Mavzu: she’r g‘oyasi asosida insho


Download 46.13 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi46.13 Kb.
#108093
Bog'liq
mariza she`r g`oyasi asosida insho


MAVZU:SHE’R G‘OYASI ASOSIDA INSHO .

Adabiy ta’limda o‘quvchilarni badiiy asar bilan tanishtirishdan asosiy maqsad ularda tanqidiy tafakkur va mulohazalarni rivojlantirish, mustaqil nuqtayi nazarni shakllantirishdan iborat bo‘lib, bu borada adabiy mavzudagi insholar

katta o‘rin egallaydi. 6-sinfda I.Yusupovning «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ri yuzasidan ijodiy insho yozishga kirishishdan oldin o‘qituvchi nima uchun hamma ham she’r yoza olmasligi, she’riy misralarning tug‘ilishiga nima sabab bo‘lishi xususida to‘xtalib o‘tadi. Misol tariqasida Mirtemirning tabiat hodisalarini kuzatish natijasida yaratilgan «Bulut», «Shudring», Oybekning «Na’matak», G‘.G‘ulomning

«Sen yetim emassan», «Vaqt» she’rlari yozilish tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilardan I.Yusupovning «Qadrdon so‘qmoqlar»

she’ri yozilishiga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini so‘raydi. O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, she’r o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qiladi va o‘quvchilar

quyidagi savollarga javob beradi:

1. Shoir she’rida tasvirlagan vaziyatni haqiqiy de yish mumkinmi? (Bu savolga o‘quvchilar ijobiy javob beradilar, chunki so‘qmoqlar odamlar uchun qadrli bo‘lishi mumkin).

2. She’rning lirik qahramoni so‘qmoqqa qadam qo‘yganida nimani his qiladi? (Tor so‘qmoqqa qadam qo‘yganda qaytadan bola bo‘lib qoladi, intiqqan yuragi

kengayib, qush bo‘lib parvoz etadi).

3. She’rda qanday so‘qmoq haqida gap ketyapti?

(O‘quvchilar bolalik, umrning o‘tishi haqida gap ketayotganligini aytib, uni tasdiqlash maqsadida quyidagi misralarni keltirishadi: Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab

Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday; Gul terib, kapalak

quvgan sho‘x vaqtim Anov bedazorda yurgan toy dersan).

4. She’rning lirik qahramoni kim? Siz uni qanday tasavvur qilasiz? (O‘quvchilar she’rdagi lirik qahramon shoirning o‘zi ekanligini aytib, misollar asosida fi krlarini

isbotlab berishadi).

O‘qituvchi o‘quvchilardan she’rdagi «Qizil kendir bilan shivirlashar tol» misrasiga e’tibor qaratishni so‘raydi: «Agar daraxtlar so‘zlay olmasalar, shoirga bu misralarni yozishda nima yordam bergan?» O‘quvchilar buning kuchi shoirning tasavvuri va xayoloti ekanligini aytadilar. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini I.Yusupovning

she’rida go‘yo «tasavvur va xayolot faoliyatiga turtki» beradigan timsol borligiga qaratadi. Bu – bolalikdagi so‘qmoq timsoli. Shu bilan birga umrning o‘tkinchiligi

ham ramziy ma’no – so‘qmoq orqali ifodalangan.

Darsning navbatdagi bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarga «Nima uchun shoirning tasavvurida aynan bu timsollar paydo bo‘ldi va ularni shoirning yodiga

tushirdi?» – deya savol beradi. Turli javob variantlari bo‘lishi mumkin: a) ona qishlog‘i bo‘ylab sayr qilayotganida ko‘nglida kechgan hislar shoir tasavvurini

uyg‘otgan; b) qandaydir bolaga ona qishlog‘i haqida gapirib berayotganida xayoliga kelgan; d) u bolaligi va ona qishlog‘i haqida tush ko‘rganidan so‘ng...

Bu o‘rinda birinchi javob variantini tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘quvchilarga shoirni ona qishlog‘i bo‘ylab sayr qilishga nima undagani, bu sayrda

qaysi voqea uni hayajonga solganining tasvir bayonini yozish topshiriladi. Bu sayrga uni bolalikka qaytish istagi, so‘qmoqqa duch kelganida qalb sog‘inchining inson

ruhiyatida aks etishi kabi ajib holatlar undagan bo‘lishi mumkin. Keyin berilgan savollar asosida o‘quvchilarga o‘z fi krlarini yozish topshirig‘i beriladi:

1. Shoir bu sayrda nimalarni his qildi? (Bolalik sog‘inchi, hayrat, qandaydir darajada mo‘jiza va shu kabilarni)

2. Shoirning sayri nima bilan tugadi? (Qarshisidan chiqqan chol uni tanimaydi, u ham yo‘lidan chiqqan bir bolakayni tanimaganligi bilan tugaydi)

Keyin insho rejasi tuziladi:

1. Shoir ona qishlog‘iga yo‘l oldi. Uning kechinmalari va

istaklari. Asosiy maqsadi – shoirona tasavvurlarni qidirish.

2. So‘qmoqdagi kechinmalar va ular orqali shoir

tuygan hislar:

a) daraxtlarning o‘zaro shivirlashishi, bolalikka qaytishi, ko‘rgan narsalarining badiiy tasvirlanishi;

b) qo‘shni qiz sog‘inchi, chol va bolakayga duch kelishi.

3. Shoir sayrining natijalari.

Dars oxirida o‘qituvchi bajarilgan ishning natijalarini olib boradi. Darsda gap ketgan mavzularning hammasi o‘quvchilarning xayolot mevasi ekanligi, lekin u ijodiy jarayon sirlarini bilishda katta yordam berganligi o‘qituvchi tomonidan yana bir bor eslatiladi. I.Yusupovning «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ri asosida ijodiy insho

yozish barcha bajarilgan ishlarning natijasi hisoblanadi.

Shunday qilib, bunga o‘xshash shakldagi darslarning

modeli quyidagicha:

1. O‘qilgan asar g‘oyasini aniqlash.

2. Muallifl ik tasavvur faoliyatiga turtki beruvchi vaziyatni yaratish.

3. Detallarni oydinlashtirish, ajratilgan vaziyatning nozik farqlari.

4. Reja tuzish.

5. Insho yozish.

E.Vohidovning «Kamtarlik» she’rida badiiy-tasviriy vositalardan unumli foydalanilgan bo‘lib, unda inson xarakteri husni ta’lil – chiroyli dalillash asosida ko‘rsatib berilgan. Ushbu she’r asosida insho yozishni boshlashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilardan «kamtarlik» va «manmanlik» so‘zlarini qanday tushunishlarini so‘raydi. Bu so‘zlarga qanday ma’nodosh so‘zlarni tanlash mumkin? Kamtarlik – kamsuqumlilik, xokisorlik, manmanlik – kibr-havo, mag‘rurlik kabi ma’nolarni anglatadi.



Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,

Piyolaga egilar choynak.

Shunday ekan manmanlik nechun,

Kibr-u havo nimaga kerak?

Qoidaga ko‘ra bu tushunchalar insonga bildiril adigan munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi.

Aynan odamlar xarakteri kamtar, kamsuqum, xokisor yoki manman, kibr-havoli bo‘lishi mumkin. E.Vohidov choynakni manman, piyolani kamtar deb sifatlaydi.

Bunday sifatlashlar timsolli (badiiy) nutqni yaratuvchi usullardan biri sanaladi.

O‘quvchilar bu usulning jonlantirish ekanligini aytadilar. Jonsiz narsalarga insonga xos xususiyatlarni ko‘chirish orqali shoir yorqin, hissiy-mazmundor timsol

yaratgan. O‘quvchilarga choynakning manmanligi va piyolaning kamtarligi qanday til vositalari yordamida ifodalanishini aniqlash topshirig‘i beriladi. «Choynak» va «piyola» kalit so‘zlari hamda tilning tasviriy mazmundorligini ifodalovchi vositalar daftarga yoziladi.




E.Vohidov tomonidan tasvirlangan choynak va piyola kimlarni eslatyapti? O‘quvchilar choynak timsolida o‘zini katta tutgan, boshqalarni mensimaydigan, o‘ziga bino qo‘ygan, manman kimsalarni ko‘rishlarini aytadilar va uning qancha kibrli bo‘lmasin, oxir-oqibatda o‘zidan kichik piyolaga egilishga majbur bo‘lishini to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Shunisi ahamiyatliki, aksariyat o‘quvchilar choynakning jo‘mragi yuqoriga qaraganligi uchun kibr-havoli kishilar haqida aytiladigan «burni osmonga ko‘tarilgan» iborasini sifatlash tarzida keltirishgan.

O‘quvchilar piyola timsolida kamtarin inson tasvirlanishini, kamtarlik sabab inson hamisha ehtiromga sazovor bo‘lishi mumkinligini aytadi. Bu timsollar tafakkurning assotsiativligi (birlashuvi) sharofati bilan yaratilganligi, o‘quvchilarni assotsiativ fikrlashga undagan narsa muallifning badiiy so‘zi – «mag‘rur choynak» va

«kamtarin piyola» so‘z birikmalari ekanligi tushuntiriladi. O‘qituvchi birinchi so‘z birikmasidagi «mag‘rur» va «choynak», ikkinchi so‘z birikmasidagi «kamtarin» va

«piyola» so‘zlari alohida-alohida mavjud bo‘lsa, nimani tasavvur qilish mumkinligini so‘raydi. Bunday holatda o‘quvchilarda tasavvur qilish imkoniyati paydo bo‘lishini

aytadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga assotsiatsiya yaratish usulidan foydalanib o‘z choynak-piyolasining qanday bo‘lishi mumkinligini tasvirlashni taklif qiladi. Ehtimolda tutilgan javob variantlari juda ko‘p: choynak – qo‘pol, janjalkash, xasis, dimog‘dor; piyola – xushchaqchaq, kirishimli, saxiy, dilkash va h.k. Adabiyot darslarida ijodiy faoliyatga murojaat qilish o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ham zarur. Bu jarayonda adabiy mavzudagi ijodiy insholar muhim ahamiyatga ega.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ijodiy tafakkur muammoli o‘qitish doirasida yaqqol namoyon bo‘ladi. She’r g‘oyasiga asoslangan adabiy mavzudagi ijodiy

insholar ma’lum darajada muammoli ta’limning qonunlariga bo‘ysunadi va o‘zida ushbu ta’lim turining asosiy tamoyillarini yaxlit holda olib boradi, shu bilan bir vaqtda o‘zining farqlovchi xususiyatlariga ham ega bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Zunnunov. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: O‘qituvchi, 1992.

2. Q.Husanboyeva. Tahlil adabiyotni anglash yo‘li. T.: Sharq, 2013.

3. K.Qosimova. Ona tili o‘qitish metodikasi. T.: Noshir, 2009.

4. S.Ahmedov va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik. T.: Sharq, 2012

201-2019 o`quv yili davomida filologiya fanlari metodbirlashmasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan



HISOBOT.

2018-2019 o`quv yili boshida maktabda filologiya fanlari yo`nalishi bo`yicha maktab direktorining tasdig`I bilan B-34 sonli buyrug`i ishlab chiqildi . buyruq asosida ona tili , rus tili , ingliz tili fanlarini o`z tarkibiga olgan filologiya fanlari metodbirlashmasi tuzildi . Metodbitlashma maktab direktorining tasdig`idan o`tgan , o`qituvchilar bilan kelishilgan holda tuzilgan ish rejasiga ega .

Metodbirlashma a`zolari 9 nafar o`qituvchidan iborat . Barcha o`qituvchilar oliy ma`lumotli . 2018 - 2019 o`quv yili boshida metodbirlashma ish rejasi tuzilib , ochiq darslar jadvali reja asosida tasdiqlangan . Metodbirlashmaning har bir a`zosiga o`z fani bo`yicha vazifalar oylar kesimida tasdiqlanib berilgan . Har bir vazifa o`z vaqtida bajarilgan . Belgilangan ishlar yuzasidan metodbirlashma yig`ma jildi mavjud .

2018-2019 o`quv yili davomida o`nta yig`ilish rejalashtirilgan bo`lib , Har bir yig`ilish o`z vaqtida o`tkazilgan . Rejaga kiritilgan ochiq darslar o`tilib , tahlil qilindi .

O`tgan oo`quv yili davomida metodbirlashma tarkibiga kiruvchi har uch fan asosida alohida fan oyliklari o`tkazilgan . Jumladan Oktabr – Ona tili va adabiyot fan oyligi , noyabr - rus tili fan oyligi , may - chet tillari oyligi o`z vaqtida o`tkazildi .

Fan oyliklarini tashkil etish davomida 5-11 sinf o`quvchilarining DTS bo`yicha o`zlashtirishlarini aniqlash maqsadiida kirish va chiqish testlari olinib , monitoring qilingan . Aniqlangan bo`shliqlarni to`ldirish va ularning yuzaga kelishining oldini olish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqilib amalga oshirildi . Fan oyliklari rejasi asosida sinflar o`rtasida musobaqa va tanlovlar tashkil qilindi va faol ishtirok etgan sinf hamda o`quvchilar taqdirlandi .

2018-2019 o`quv yili davomida tashkil etilgan “Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadasiga o`quvchilar ishtiroki ta`minlangan . Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadasining maktab bosqichi materiallari tayyorlanib , nizomga talablariga amal qilinga holda tashkil qilindi .

Sinovlar asosida saralab oligan o`quvchilar tuman bosqichiga yo`naltirildi va ular bilan alohida mashg`ulotlar tashkil qilindi .

Natijalarga ko`ra o`quvchilar sovrinli o`rinlarni olmagan bo`lsada kuchli o`nlik safiga kirishga muvofaq bo`lishdi . Natijalar fan o`qituvchilari bilan birgalikda tahlil qilinib , kelgusi yil vazifalari belgilab olindi .

Rejadan tashqari turli tadbirlar va buyuk shaxslarning tavvaludi munosabati bilan tadbirlar tashkil qilindi . O`quv yili boshidan yakuniga qadar ahr bir bayram sanasi va tadbirlarda o`quvchilarning ishtiroki taminlanib , yuqori saviyada tashkillashtirishiga metodbirlashma a`zolari tomonidan amaliy yordam ko`rsatildi

O`quv yili yakunida 9-11 sinf o`quvchilari ona tili , chet tili fanlaridan bitiruv imtihonlarini topshirishdi . Imtihon materallari may oyi boshida saralanib tasdiqlandi va shu materiallar asosida o`tkazildi .

5- sinflarda adabiyot fanidan , 7-sinfda ona tili fanidan , 6-10 sinflarda ingliz tili fanlaridan bosqichli nazorat imtihonlari olindi .

Barcha imtihonga jalb qilingan o`quvchilar sinovlardan muvofaqqiyatli o`tib sinfdan sinfga ko`chirildi .

O`quv yili yakunida metodbirlashma a`zolarinng hisobotlari va va metodbirlashma yillik ishlari asosida shakllantirilgan yig`ma jildi maktab metodika kengashiga topshirildi .


Metodbirlashma rahbari: Xudoyqulova M

2019-2020 o`quv yilining birinchi yarim yilligi yakuni tahlili va ikkinchi yarim yillik uchun rejalashtirilgan ishlar yuzasidan

HISOBOT.

2019-2020 o`quv yili boshida filologiya fanlari metodbirlashmasining rejasi va vazifalar fan o`qituvchilari bilan birgalikda kelishib tuzilgan va tasdiqlangan .

Rejaga muvofiq har bir oyda bajarilish rejalashtirilgan ishlar o`z vaqtida amalga oshirildi va metodbirlashmada qilingan ishlar ijrosi yuzasidan yig`ma jild shakllantirildi .

Sentabr oyida metodbirlashma rahbari Ro`ziyev Sarvarning “Filologiya fanlarini o`qitishda innovatsion yondashuv ” mavzusida taqdimoti o`tkazildi va unda hozirgi kunda yangi zamonaviy ta`lim asoslari va fanlararo bog`lanishni tashkil etish usullari haqidagi ma`lumotlar o`qituvchilar bilan muhokama qilindi .

Ta`limdagi yangiliklar va o`quv jarayoniga rivojlangan davlatlar tajribasini jalb qilish va amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosini amalda tadbiq etish maqsadida 8- sinf o`quvchilarining xalqaro baholash dasturlari talablariga mosligini aniqlash uchun monitoring tashkil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib , aniqlangan bo`shliqlarni to`ldirish uchun fan o`qituvchilari bilan vazifalar kelishib olindi .

Oktabr oyida ona tili va adabiyot fan oyligi rejasi ishlab chiqildi va belgilangan vazifalarning o`z vaqtida bajarilishi ta`minlandi . Fan oyligi rejasiga muvofiq 5-11 sinf o`quvchilarining DTS asosida bilim olish samaradrligini aniqlash va aniqlangan bo`shliqlarni to`ldirish maqsadida monitoring o`tkazildi .

Fan oyligi doirasida turli tadbirlar tashkil qilinib o`quvchilarning ona tili va adabiyot fanlari yuzasidan qiziqishlarini yanada oshirishga harakat qilindi .

Noyabr oyida rus tili fan oyligining yuqori saviyada tashkil qilinishi uchun amaliy yordam ko`rsatildi va fan oyligi rejasi doirasidagi barcha ishlar va tadbirlar o`z vaqtida tashkil qilindi .

Fan o`qituvchilari tomonidan kirish chiqsh teslari olindi aniqlangan bo`shliqlar va kamchilarni to`ldirish uchun chora tadbirlar ko`rib chiqildi .

9-11 sinf o`quvchilari fan olimpiadasining maktab bosqichiga jalb qilindi va tuman bosqichiga tayyorlanishlari uchun o`qituvchilarga biriktirildi .

Dekabr oyida o`quvchilarning fan to`garaklariga jalb qilinishi o`rganib chiqildi . Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o`qituvchilar bilan suhbat tashkil qilindi .

O`quv yilining ikkinchi yarim yilligining vazifalari deb quyidagilar belgilab olindi .

1.O`quvchilarni fan to`garaklari va yoshlar ma`naviyatini rivojlantirish , bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qabul qilingan 5 ta muhim tashabbusning 1-4 yo`nalishlari yuzasidan qamrab olish.

2.9-11 sinf o`quvchilarini bitiruv imtihonlariga tayyorlash .

3. 11- sinf bitiruvchilarini oliy o`quv yurtlariga kirishga tayyorlash uchun qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil qilish .

4. Darslarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar va yangicha uslublarni tadbiq etish .

5.Ona tili va adbiyot fani o`qituvchilari fevral oyida ikki buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy va Bobur tavalludi kunlari munosabati bilan tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish vazifalari belgilab berildi .

Yuqorida belgilangan vazifalarni o`z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan fan o`qituvchilari bilan kelishib olindi .


Metodbirlashma rahbari: Ro`ziyev S
Download 46.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling