Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. Qoraqalpog'iston R espublikasi hududi va chega-


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana21.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1217590
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

3-§. Qoraqalpog'iston R espublikasi hududi va chega- 
ralarini o‘zgartirish tartibi
Qoraqalpog'iston O'zbekiston tarkibidagi suv eren Respublika 
deb belgilangan ekan, suverenlikning m uhim x u su siy ati hudud 
va chegaradir. Shuning uchun, O 'z b ek isto n Respublikasi Kon- 
stitutsiyasining 73-moddasida: “Q o raq alp o g 'isto n Respublikasi­
ning hududi va chegaralari uning roziligisiz o'zgartirilishi mumkin 
emas. Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z m a ’m uriy-hududiy tu- 
zilishi masalarini mustaqil hal qiladi” , - deb m u stah k am lang an . 
Qoraqalpog'iston chegarasi faqat un ing roziligi bilan Jo'qorg'i 
Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis to m o n id an o'zgartirilishi 
mumkin.
Bu birinchidan, Q o raq alp o g 'isto n n in g c h e g a rasi va hududi 
uning o'z roziligisiz o'zgartirilishi m um kin emasligini o'rnatadi. 
Bu Qoraqalpog'istonning umumiy hududiga taalluqlidir. Chega- 
ra, hududning o'zgarishi Q oraqalpog'iston hududining kamayi- 
shi yoki ko'payishiga olib keladi. Ikkinchidan, Qoraqalpog'iston 
о z ma muriy-hududiy tuzilishini ham m ustaqil hal qila olishini 
ko'rsatadi. Shundan kelib chiqib, Q oraqalpog'iston Respublikasi
272
www.ziyouz.com kutubxonasi


K onstitutsiyasining “Davlat suveren iteti’ ni belgilovchi birinchi 
bobi, 3-moddasida Qoraqalpog iston Respublikasi o'zining m a ’mu- 
riy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qilishi belgilangan.
S h u n g a mos ravishda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kons­
titutsiyasining 66-moddasida: “Qoraqalpog'iston Respublikasi tu ­
manlar, shaharlar, shaharchalar, ovullardan iborat”, - deb belgi­
langan. Bu Q oraqalpog istonning m a ’muriy-hududiy birligi ikki 
bo g indan iboratligini ко rsatadi. Tuman va shahar — yuqori 
bo‘g ‘in, s h ah arch a, ovullar - quyi bo‘g ‘in.
Q o raqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-mod- 
dasida “Tum an lar, shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, 
shuningdek ularn ing chegaraiarini o'zgartirish Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Jo 'q o rg 'i Kenges tomonidan amalga oshiriladi” -
deb m u sta h k am lan g an .
Shulardan kelib chiqib, “O'zbekisiton Respublikasida m a ’muriy- 
hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning 
nomini o'zgartirish masalalarini hal etish tartibi to'g'risida”gi 
Qonunda 
m a ’muriy-hududiy masalalarda Qoraqalpog'istonning 
huquqlari aniq ko'rsatib o'tilgan.
Q o nu n n in g 2-moddasiga asosan, Qoraqalpog'istonda tuman- 
larni tuzish va tugatish Qoraqalpog'iston hukumatining taklifiga 
muvofiq Jo'qorg'i Kenges tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Shunday qoida O'zbe­
kiston Konstitutsiyasining 69-moddasida ham nazarda tutilgan.
Ovullarni tuzish va tugatish tuman hokimining iltimosiga 
asosan Jo 'q o rg 'i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Q o raq alp o g'isto n d a tumanlarni o'zgartirish tegishli tum an 
hokim ining iltim osnom asiga asosan Q oraqalpog'iston huku­
m atining taklifiga muvofiq Jo'qorg'i Kenges tomonidan amalga 
oshiriladi.
Ovullar chegarasini o'zgartirish, aholi punktlarini birlash- 
tirish tu m an hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo qorg i 
Kenges tom onidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxtini belgilash va 
ko'chirish O 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan 
Jo'qorg'i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
273
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ovullar m a ’m uriy markazlarini belgilash va ko'chirish teg ish­
li tu m an hokim ining iltim osnom asiga asosan Jo 'q o rg 'i Kenges to­
monidan amalga oshiriladi.
Q oraqalpog'iston Respublikasida shaharlarni respublika bo'y- 
sunuvidagi shaharlar tu rk u m iga kiritish, ularni qayta tuzish hu- 
ku m atn in g taklifiga ko'ra J o 'q o rg 'i Kenges tom onidan amalga 
oshiriladi.
Shaharlarni, aholi punktlarini tu m a n bo'ysunuvidagi s h ah ar­
lar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli tu m a n hokim­
larining iltim osnom asiga asosan Q o raqalpog'iston h uk u m atin in g
taklifiga muvofiq J o 'q o rg 'i Kenges tom onidan am alga oshiriladi.
Aholi punktlarini shaharchalar tu rk u m ig a kiritish tegishli tu ­
man hokimlarining iltim osnom asiga asosan J o 'q o rg 'i Kenges to­
monidan amalga oshiriladi.
S haharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish teg ish­
li tum an, shahar hokimlarining iltim osnom asiga asosan Q o ra­
qalpog'iston h u ku m atin in g taklifiga muvofiq J o 'q o rg 'i Kenges to ­
monidan amalga oshiriladi.
Tum anlar, shaharlar, shaharchalar, ovullarga nom berish va 
ularni nomlash tum an, shahar hokimlarining iltimosnomasiga 
asosan Jo'qorg'i Kenges tomonidan am alga oshiriladi.
Demak, Q oraqalpog'iston Respublikasi respublika hududi 
chegaralarini o'zgartirishda, m a ’muriy-hududiy birliklar tashkil 
qilishda keng, mustaqil huquqqa ega. Ana shu huquqlarni ikki gu- 
ruhga bo'lish mumkin. Brinchisi, O 'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining roziligi bilan Jo'qorg'i Kenges tom onidan hal qilinadi- 
gan ishlar. Bunga tumanlarni tuzish va tugatish, Qoraqalpog'iston 
poytaxtini belgilash va ko'chirishni kiritish mum kin.
Ikkinchisi, hech kimning roziligini olmay J o 'q o rg 'i Kenges 
tomonidan mustaqil hal qilinadigan ishlar, bular:
- ovullarni tuzish va tugatish;
- tum an chegaralarini o'zgartirish;
- ovullarning chegarasini o'zgartirish;
- ovullarning m a ’muriy markazlarini belgilash, ko'chirish;
- shaharlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'ysunuvi tu r­
kumiga kiritish;
274
www.ziyouz.com kutubxonasi


sh ah arla rn in g chegaralarini belgilash va kengaytirish. sha- 
harchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish;
tu m an lar, shaharlar, ovullarga nom berish, ularning nomini 
o'zgartirish.
Q o raqalpog'iston Respublikasining chegarasi faqat Qora- 
qalpog isto n n in g roziligi bilan Jo'qorg'i Kenges qaroriga asosan 
Oliy Majlis tom onidan o'zgartirilishi mumkin.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling