Xvanxe-Pukto
Xvanxe-Pukto provinsiyasi 1954-yilda alohida provinsiya sifatida Xvanxedo nomi ostida ajralib chiqqan.
Ushbu provinsiya Shimoliy Koreya tarkibiga kirgan bo`lib, provinsiya markazi-Sarivon hisoblanadi. Xvanxe-Pukto provinsiyaga kirish shahri Xeso hisoblanadi. Xvanxe-Pukto 3 ta shahar va 16 ta uezddanb tashkil topgan. Provinsiyadagi shahar va uezdlarda ishlab chiqarish keng tarqalgan. Ushbu provinsiyaning geografk joylashuviga keladigan bo`lsak, Shimoliy Koreyaning janubiy-g`arbida loylashgan bo`lib, umumiy maydoni 9196 km2 tashkil qiladi.
Provinsiya shimoldan Pxenyan va Pxyonan-Namdo bilan, sharqdan Kanvando bilan, janubdan Keson bilan, janubiy-g`arbdan esa Xvanxe-Namdo provinsiyalari bilan chegaradosh. 2003-yilda Keson shahri Xvanxe-Pukto tarkibiga qo`shiladi.
Aholisi 2008-yil hisobiga ko`ra 2 113 672 kishini tashkil qiladi. Biroq o`lim soni 1,3% ga kamayib, tug`ilish soni esa 2,3% ga ko`payib 2 162 287 kishini tashkil qlgan. Ushbu provinsiyada aholi ancha zich joylashgan bo`lib 1m2 ga 229,85 kishi to`g`ri keladi.
Xvanxe-Puktoda tabiiy yer osti boyliklari deyarli yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |