Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. M a ’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish tartibi qanday 6. Shaharlarning maqomi qanday 7. Ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilashda Qoraqalpog iston
- XIX bob. Qoraqalpogiston Respublikasi ]-§. Qoraqalpog iston Respublikasining huquqiy maqomi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
/ . D a v la t tuzilishi shakli nima? 2. D a v la t tuzilishining qanday shakllari mavjud? 3. O'zbekiston qan day davlat tuzilishi shakliga ega? 4. O'zbekistonning m a’muriy-hududiy tuzilishi qanday? 5. M a ’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish tartibi qanday? 6. Shaharlarning maqomi qanday? 7. Ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilashda Qoraqalpog iston Respublikasining vakoiatlari qanday? 267 www.ziyouz.com kutubxonasi XIX bob. Qoraqalpog'iston Respublikasi ]-§. Qoraqalpog' iston Respublikasining huquqiy maqomi O 'zb ek iston n in g haqiqiy su v eren itetig a ega bo'lishi, musta- qillikka erishishi O 'zbekistan va Q o raqalpog'iston Respublikalari m unosabatida ham o'z aksini topdi. U lar o 'rtasid agi munosabat- ning asoslari qabul qilingan hujjatlarda belgilab olindi. Bu masalaga 1990-yil iyun oyida qabul qilingan "O 'zbekiston Respublikasining suvereniteti to'g'risidagi D eklaratsiya” , 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Q oraqalpog'iston davlat suvereni teti to'g'risidagi D eklaratsiya”larda alohida e ’tibor berildi va O'zbekiston hamda Q oraqalpog'istonning am aldagi Konstitutsi- yalarida Q oraqalpog'istonning huquqiy maqomi, har ikkala res publika o'rtasidagi m unosabat asoslari m u s ta h k a m la b qo'yildi. K onstitutsiyaning 70-moddasida: “S u veren Q oraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Q ora qalpog'iston Respublikasining suvereniteti O 'z b ek isto n R espub likasi tomonidan muhofaza etiladi” , - deb m u s ta h k a m la n g a n . K onstitutsiyaning bu moddasi: - Qoraqalpog'istonni suveren respublika ekanligini belgilay- di va e ’tirof etadi; - u O'zbekiston tarkibiga kirganini ko'rsatadi; Q oraqalpog'is tonning suvereniteti O'zbekiston tom onidan muhofaza qilinishini belgilaydi. Shu holat bilan O 'z bekiston o'ziga katta m a s ’uliyatni oladi. Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy maqomi, suve- renitetga egaligini tasdiqlovchi norm alar ham O 'z b ekisto n va Qoraqalpog'iston Konstitutsiyalarida m u s ta h k am lan g an . Bular: - Qoraqalpog'iston Respublikasining o'z K onstitutsiyasiga egaligi. Chunki, Konstitutsiya har qanday d avlatning suverenligi- ni ko'rsatuvchi asosiy shart (K onstitutsiyaning 71-moddasi); - Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z Konstitutsiyasini o'z ixtiyori bilan xalq xohish-irodasiga mos ravishda hech kimning aralashuvisiz Oliy hokimiyat organida qabul qilgan; 268 www.ziyouz.com kutubxonasi Q o raq alp o g iston Respublikasi o'z hududiga va chesrarasi- ga ega; - Q o raq alp o g 'isto n Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz о zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z m a ’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi (K o n stitu tsiy an in g 73-moddasi); - Q oraqalpog'iston Respublikasi o'zining Oliy hokimiyat or- ganlariga ega va ularni tashkil qilish o'z Konstitutsiyasiga m u vofiq am alga oshiriladi. Q o raq alp o g'isto n n in g suverenligini belgilovchi en g muhim qoida Q o raqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibidan Q oraqalpog'iston Respublikasi xalqining umum iy refe rendum! asosida ajralib chiqish huquqiga egaligidir (Konstitutsi yaning 74-moddasi). Q o raqalpog'iston Respublikasining ajralib chiqish huquqi mavjudligi xalq o'z taqdirini o'zi hal qilish imkoniyatiga egaligini ko'rsatadi. Q o raqalpog'iston Respublikasining 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan K onstitutsiyasining 1-moddasida, Qoraqalpog'iston Res publikasi O 'zb ek isto n tarkibidagi suveren demokratik Respub lika ekanligi ko'rsatilib, O'zbekiston va Qoraqalpog'istonning o'zaro m u nosabatlari asoslari, Qoraqalpog'istonning O'zbekiston tarkibidan ajralib chiqish huquqini saqlab qolganligi mustahkam- lab qo'yilgan. Qoraqalpoq tili o'zbek tili bilan birga davlat tili sifatida belgilangan. Q oraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasini ko'radigan bo'lsak, u O'z-bekiston Konstitutsiyasiga mos kelishi bilan bir ga ayrim masalalarni mustaqil hal qilgan, bu esa respublikaning mustaqil huquqlari mavjudligini bildiradi. Jum ladan: - Respublikaning qonun chiqaruvchi organi Jo'qorg'i Kenges deb, qoraqalpoq tilida talqin qilinishi; - Konstitutsiyasining 3-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini mustaqil belgilash ko'rsatilgan shu asosda, Qoraqalpog'iston Respublikasida eng yuqori lavo- zim — Q oraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg i Kengesi Raisi deb belgilangan va u Jo'qorg'i Kenges tomonidan, uning deputatlari 269 www.ziyouz.com kutubxonasi orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan J o 'q o rg 'i Kenges vakolati muddatiga saylanishi belgilangan; - Qoraqalpog'istonning oliy ijro organi sifatida Qoraqalpo g'iston Respublikasining Vazirlar Kengashi belgilangan va Vazirlar Kengashi Jo'qorg'i Kenges tomonidan tuzilishi tartibi o'rnatilgan; - Qoraqalpog'iston Respublikasi sud hokimiyati tizimida Konstitutsiyaviy sud bo'lishi nazarda tu tilm a g a n va konstitu tsiyaviy nazoratni am alga oshiruvchi K onstitutsiyaviy nazorat qo'mitasi tashkil qilingan; - Q oraqalpog'iston R espublikasining P rokurori va uning o'rinbosarlari O 'z bekiston Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi tom onidan lavozimiga tayin- lanashi va vazifasidan ozod qilinishi tartibi o 'rn atilg an . Bulardan tashqari, Oliy Majlis S enati R aisining bitta o'rinbo- sari, albatta, Q oraqalpog'iston vakili bo'lishi kerakligi, O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi tarkibiga Q oraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi lavozimi bo'yicha kirishi Q oraqalpog'iston huquqiy maqomini k o 'rsatu vch i holatdir. Bular orqali Qoraqalpog'iston O 'zbekiston hayotida ishtirok etadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling