Umumiy saylov prinsipi
- mamlakatdagi barcha fuqarolar-
ga kimligidan qat i nazar ( y a ’ni, millati, dini, irqi, jinsi, ijtimoiy
kelib chiqishi, partiyaviyligidan q a t ’i nazar),
saylov huquqidan
foydalanish imkoniyatini beradi. Umumiy saylov huquqi yosh
chegarasining bo'lishi, sud yo'li bilan saylov huquqidan cheklash
mumkinligiga y o ‘l qo'yadi. Boshqacha har qanday cheklashlar
umum iy saylov huquqi prinsiplariga ziddir.
Teng saylov huquqi prinsipi
—
har bir saylovchining
bir ovozga ega ekanligi, fuqarolar faqat bir saylov uchastkasida
ro'yxatga olinib, ovoz berishda ishtirok etishi, saylovda ishtirok
etuvchi partiyalarga bir xil imkoniyatlar yaratilganligini bildiradi.
To‘g ‘rid an -to‘g ‘ri saylov huquqi
— har bir fuqaro mahalliy
vakillik organlari, Oliy M ajlisning Qonunchilik palatasiga depu-
tatlarni,
shuningdek, Prezidentni saylashda bevosita o'zi
shaxsan
ovoz berish orqali saylovda ishtirok etishini bildiradi. To'g'ridan-
to'g'ri saylov orqali fuqarolar yashab turgan joylarining o'zida
ovoz beradi va ularning bergan ovozi deputatlar, Prezident say-
lanishiga t a ’sir ko'rsatadi.
Yashirin ovoz berish
- bunda fuqarolarning ovoz berishiga
hech kim t a ’sir qila olmaydi. Fuqarolar hech kimning t a ’sirisiz
ovoz bersag in a o'zi xohlagancha ovoz berishi mumkin bo'ladi.
Yashirin ovoz berishda ovoz berish natijasi ham m a ’Ium bo'lmaydi,
shuning uchun fuqarolar qo'rqmasdan,
ikkilanmasdan, shubhalan-
masdan o'zi xohlagan nomzodga ovoz beradi.
Saylovda ishtirok etishning erkinligi
- fuqarolar saylov-
larning ham m a jarayonlarida, shuningdek, ovoz berishda ham er
kin ishtirok etishini bildiradi. Ularning saylov jarayonlarida ishti
rok etishga to'sqinlik qilinmaydi, ishtirok etishga, ovoz berishga
ham majbur qilinmaydi.
Fuqarolar ovoz berishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etib,
xohlagan nomzodga ovoz beradi
yoki umuman ishtirok etmay-
di. Buning uchun ular majburlanmaydi, hech qanday tazyiqlar-
ga uchramaydi, quvg'in qilinmaydi. Faqat fuqarolar о z siyosiy
qarashlari, ongi, madaniyatiga qarab ovoz
berishda ishtirok etish
yoki etmaslik masalasini o'zi hal qiladi. Ovoz berishga majburlash
ham, to'sqinlik qilish ham javobgarlikni keltirib chiqaradi.
287
www.ziyouz.com kutubxonasi