Ona tili va adabiyot fanidan testlar
1-variant
Tog'am tajribali yurist. U ko'p ishlarni adolatli hal qilgan. Olmosh qaysi so'z turkumiga ishora qilgan?
|
Otga *
|
Sifat
|
Egaga
|
Shaxsga
|
"O'zboshimcha" so’zi qaysi so’z turkumiga mansub?
|
Sifat *
|
Ravish
|
Olmosh
|
Modal so'z
|
Men, sen olmoshlariga qaysi qo'shimchalar qo'shilganda talaffuzda bir "n" tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi?
|
-niki
|
–ki
|
-ni, -ning
|
A va C. *
|
Uyushiq bo'laklar va gaplarni o'zaro bog 'lab keluvchi so'zlar qaysilar?
|
Teng bog'lovchilar *
|
Yuklamalar
|
Ergashtiruvchi bog'lovchilar
|
Ko'makchi
|
O'zaro tobe munosabatda bo'lgan gap bo'lagi va gaplarni bog 'lash uchun ishlatiladigan yordamchilar qanday nomlanadi?
|
Teng bog'lovchilar
|
Ko'makchi
|
Ergashtiruvchi bog'lovchilar *
|
Yuklama
|
Har qanday til o’zining nutq tovushlari, so’zlari (iboralari) va qo’shimchalaridagi imkoniyatlarini qaysi bo’limda namoyon qiladi?
|
Morfologiya
|
Uslubshunoslik
|
Sintaksis *
|
Frazeologiya
|
Bitishuvli so’z birikmasini toping.
|
Masala yechish
|
Quvnoq yashash *
|
Ona allasi
|
Sharoitga ko’ra
|
Ijodiy mehnatning oliy ko’rinishi, murakkab aqliy mehnat jarayoni bo’lgan matn…?
|
Bayon
|
Insho *
|
Ariza
|
Taqriz
|
Moslashuvli so’z birikmasini toping.
|
Orol dengizi, Bobur bog’i
|
Ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent shahri
|
Ona allasi, bahor elchilari *
|
Hayitlik olgan, yer-u osmon
|
Muayyan badiiy asar yoki undagi biror qahramonlar haqidagi insholar qanday nomlanadi?
|
Adabiy mavzudagi insholar *
|
Erkin mavzudagi insholar
|
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar
|
A va B
|
Qaysi gapda qo'shimchalar noto'g'ri qo'llangan?
|
Shamollar mayin, yoqimli esadi.
|
Quyoshni issig'i kuydirmaydi. *
|
Bulutlar asta kezadi.
|
Kuch mardlikda emas, birlikda.
|
Qo'shma fe'lni aniqlang.
|
Ekin ekmoq
|
O'ylab turdi
|
Olib chiqdi *
|
Jiddiylashmoq
|
Ravish berilmagan javobni belgilang.
|
Ezgulik aslo qarimaydi.
|
Ahyon-ahyonda eshitilar edi.
|
Al-Xorazmiy Xorazmda tug'ilgan. *
|
Ot arava zo’rg’a ko'rinadi.
|
Qaysi gapda olmosh qo'llangan?
|
Yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqar.
|
Bobom saxovatli inson bo'lganlar.
|
Magellan Yer kurrasini aylanib chiqqan.
|
Istagim shuki, doimo tinchlik bo'lsin. *
|
Haqida, to 'g’risida ko'makchilari qanday ma'no bildiradi?
|
Chegara
|
Fikr mavzusi *
|
Maqsad
|
O'xshatish
|
So’roq, inkor, gumon, o'xshatish ma'nolarini qaysi yordamchi so'z turkumi ifodalay oladi?
|
Ot
|
Undov
|
Bog'lovchi
|
Yuklama *
|
Ko'makchilar qaysi so'z turkumlaridan keyin qo'llanmaydi?
|
Ravish *
|
Olmosh
|
Sifatdosh
|
Ot
|
So’z birikmasi berilgan qatorni toping.
|
Oy-u quyosh
|
Ko’nglidan o’tkazmoq
|
Daryo bo’ylab
|
Gazetadagi maqola *
|
Moslashuv yo’li bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang.
|
Bog’da sayr, kitob uchun g’ilof
|
Bulbul navosi, so’z sehri *
|
Diqqat bilan tinglash, kitobni o’qimoq
|
Ijodiy uchrashuv, bahordagi shabada
|
Boshqaruvli so’z birikmasini toping.
|
Erta turmoq
|
O’quvchiga e’tibor *
|
Shahrim ko’chalari
|
Tilla tish
|
So’z birikmasida kelishik qo’shimchalari odatda qaysi so’z tarkibida joylashadi?
|
Tobe so’zda *
|
Bosh so’zda
|
Tobe va bosh so’zda
|
Farqi yo’q
|
Boshqaruv yo’li bilan hosil bo’lgan so’z birikmasini toping.
|
Zimdan kuzatmoq
|
Yashil o’rmon
|
Navbatchining vazifasi
|
Opasi bilan ko’rishmoq *
|
Bitishuv yo’li bilan hosil bo’lgan so’z birikmasini aniqlang.
|
Bolalar haqida g’amxo’rlik
|
Maktab hovlisi
|
O’ylab gapirmoq *
|
Gapirishga oson
|
Qanday so’z birikmalarida tobe so’z bosh so’zga grammatik vositalarsiz bog’lanadi?
|
Boshqaruvda
|
Moslashuv va bitishuvda
|
Moslashuvda
|
Bitishuvda *
|
Qaysi javobda aniq nisbatdagi fe'l berilgan?
|
Ekin ekildi.
|
Arizani qoldiring,
|
Abror keldi. *
|
Qirg' oqning o 'sha joylari... keyinchalik obod qilinadi
|
“Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping.
|
Ko’rmay qolgan
|
Mag’rurlangan *
|
Qaysarlik qilgan
|
Bilib bilmaganga olgan
|
Siz (1) ahmoq (2) odam (3) emassiz (4) kechirasiz. Mazkur gapda vergul qaysi raqamlar o'rniga qo'yilsa, suhbatdosh haqorat qilingan bo'ladi?
|
2, 3
|
3, 4
|
2, 4 *
|
1, 2, 3
|
Qaratqich –qaralmish o’zaro qaysi birikish usulida birikadi?
|
Bitishuv
|
Boshqaruv
|
Moslashuv *
|
Har uchala usulda ham birika oladi
|
So'z birikmasidagi hokim so'z qaysi so'z turkumida ekanligiga ko’ra, so'z birikmalari qanday turlarga bo’linadi?
|
Otli, fe’lli so'z birikmalariga *
|
Otli, ravishli, fe'lli, sifatli, olmoshli so'z birikmalariga
|
Otli, fe’lli, sifatli, modal so 'zli so 'z birikmalariga
|
otli, fe'lli, ravishli, modal so 'zli so 'z birikmalari
|
Bitishuv aloqasini hosil qiluvchi vositalar qaysi javobda berilgan?
|
Zamon, shaxs-son qo'shimchalari
|
Ohang va tartib *
|
Ko 'plik, egalik va kelishik qo'shimchalari
|
Mayl, shaxs-son qo'shimchalari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |