Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko'rsatish sohasi ob'ektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari to'g'risida
Download 18.44 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI "Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko'rsatish sohasi ob'ektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari to'g'risida” 2002 yil 21 noyabr, 402-son
(O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2002 y., 22-son, 177-modda; 2006 y., 20- 21-son, 181-modda)
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 23 sentyabrdagi F-1629-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 23 sentyabrdagi F-1629-son farmoyishi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan chakana savdo ob'ektlarining ahvoli tekshirilganligi, tekshirish natijasida quyidagi jiddiy tartib buzilishlari aniqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Xususiylashtirilgan 1716 ta savdo korxonalari egalari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda xususiylashtirish to'g'risidagi shartnomalarda belgilangan faoliyat yo'nalishining o'zboshimchalik bilan o'zgartirilishiga yo'l qo'yilgan. Bunday tartib buzilishlarining eng ko'pi Toshkent (592), Farg'ona (316) viloyatlarida va Toshkent shahrida (255) qayd etilgan.
Savdo tashkilotlari tomonidan belgilangan savdo, olingan savdo tushumini inkassatsiya qilish qoidalarining qo'pol buzilishi hollari mavjud. Tekshirish davomida xususiylashtirilgan chakana savdo ob'ektlarining 3640 tasi, shu jumladan Surxondaryo viloyatida — 606, Andijon viloyatida — 621, Qoraqalpog'iston Respublikasida — 348 tasi amalda ishlamayotganligi aniqlandi. 5 mingdan ortiq savdo ob'ektida soliqqa oid qonun hujjatlari buzilishiga yo'l qo'yilgan. Tekshirish vaqtida 4169 ta do'konda nazorat-kassa apparatlari mavjud bo'lmagan, 2815 ta do'konda esa naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilishiga yo'l qo'yilgan. 4,6 mingdan ortiq do'konda savdo joylardagi davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz amalga oshirib kelingan.
Aksariyat hollarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yangi tashkil etilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan savdo va xizmatlar ko'rsatish sohasi ob'ektlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq kelmaydi, qariyb 4 ming savdo korxonasi o'zining ichki va tashqi dizayniga ko'ra belgilangan talablarga javob bermaydi. 4465 do'kon (faoliyat ko'rsatayotganlarining 12,1 foizi) sanitariya normalari va talablariga muvofiq kelmaydi.
Mavjud savdo maydonlaridan past darajada foydalanilmoqda. Xususiylashtirilgan do'konlar bo'yicha ushbu ko'rsatkich 30—40 foizdan oshmaydi, qolgan maydonlar ijaraga berilgan yoxud amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda o'yinxona va ko'ngilochar muassasalar etib qayta jihozlangan. Masalan, xususiylashtirilgan 513 ta do'kon negizida o'yinxona va ko'ngilochar muassasalar, shu jumladan 323 ta billiardxona tashkil etilgan.
Yuqorida qayd etilgan tartib buzilishlari natijasida fuqarolar manfaatlariga, eng avvalo, ularni yashash joylarida tegishli darajadagi savdo xizmati va xizmat turlari bilan ta'minlashda jiddiy zarar etkazilmoqda. Savdo va xizmatlar ko'rsatish sohasida vujudga kelgan ishlarning bunday ahvolini toqat qilib bo'lmaydigan hol deb e'tirof etish kerak.
2. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
aniqlangan barcha buzilishlarning ikki oy muddatda tuzatilishi ustidan qattiq nazorat o'rnatsinlar va bundan buyon ularning takrorlanishining oldini olishga doir ta'sirchan chora-tadbirlar ko'rsinlar;
savdo va xizmat ko'rsatish sohasidagi ko'rsatib o'tilgan tartib buzilishlariga olib kelayotgan amaldagi normalar va idoraviy normativ hujjatlarni tanqidiy qayta ko'rib chiqsinlar.
Amalga oshirilgan ishlar natijalari to'g'risida 2003 yil 20 yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
3. Belgilab qo'yilsinki: Oldingi tahrirga qarang.
o'zaro majburiyatlar to'g'risidagi bitimlarda va faoliyat shartlarida muayyan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud bo'lgan taqdirda, ko'rsatib o'tilgan davrda xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish sohasi korxonalarining faoliyat yo'nalishini o'zgartirish faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 maydagi 92-son qarori tahririda — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 20-21-son, 181-modda)
qulaylik va aholini qamrab olish normasi hisobga olingan holda joylashtirilgan oziq-ovqat tovarlari sotuvchi chakana savdo ob'ektlarining faoliyat yo'nalishi o'zgartirilmaydi.
Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko'rsatish sohasi korxonalarining faoliyat yo'nalishi qarorning ushbu bandida belgilangan qoidalarni buzgan holda o'zboshimchalik bilan o'zgartirilgan taqdirda, xususiylashtirish to'g'risidagi shartnoma haqiqiy emas deb e'tirof etiladi hamda ob'ekt egasiga ilgari xususiylashtirishga qilingan xarajatlar qaytarilgan holda ob'ekt qayta sotilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlari, shuningdek boshqa xususiylashtirilgan korxonalar egalari tomonidan faoliyat yo'nalishini saqlab qolish yuzasidan xususiylashtirish shartnomalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni ta'minlasin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, O'zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo'mitasining Davlat arxitektura- qurilish nazorati bosh boshqarmasi chakana savdo ob'ektlarini qurishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlikka doir qonun hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan talabni kuchaytirsinlar, mintaqalarda savdo korxonalari tarmog'i aholining joylashuvi xususiyatini va keng qamrab olinishini nazarda tutgan holda rivojlantirilishini ta'minlasinlar.
5. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o'zgartirishlar va qo'shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga o'n kun muddatda takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosarlari O'.Q. Ismoilov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Toshkent sh. Download 18.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling