Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. Ma'muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tuga-


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana21.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1217590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

3-§. Ma'muriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tuga- 
tish tartibi
Konstitutsiyaning 69-moddasida: “Q oraqalpog'iston Respub­
likasi, viloyatlar, Toshkent sh ah rin in g chegaralarini o'zgartirish, 
shuningdek viloyatlar, shaharlar, tu m a n la r tashkil qilish va ularni 
tugatish O'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining roziligi bilan 
amalga oshiriladi”, — deb belgilangan.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarni tashkil qilish, qo'shib yubo- 
rish, tugatish, mamlakat iqtisodi, boshqaruv sam arasi, fuqarolar­
ning davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishning qulay-noqu- 
layligi hisobga olinib, um um m anfaatlar ko'zlangan holda amalga 
oshiriladi. Shuning uchun ham bu m a salan ing asosi Konstitutsi­
yada belgilangan.
Konstitutsiyaning 69-moddasida: “Qoraqalpog'iston Respub­
likasi, viloyatlar, Toshkent shahrining, chegaralarini o'zgartirish, 
shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tu m an lar tashkil qilish va ular­
ni tugatish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bi-
262
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ian am alga oshiriladi , 
deb belgilangan qoidalar, birinchidan, 
Qoraqalpog iston Respublikasining, viloyatlarning, shaharlarning 
chegarasini o'zgartirish masalasini, ikkinchidan, viloyatlar, shahar- 
lar, tum an larn i tashkil qilish, uchinchidan, ularni tugatish (qo'shib 
yuborish) masalalarini qanday hal qilish tartibini, asoslarini bel­
gilagan. H ar uchala holatda ham bu hududiy birliklarning chega­
rasini o'zgartirish, yangidan tashkil qilish, tugatish masalasi Oliy 
Majlisning roziligi bilan hal qilinishi belgilangan.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
78-moddasi 
10-bandiga asosan, O'zbekiston Respublikasining m a’muriy-hudu- 
diy tuzilishi masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solish, chega- 
ralarini o'zgartirish Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolat- 
lari qatoriga kiritilgan. Ya’ni, m a’muriy-hududiy tuzilish va ularning 
chegarasini o'zgartirish faqat qonun yo'li bilan hal qilinadi.
2012-yil 12-oktabrda o'tkazilgan islohotlar natijasida ushbu 
qonunning mazmun-mohiyati tubdan o'zgardi. Ya’ni, O'zbekiston 
Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida”gi 
Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan 1996-yil 30-apreldagi qo­
nunning nomi “O'zbekiston Respublikasida m a’muriy-hududiy tuzi­
lish masalalarini hal etish to'g'risida” deb o'zgartirildi. Shuningdek, 
undagi toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini 
o'zgartirish m unosabatlariga oid normalar chiqarib tashlandi. Bu 
m unosabatlar “Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida”gi Qo­
nun bilan tartibg a solinishi belgilandi.
Unga asosan, viloyatlarni tuzish, tugatish Vazirlar Mahkamasi- 
ning taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent sha- 
har hokimlarining iltimosiga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
kiritilgan taklifga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar tuzish va tugatish tegishli tuman hokim­
larining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengash- 
lari tomonidan am alga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tuga­
tish Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq 
Jo'qorg'i Kenges tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj- 
lisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qishloq va ovullarni tuzish
2 6 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


va tugatish Qoraqalpog'istonda tu m a n hokim larining iltimosno- 
m asiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tom onidan am alg a oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining chegarasi faqat uning ro- 
ziligi bilan Jo'qorg'i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomo­
nidan o'zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tu m a n la rn in g chegarasini o'zg artirish tegishli 
viloyatlar va Toshkent shahri hokim larining iltim osnom asiga aso­
san O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M a h k a m a s in in g taklifiga 
ko'ra Oliy Majlis tomonidan am alg a oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida tu m a n la rn in g chegarasini 
o'zgartirish tegishli tu m an hokim larining iltim osnom asiga asosan 
Qoraqalpog'iston Respublikasi h u k u m a tin in g taklifiga muvofiq 
Jo'qorg'i Kenges tomonidan am alga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar cheg arasini o'zg artirish , aholi punktla- 
rini birlashtirish tegishli tu m a n hok im larin ing iltim osnom asiga 
aso san xalq deputatlari viloyat Kengashlari tom onidan, Q ora­
qalpog'iston Respublikasida esa - Jo'qorg'i K enges tom onidan 
am alga oshiriladi.
M a ’muriy-hududiy birliklarning markazlarini belgilash, ko'chi- 
rish ham qonun asosida am alga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxtini belgilash va 
ko'chirish O'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining roziligi bilan 
Jo'qorg'i Kenges tomonidan am alga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazini belgilash va ko'chirish te­
gishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga aso san O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ah k am a sin in g taklifiga muvofiq Oliy M aj­
lis tomonidan, tumanlar, qishloqlar, ovullarning m a ’muriy m arkaz­
larini belgilash va ko'chirish tegishli tu m an hokim larining iltimos­
nomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, 
Qoraqalpog'iston Respublikasida esa - Jo'qorg'i Kenges tomonidan 
amalga oshiriladi.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegish­
li viloyat, tegishli shahar hokim larining iltimosnomasiga asosan 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah k a m a sin in g taklifiga mu­
vofiq Oliy Majlis tomonidan am alga oshiriladi.
264
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoraqalpog iston Respublikasida shaharlarning chegaraiarini 
belgilash va kengaytirish tegishli tum an va shahar hokimlari- 
ning iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi hu- 
kumatining taklifiga muvofiq Jo ‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga 
oshiriladi.
S h ah arch a larn in g chegaraiarini belgilash va kengaytirish te ­
gishli tu m an va sh ah ar hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog'iston 
Respublikasida esa — Jo ‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshi­
riladi.
Qoraqolpog'iston Respublikasida shaharlarni Respublika bo'y- 
sunuvidagi shah arlar turkum iga kiritish, ularni qayta tuzish 
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq 
Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar tarkumiga, qoida tariqasida, 
kamida olti m ing aholisi bo'lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan 
infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlarini kiritish 
mumkin. S h ah ar yoki aholi punktini shunday punktga kiritish 
uchun m a’lum miqdorda aholiga ega bo'lishi, iqtisodi normal ri­
vojlangan va tegishli rivojlanishini ta ’minlaydigan darajada infra- 
stru k tu rag a ega bo'lishi kerak.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling