Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r
XVI bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari l-§. Oila jam iyatning asosiy bo'g'ini Oila jam iyatning quyi asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilar- ni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. U iarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. H ar bir oila m a’lum xonadonga mos bo'ladi. Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birga likda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi. Oila o'z ichki m uno sab atlarig a asoslanadi. O ilan in g ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, m a ’naviy ehti- yojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi. H a r q anday ja m iy a tn in g m u s ta h k a m lig i, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, jam iyatda b o 'ladigan ijtimoiy m u n o sab atlar- n in g dastlabki elementi oilada v u jud g a keladi va shakllanadi. O iladagi k a tta la r n in g bir-biri, b o sh qalar bilan atrof-m uhit, mol- m ulkka bo'lgan m unosabati y o s h la rn in g shu m a s a la la rg a mu- nosabatini shakllanishi uchun o 'rn ak bo'ladi. Oiladagi tarbiya- n in g boshqa tarbiy alard an farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, t a ’kidlash bilangina em as, barcha narsalar- da katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o 'rn ak ko'rsatishi orqali olib boriladi. Nima mumkin va nima mumkin emasligi, mehnatga, mol- mulkka munosabat, ovqatlanish, dam olish, kattalarga muomala, hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik qilishning dastlabki sabog'i oilada olinadi. Bola boshqa m uassasalarga tarbiya, bilim olish uchun be- rilgunga qadar hayot alifbosi haqida m a’lumotni oiladan oladi. Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o'chmas qoida- larni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki, u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta ’sir qiladi. 240 www.ziyouz.com kutubxonasi S h u la rn in g barchasi e ’tiborga olinib, bizning xalqimizga xos oiladagi ijobiy jihatlarni m u stah k am lash va rivojlantirishni ta’minlash uchun Konstitutsiyamizda oila uchun maxsus XIX bob ajratildi. Bunday holatni — oilani m axsus bobda ko‘rsatishni bosh qa m a m la k a tla r Konstitutsiyalarida uchratm aym iz. U yerlarda oilaga ham davlat va ja m iy atnin g munosabati o'zgacha. Bizda oila ja m iy a tn in g ajralm as qismi va mavjud bo'lishi sh a rt masala deb qaraladi va albatta, unda ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi bo'lishi, bu birlashuv orqali dunyoga yangi insonlar kelishi n azard a tutiladi. Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida “Oila ja m iy atn in g asosiy bo'g'inidir...”, - degan qoida o'z aksini topgan. Konstitutsiyada oilani jamiyatning bo'g'ini sifatida e’tirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo'lishini, rivojlanish xavf ostida qolishini ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2011-yil dekabr oyida Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan yig'ilishdagi m a’ruzasida 2012-yilni “M u sta h k a m oila yili” deb e ’lon qilar ekan, oila haqida shunday so'zlarni aytdi: “Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug' olamda hayot bor ekan, hayot abadiyligi, bebaho n e ’mat bo'lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha kelajagini o'ylab, ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Yangi yilga m ana shunday nom berishimiz azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo'lmish, oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo'g'ini deb qabul qilishimiz zamirida, hech shubhasiz, juda katta m a’no-mohiyat mujassam. Chunki, oila sog'lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mus tahkam ekan - m am lakat barqaror” 1. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling