq va hamkorlikga assolangan tizimini yaratgan edilar. Bu tizim o‗z vazifalarini bajarayapti va globallashuvni hayotiy haqiqatga aylantirdi. Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) ning ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi. MRM 2015 yilgacha amalga oshirilishi zarur bo‗lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‗rsatkichni o‗z ichiga oladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro tashkilotlarning maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari Mingyillik Deklaratsiyasida ko‗rsatib o‗tilgan maqsadlarga erishishning asosiy mexanizmi sanaladi. O‗zbekistonning MRM ga erishish yo‗lida olib borayotgan harakatlari taxsinga loyiq. Zero mamlakatda buning uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar mavjud. Ijtimoiy yo‗naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli tajribaga ega bo‗lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko‗p sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan hamkorlik aloqalari shular jumlasidandir. 2.1 - jadval Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling