Xv боб Mavzu: Azotli organik birikmalar


Download 240.5 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi240.5 Kb.
#1545546
  1   2   3   4   5
Bog'liq
azotli organik birikmalar


XV боб
Mavzu: Azotli organik birikmalar
15.1.Nitrobirikmalar, ularning umumyi xossalari, aminlar, xossalari, anilin.
Darsning tuzilishi (borishi) .
I. Tashkiliy qism: guruxning darsga tayyorgarligi va davomat aniqlandi.
II. Uyga vazifani so`rash (og`zaki savollar)

  1. Kislorodli organic birikmalarga nimalar kiradi?

  2. Etilen glikolning xossalari haqida ma`lumot bering.

  3. Aldegidlarning olinishi haqida ma`lumot bering.

III. Fikrlarni jamlash ( aqliy xujum, o`tilgan mavzular bo`yicha)

  1. Karbon kislotalarning ishlatilishi haqida tushuncha bering.

  2. Eterifikatsiya reaksiyasi nima?

  3. Yuvish vositalarining ishlab chiqarish texnologiyasi.

IV. Yangi mavzu bayoni.
Azot atomi bevositauglerod atomi bilan bog`langan nitrogruppa – NO2 tutgan organic moddalar nitrobirikmalar deyiladi.
Nitrogruppalar soniga ko`ra mono - , yu – va polinitrobirikmalar bo`ladi.
Nitrobirikmalarning nomi boshlang`ich uglevodorodlar nomiga “nitro” old qo`shimchasini qo`shish yo`li bilan hosil qilinad. Masalan:

CH3 NO2 CH3–CH2-CH2-CH-CH3 C5 H5 NO2


Nitrometan | nitrobenzol
NO2
2-nitropentan
Bu birikmalarning umumiy formulasi R-NO2 . Organik modda molekulasiga nitrogruppa kiritish niyrolash deyiladi. Nitrolash konysentrlangan nitrat kislota bilan sulfat kislotadan (birinchisi nitrolovchi agregat, ikkinchisi suvni tortib oluvchi vosita) iborat nitrolovchi aralashma vositasida amalgam oshiriladi.
Aromatik uglevodorodlar va ularning hosilalari eng ososn nitrolanadi. Masalan:

CH3 CH3


| |
+ 3HO – NO2 → + 3H2O
| |
H NO2
toluol trinitrotoluol (trotil)
Trinitrotoluol kuchli portlivchi modda sifatida yaxshi ma`1um. Faqat detonatsiya ta`sirida portlaydi. Ochiq havoda dudli alang berib portlamasdan yonadi.
To`yingan uglevodorodlar M.I. Konovalov reaksiyasi bo`yicha nitrolanadi:
C6H14 + HNO3 → C6H13NO2 + H2O
geksan nitrogeksan
Nitroparafinlarning quyi gomologlari rangsiz, suyuqlik bo`lib, xushbo`y, sprit va efir bilan yaxshi aralashadi. Ular elektr tokini o`tkazmaydi, suvda yomon eriydi. Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar sekinlik bilan o`yuvchi ishqorlar eritmasida eriydi va ishqorni neytrallaydi.
Ammiak molekulasidagi bir yoki undan ortiq vodorod atomlarining uglevodorod radikallariga almashinuvidan hosil bo`lgan organic moddalar aminlar deyiladi. Ular molekulasidagi uglevodorod radikallarining soniga qarab birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi aminlarga bo`linadi:
H H H R||
| | | |
H – N – H R – N – H R – N – R| R – N – R|
aminlar birlamchi ikkilamchi uchlamchi
Alkil aminlarning dastalbki uch vakili CH3NH2 , (CH3)2NH, (CH3)3N lar xona sharoitida gazsimon moddalar, etilamindan boshlab suyuq moddalardir. Aminlar juda qo`lansa (aynigan baliq, go`sht) hidli moddalar.
Kichik molakulyar massaliklari suvda yaxshi eriydi, molaekulyar massasi ortib borishi bilan eruvchanligi kamayadi.
Aminlar ammiak singari azot atomida bir juft taqsimlanmagan elektronlari hisobiga suv molakulasini biriktirib olib, asos xossasini namoyon qiladi. Shu sababli ular organic asoslar deyiladi:
CH3 – ÑH2 + H2O → [CH3 – NH3]+OH mefilamoniy gidroksid.
Aminobirikmalar kislotalar bilan birga tegishli tuzlar hosil qiladi:
CH3 – ÑH2 + HCE → [CH3 – NH3]+OH‾ metiloammoniy xlorid.
Aminobirikmalar ammiakdan farqli ravishda havo kislorodi ishtirokida yonganda azot molekulasini hosil qiladi:
4C2H5NH2 + 15O2 = 8CO2 + 2N2↑ + 14H2O
Aromatik aminlarning eng ishlatiladigan va o`rganilgan vakili aniline yoki aminobenzoldir – C6H5NH2 yoki
NH2
|

Anilin – o`ziga xos hidli quyuqlik t0suy = 60c , t0quy =1840c. Uzoq vaqt tursarangi qorayadi. Anilinni tarkibiga ko`ra ammiakdagi bir vodorod atomining fenil radikaliga almashnuvidan hosil bo`lgan modda yoki benzol holqasidagi bir atom vodorodi aminogruppaga almashingan hosilasi deyish mumkin.
Aromatik aminlar, shu jumladan, anilin ham 1842 yilda N.N. Zinin yomonidan kashf qilingan reaksiya asosida sintez qilinadi.
C6H5NO2 + 3(NH4)2S → C5H5NH2 + 3S + 6NH3 + 2H2O
nitrobenzol anilin
Anilin sintez qilishning boshqa usuli ham mavjud bo`lib, u nitrobenzolni cho`yan qizindisi va xlorid kislota aralashmasi ishtirokida qaytarishdir:
4C6H5NO2 + 9Fe + 4H2O → 4C6H5NH2 + 3Fe 3O4
Mustaqil ish.
1. Mur. Efirning it. Funksiyasini ko`rsating.
A) R-OH
B) R-COOH
C) R-COOR
D) R-O-R
E) R-O-CH3
2. Quyidagi qaysi formula etil formiat?
A) CH3COOC2H5
B) CH3COOCH3
C) HCOOC2H5
D) HCOOCH2CH2CH3
E) CH3-O-CH3
3. Qattiq yog`lar suyuq yog`lardan funksiyasida nima bilan farqlanadi?
A) Tarkib jihatdan.
B) H atomlaining kamligidan.
C) H atomlarining ko`pligidan.
D) Qattiq yig` tarkibida to`yingan karbon kislota bo`lishi bilan.
E) Hayxon yog`I bo`lishi bilan.
JAVOBLAR:

    1. (C)

    2. (C)

    3. (D)

Xulosa: darsda aktiv qatnashmagan va aktiv qatnashgan o`quvchilar aytib o`yiladi, o`quvchilar baholari e`lon qilinib izoh berib o`tiladi.
UYGA VAZIFA: Anilinning ihlatilishini va olinishini o`rganib kelish.
15.2. Аminlаr, аnilin, аminоkislоtаlаr.
15.3Аzоtning gеtеrоsiklik birikmаlаri.
Rеjа :
1. Nitrоbirikmаlаrning umumiy хоssаlаri;
2. Аminlаr хоssаlаri аnilin;
3. Gеtеrоsiklik birikmаlаr hаqidа tushunchа;
4. Аminоkislоtаlаr vа ulаrning хоssаlаri;
5. Хulоsа.
6. Mаvzugа dоir sаvоl vа mаshqlаr
7. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr.

Аmiаk mоlеkulаsidаgi vоdоrоd аtоmlаrining uglеvоdоrоd rаdikаllаrigа аlmаshinishidаn hоsil bo’lgаn hоsilаlаrgа Аminlаr dеb аytilаdi.



Download 240.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling