Sunnatova Sojida Reja: - 1. Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi.
- 2. Yunon-Baqtriya davlatining qulashi
- 3. Yunon-Baqtriya davrida madaniyat
Yunon – Baqtriya davlatining tashkil topishi - Bu davlatning hukmdori Salavka I Nikator bo`lgan. O`rtayer dengizining sharqiy sohilidan O`rta Osiyo va Hindiston chega-ralarigacha bo`lgan yerlar Salavka davlati tarkibida edi.Salavka vafot etgach, uning vorislari davrida sharqiy viloyatlarda qo`zg`olonlar boshlanadi. Bundan salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot ham foydalanadi. U mahalliy zodagonlarning xayrixohligiga tayanib miloddan avvalgi 250-yilda o`zini Baqtriya podshosi deb e`lon qiladi.8
- Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya podsholigi deb ataldi. Bu davlatning asosi dastlabki Baqtriya bo`lgan, uning poytaxti Zariasp edi. Keyinchalik bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo`lib ketdi.
- Diodot I va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, Davon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 230-yili So`g`diyona noibi Evtidem I qo`shinlari Diodot II qo`shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi.
Diodot davri - Diodot I va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, Davon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 230-yili So`g`diyona noibi Evtidem I qo`shinlari Diodot II qo`shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi. Miloddan avvalgi 208–206-yillarda Salavka podshosi Antiox III bilan Evtidem I o`rtasidagi ikki yilga cho`zilgan urush, sulh bilan tugaydi. Antiox III Evtidemning shohligini tan olishga majbur boladi. Chunki shu davrda shimoldan ko`chmanchi qabilalar xavf solib turgan edi. Evtidem I va uning o`g`li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo`lgan yerlar Yunon-Baqtriya podsholigiga qo`shib olinadi.
Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi. - Miloddan avvalgi 175-yilda podsho Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning sarkardasi Yevkradit qo`zg`olon ko`tarib Yunon-Baqtriya taxtini egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo`ladi. Shundan keyin podsholik ikkiga bo`linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari boshqargan Yunon-Baqtriya, ikkinchisi Demetriy va vorislari boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir. Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo`shin tortib uni bosib oladi. Lekin ko`p o`tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.
Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi. - Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit bilan o`g`li Geleokl o`rtasida janjal chiqadi. Yevkradit o`z o`g`li Geleokl tomonidan o`ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan avvalgi 140–130-yillar orasida shimoli-sharq va shimoltomondan sak va yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi.
Yunon – Baqtriya davlati madaniyati - Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib ketgan edi.
- Yunon-Baqtriya davlati 130–140 yil yashadi. Lekin u yerda yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo`shni xalqlar madaniyatiga barakali ta`sir ko`rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O`rta Osiyo, xususan o`zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.
Madaniyat Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim.Afg’oniston), Saksanoxur va Тahtisangin (Тojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqurg’on, Afrosiyob Тalibarzi (O’zbekiston) kabi shaharlar qurildi. Yunon harbiy manzilgohlari aholisining tushmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslubdan Yunon-Baqtriya shaharlarda ochib o’rganildi. Infoatlar tosh, xom va pishiq g’ishtdan tiklandi. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan holda ko’rilgan. Madaniyati - Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo’lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo’lgan. Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko’ra matnlarni o’zgartirganlar-musohaba, xazil-mutoyiba, havj, hikoya, -qo’shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko’zbo’yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muhim elementlari bo’lgan. Hukmdorlar homiylik ko’rsatgan mahalliy aktyorlar ham shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning-namunasida hamon ellinistik belgilar saqlanib qolgan.
- Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qoirshiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko’rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o’zaro singishib ketishida ham ko’rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, Yunon-Baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta harf qo’shim (jami 25 ta harf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan. Zardo’shtiylik hukmron din sifatida saqlansada aholini yunon xudolari timsollariga sig’inish alomatlari paydo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |