Белгияда, бир марта сабабсиз сайловда иштирок этамаганлик учун


Download 174.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi174.43 Kb.
#198507
Bog'liq
abdullayev Shoxobiddin qiyosiy konstitutsiyaviy huquq



 

Белгияда,  бир    марта    сабабсиз  сайловда  иштирок    этамаганлик  учун 

жарима  тариқасида  50  евро  жарима.  Такроран  бузилганда  жарима  €  125  га 

ошади.  Тўртинчи  "қатнашмасликдан"    сўнг  фуқаро  ўн  йил  давомида  овоз 

бериш ҳуқуқидан, шунингдек, давлат хизматида лавозим олиш имкониятидан 

маҳрум  бўлади.  Грецияда  сайлов  вақтида  мамлакатда  сайловчининг  

малакатда бўлмаслиги  овоз бермаслик  учун  сабаб  эмас. Сайлов вақтида чет  

элда  бўлган  фуқаролар  олдиндан  овоз  беришлари  талаб    этилади.  Иштирок  

этмаганлик  учун  жарималардан  ташқари,  жиддийроқ  жазолар  ҳам  амал 

қилиши мумкин, жумладан, бир ойдан бир йилгача муддатга ҳибсга олиш ва 

озодликдан  маҳрум  қилиш,  шунингдек  унвонлар  ва  лавозимлардан  маҳрум 

қилиш.  25    евродан  70    еврога    қадар    жарима  солиш  амалиѐти  Италия, 

Германия,  Австрия,  Кипр  ва  Люксембургда  ҳам  мавжуд.  Аргентинада    эса, 

$20    дан    $  200  миқдорида  сайловларда  иштирок  этмаганлик  учун  жарима,    

бундан  ташқари  жазо    тариқасида    уч  йил  давомида  давлат  идораларида    

ишлаш    имкониятини  маҳрум  этадиди.  Худди  шундай  амалиѐт  Бразилияда 

ҳам  мавжуд. 

Савол.  Сизнингча,  сайловларда  иштирок  этмаслик  учун  қайси 

давлатнинг энг “асосли” чоралари бор? Агар сайловларда мажбурий иштирок 

этишга қарши бўлсангиз, ўз позициянгизни асосланг. 

 

 

 



 

 

 




Kazusda yuza kelgan savollarni aniqlab olish lozim. Birinchidan saylov nima? 

Ikkinchidan, saylov majburiy bo’lishi qanchalik to’g’ri?   

Saylov- ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o`zini o`zi boshqarish 

organlari  va  boshqa  tuzilmalar  tashkil  etish  vositasidir.  Fuqarolarning  o`z  saylov 

huquqini  amalga  oshirishi  ularning  davlatni  boshqarishda  ishtirok  etishining  eng 

muhim  shakllaridan  biri.  Saylov  o`tkazish  tartibi  va  qoidalari,  odatda  har  bir 

davlatning  konstitutsiyasi  va  boshqa  konstitutsiyaviy  huquqiy  hujjatlarida 

belgilangan bo`ladi. Saylovlarda  ovoz  berish  asosiy  tadbir,  saylovni  ro’yobga  

chiqaruvchi    usuli  hamda  xalq  xohish-irodasini  to’g’ridan  to’g’ri  namoyon  qilish 

vositasidir. Saylov  deganda  odatda  biror  bir  organni  shakllantirish,  mansabdor  

shaxsni lavozimiga kirishi uchun vakolat berishdagi ovoz berish tushuniladi. Lekin  

saylovlarni    ro’yobga    chiqishini    ta’minlovchi    ovoz    berish,    turli  organlarni, 

mansabdor  shaxslarni  vakolatini  tugashida  ham  qo’llaniladi.  Saylov  bu 

damokratiya,  demokratiya  esa  erkinlikni  ifodalaydi.  Demak,  saylovlarda 

qatnashish  majburiy  bo’lishi  demokratiyani  ochiq-oydin  mensimaslikdir.  Har 

qanday  siyosat  xalq  manfaatini  ko’zlab  yuritiladi.  Xalqni  esa  odamlar  tashkil 

qiladi. Demokratiya  hamma  joyda  bir  xil.  Uning  umumiy  tamoyillari  hamma  

uchun  tushunarli    bu    –    demokratiyaning    ajralmas    qismi    bo’lgan    xalq  

hokimiyati,   xalqning  xohish-irodasi   va   ochiq,   erkin    saylovlardir.   Bu   oxir   –  

oqibatda    har    qanda  demokratiyaning  eng  yuqori  pog’onasi  bo’lgan  fuqarolik 

jamiyatidir.  O’zbekistonda    saylovda,  ovoz  berishda  ishtirok  etmaganlik  uchun 

hech  qanday    chora,    jazo    ko’rish    tartibi    yo’q.    Ammo    ayrim    xorijiy  

mamlakatlarda    saylovlarda ishtirok    etmaganlik   uchun    ayrim    choralar   ko’rish  

tartibi    bor.    Ayrim    mamlakatlarda  saylovda  ishtirok  etishning  majburiyligi 

belgilangan.  Jumladan,    Italiya    Konstitusiyada    saylovni    amalga    oshirish  

fuqarolik    burchi    deb    belgilangan,  uning    qonunchiligida    bunday    holat    yuz  

bersa    jamoat    izzasi    qo’llanilishi   belgilangan.   Ayrim  mamlakatlarda    saylovda  

ishtirok    etmaganlik    uchun    turli    choralar    ko’rilishi    belgilangan.  Avstraliyada 

saylovda  ishtirok  etmaslik  uchun  jarima  solish  nazarda  tutilgan.  Gretsiya  va 



Turkiyada  saylovda    ishtirok    etish    majburiyat    hisoblanib,    ovoz    berishda  

ishtirok  etmagan  fuqaro  ozodlikdan mahrum  etilishi  ham  mumkin.  Saylovni  

burch    sifatida    belgilash    va    majburiy    tus    berish    Belgiya,  Gollandiya  ayrim 

Lotin Amerikasi davlatlarida ham mavjud. Ayrim  mamlakatlarda  saylov  ishtirok  

etish    majburiyat    ekanligi    shu  mamlakatlarda    absenteizm

1

ning    mavjudligidir.  



Saylov    madaniyatining    pastligi,  saylov    natijalariga    qiziqmaslik,    fuqarolarni  

saylovlarda    ishtirok    etmasligiga    sabab  bo’ladi.    Absenteizm  saylov  tizimining 

nodemakratik  ko`rinishiga  qarshi  aholi  noroziligining  bir  shakli,  u  erkin 

saylovlarda  o`tkazilayotganda  uchraydi.  Absenteizmga  qarshi  salbiy  va  ijobiy 

sanksiyalar  mavjud.  Buning  uchun  turli  davlatlarda  turlicha  cheklov  va  choralar 

mavjud.  Xususan,  demokratiya  vatani  atalmish  gretsiyada  ovoz  berishda 

qatnashmaslik uchun hatto saylovchining saylov kuni boshqa mamlakatda bo`lgani 

ham  bahona  bo`lolmaydi.  Belgiyada  uzrli  sabablarsiz  saylovda  qatnashmalik  uch 

marotaba  takrorlansa  10  yilgacha  saylovlarda  qatnashish  huquqidan  mahrum 

etiladi.  Avstriya,  Kipr  va  Lyuksemburkda  saylovlarda  loqaydligi  uchun  saylovga 

qatnashmagan  aholidan  25  yevroda  70  yevrogacga  jarima  undiriladi.  Janubiy 

Osiyoning  tanilgan  mamlaatlaridan  biri  Pokistonda    esa  saylovdan  bo`yin 

tovlaganlik  uchun  60  dollarlik  jarima  undiriladi.  Mazkur  kazusda  keltirilgan 

saylovda  qatnashish  majburiy  qilb  belgilangan  davlatlarda  barchasi  demokratik 

huquq  va  erkinliklarga  zid  hisoblanadi.  Bu  yerdagi  biror  bir  davlatni  amalga 

oshirgan  saylovda  ishtirok  etisshga  majburloash  choralarini  yoqlamayman.  Faraz 

qilaylik,  har  bir  fuqaro  o’zi  xohlagan  nomzodga  ovoz  berish huquqiga  ega  ekan, 

nega hech qaysiga ovoz bermaslik huquqiga ega bo’lmaslik kerak? Nega saylovda 

qatnashmaganlik  uchun  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi  kerak?  Mazkur  masala 

muhokama  qilishlarsiz  saylov  erkin  va  cheklanmaydigan,  javobgarlik  olib 

klemaydigan  bo’lishi  kerak.    Yuqoridagi  misollardan  ko`rinadiki,  demokratik 

jamiyatning  yorqin  namunasi  bo`lgan  mamlakatlarda  ham  xalq  boshqaruviga 

                                                           

1

 



Saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda

yig`ilishlarda va hakozoda qatnashishdan bosh tortish. Aholining o`z fuqarolik 

huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi.

 



asoslangan  jamiyat  mezonlarining  keskin  buzilishlariga  guvoh  bo`ldik.  Ushbu 

keltirilgan  misol  va  ma`lumotlardan  mamlakatimizda  o`rnatilgan  qonun-qoidalar  

demokratiyaning  qolipi  deb  aytishdan  ancha  yiroqdaman.    Chunki  yurtimizda 

o`tgan ko`plab saylovlar ham xalqaro kuzatuvchilar tomonida ijobiy baholanmadi. 

Insoniyat hali demokratiyadan ustuvor jamiyat ko`rmadi. Shu tufayli demokratiya 

insoniyat ko`z o`ngidagi ideal siyosiy tuzimdir. Aslida esa demokratiya ham huddi 

sotsiyalizm hamda kommunizm kabi utopik tizimdir. Demokratiyaning rivojlangan 

davrida  barcha  fuqarolar  qonun-qoidalarga  ihtiyoriy  tarzda  bo`ysunib  yashashi 

keltirilgan. Endi faraz qilaylik barcha o`z huquq va erkinliklarini bilsa qonunlarga 

amal  qilsa,  hech  bir  qoidalarni  buzmasa,  saylovga  o`z  vaqtida  borsa  yoxud  o`z 

huquqidan  foydalangan  xolda  saylovlarda  ishtirok  etmasdan  loqaydlik,  befarqlik 

ruhida  bo`lsa.  Agar  shunday  bo`ladigan  bo`lsa  aholi  uchu  qonun  nega  kerak 

bo`ladi, davlat boshqaruvidagi vakillar nima uchun zarur, agar insonlar qonunlarga 

so`zsiz  itoat  etadigan  jamiyatda  qonun  bo`lmasligi  lozim.  Bu  esa  utopiyaning 

yaqqol namunasidir. 

 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  mazkur  kazusda  berilgan  savolga 



to’xtalib  o’tar  ekanmiz,  demak,  Yuqorida  nomlari  misol  qlib  keltirilgan 

mamlakatlarda  qo`llanilgan  choralarning  hech  birini  asosli  deb  hisoblamayman. 

Chunki keltililgan chora va cheklashlar demokratik jamiyat talablariga zid hamda 

inson  huquq  va  erkinliklariga  qarshi  qo`yilgan  sanksiyalardir.  Barchaning  saylov 

jarayonida  ovoz  berishi  mutlaqo  erkin  va  cheklanmaga  bo’lish  kerak.  Har  bir 

fuqaro erkin bo’lb tug’ulladi va erkin bo’lib yashashi lozim. Shuning cheklanishlar 

bu nafaqat yashash prinsiplariga zid va qolaversa,  inson huquqlariga ham zid. Bir 

qator xalqaro huquqiy hujjatlarda har bir fuqaro siyosiy huquqlarini erkin bajarishi 

va ega bo’lsihi keltirilgan.  

 

 




Foydalanilgan adabiyotlar. 

Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq. Darslik.  

Xorijiy mamlakatlarning kostitusiyaviy huquqi. Darslik  

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.  

Lex.uz 

Norma.uz  



Download 174.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling