Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. 0 ‘zbekiston va Q ora q a lp o g ‘isto n qonunlarining


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana21.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1217590
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

2-§. 0 ‘zbekiston va Q ora q a lp o g ‘isto n qonunlarining 
munosabati
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari huquqiy ho- 
lati, bir-biri bilan munosabati asoslari K onstitutsiyaviy darajada 
tartibga solingan. Bu m unosabatalarda O 'zb ek isto n Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlarining Q oraqalp o g 'isto n d a amal qilishi 
tartibi alohida ahamiyatga ega.
Konstitutsiyaning 15-moddasida: “O 'zbekiston Respublika- 
sida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun­
larining ustunligi so'zsiz tan olinadi”, — deb belgilangan qoida 
Qoraqalpog'istonga ham taalluqlidir. Chunki, Konstitutsiyaning 
68-moddasida: “O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, sha­
harlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog'is­
ton Respublikasidan iborat”, degan qoida Qoraqalpog'iston o ‘z hu- 
dudi bilan 0 ‘zbekistonning tarkibiy qismi ekanligini ko'rsatadi.
270
www.ziyouz.com kutubxonasi


D emak, s h u n d ay ekan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsi- 
yasi va qonunlari Q oraqalpog'istonda ham u stuvor ekanligi, ba­
jarilishi m ajburiy ekanligi qonuniydir.
Bu bajarilishi jihatdan O 'zbekiston Konstitutsiyasi va qo- 
nunlarining Q oraqalpog'istonda ustunligini ko'rsatsa, bu holat 
О zbekiston va Q oraqalpog'iston Konstitutsiyalari va qonunlari 
m unosabatida Q oraqalpog'iston Konstitutsiyasi va qonunlari 
O 'zbekiston K onstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'Imasligi qoi- 
dasining belgilanishida ham ko'rinadi.
O 'zb ek iston K onstitutsiyasining 16-moddasidagi: “Birorta 
ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya 
normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin e m a s ”, - degan qoi­
da O 'zbekistonda, shu jumladan, Qoraqalpog'istonda qabul qili- 
nadigan har qanday normativ-huquqiy hujjatlarning O'zbekiston 
Konstitsiyasiga mos kelishi, unga zid bo'lmasligini nazarda tutadi.
Bu masala O 'zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida, 
“Q oraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo'lishi mumkin em as”, 72-mod- 
dasida esa, “O 'zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog'iston 
Respublikasi hududida ham majburiydir”, - degan qoidalar asosi­
da hal qilingan.
O 'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini Qoraqalpog'istonda 
ustunligi, so'zsiz bajarilishi, Qoraqalpog'iston Konstitutsiyasi va 
qonunlari O 'z bekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'Imas­
ligi Q oraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasida ham 
m ustahkam lab qo'yilgan. Q oraqalpog'iston Respublikasi Konsti­
tutsiyasining 15-moddasida - Qoraqalpog'iston Respublikasida 
O'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining so'zsiz tan olinishi 
alohida belgilab qo'yilgan.
Yana shunga e ’tibor berish kerakki, ayrim masalalarda 
Qoraqalpog'istonda maxsus Qoraqalpog'iston Respublikasi qonuni 
qabul qilinmasdan, masala O'zbekiston qonuni bilan tartibga soli- 
naveradi. M asalan, Q oraqalpog'iston Konstitutsiyasining 21-mod- 
dasida fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari hamda 
tartibi O 'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to g risidagi qonun 
bilan belgilanishi ko'rsatilgan.
271
www.ziyouz.com kutubxonasi


D em ak, O 'zbekistonning ayrim qonunlari Q oraqalpog'istonda 
to 'g 'rid an -to 'g 'ri amal qiladi. Shu masala bo'yicha Q oraqalpog'iston 
o'zining qonunini qabul qilishiga hojat yo'q.
Ayrim masalalar esa, Q o raq alp o g 'isto n n in g o'z qonuni bilan 
tartibga solinadi. Masalan, “M ahalliy davlat hokimiyati to'g'- 
risida”gi Qoraqalpog'iston Qonuni mavjud, lekin bu q o nun O 'zb e­
kistonning shunday qonuniga zid em as.
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston R espublikasining Konstitu- 
tsiyasi va qonunlari munosabatini to 'g 'ri t a ’m inlashda O 'zbekis­
ton Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi m uhim rol o'ynaydi. Kons­
titutsiyaviy sudning vazifalarini belgilovchi K onstitutsiyaning 
109-moddasi 2-bandida Konstitutsiyaviy sud Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, Q oraqalpog'iston Respublikasi qo­
nunlari O'zbekiston Respublikasining q o nunlariga muvofiqligi 
to'g'risida xulosa beradi deb qayd qilingan.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling