Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi


Download 460 Kb.
bet3/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Bobur Mirzoning tog'asi - Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxon Farg'ona ustiga yurish boshlaydi va Axsi qo'rg'onini qamal qiladi. Biroq Sulton Mahmudxon qanchalik urinmasin, Axsini olishga qurbi yetmadi. Axsi himoyachilarining mardonavor kurashayotganini ko'rgan Sulton Mahmudxon ham Toshkentga qaytishga majbur bo'ldi.
Sulton Ahmad Mirzo Samarqandga yetmasdan yo'lda to'satdan vafot etadi. 1495-yilning yanvarida Samarqand taxtiga Sulton Mahmud Mirzoning ikkinchi o'g'li Boysung'ur Mirzo (1495— 1497) o'tqazildi.
Shunday qilib, Andijonda Bobur Mirzo, Samarqandda Boysung'ur Mirzo, Toshkentda Sulton Mahmudxon, Hirotda esa Sulton Husayn Boyqaro hukmron edilar.
Bobur Mirzo ham barcha taxt da'vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. U ham saltanat tuzish, buning uchun, avvalo, ulug' bobosi Amir Temur saltanatining markazi — Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonar edi.
Tez orada Boysung'ur Mirzo bilan ukasi Sulton Ali Mirzo o'rtasida toj-u taxt uchun kurash boshlandi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo 1496- yilning 17- iyunida qo'shini bilan Samarqand qamaliga tutinadi. Qamalda Boysung'urga qarshi uning akasi — Buxoro hukmdori Sulton Ma'sud Mirzo va ukasi Sulton Ali Mirzolar ham qoi ko'tardilar. Ayni paytda, Bobur Mirzo tog'asi — Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxondan yordam oladi. Biroq qish yaqinlashib qolganligi tufayli ittifoqchi shahzodalar Samarqand qamalini to'xtatib, yurtlariga qaytishga majbur bo'ldilar.
1497-yilning may oyida Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish boshlaydi va ikkinchi marta Samarqand qamali boshlanadi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi yuz bergani tufayli Boysung'ur Mirzo askarlari orasida parokandalik ro'y beradi. Qamalga bardosh berishga ko'zi yetmagan Boysung'ur Mirzo Dashti Qipchoq hukmdori Shayboniyxondan yordam so'raydi. Shayboniyxon qulay rursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Bobur Mirzo qarorgohining ro'parasiga joylashadi. Bobur Mirzo bor askari bilan Shayboniyxonga qarshi chiqishga shaylandi. Kutilmaganda Shayboniyxon shahar ichkarisiga qarab yurdi, biroq Boysung'ur uni shaharga kiritmadi. Boysung'ur uni shahar tashqarisida bo'ladigan jangda ittifoqchi bo'lishga taklif qilgan edi.
Bundan ranjigan Shayboniyxon qo'shini bilan Turkistonga qaytib ketdi. Shunday bo'lsa-da, Shayboniyning Samarqandga kelishi behuda ketmadi. U bu yerga yana qaytishni, qaytganda ham qanday kuch bilan qaytishi zarurligini bilib oldi. Ikkinchidan, u temuriyzodalarning ahvoli o'zaro urushlar oqibatida nochor holatga tushib qolganligini ko'rib qaytdi.
Samarqand qamali 7 oydan ziyod davom etdi. Shayboniyxondan yordam ololmagan Boysung'ur Mirzo kam sonli qo'shini va yaqinlari bilan Qunduz hukmdori Xusravshoh huzuriga qochdi.
Andijonda Bobur Mirzo 1497-yilning noyabr oyi Andijonda hokimiyat oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo`ldi. Biroq bu hol uzoqqa bormadi. Boburning Andijonga yuborgan ishonchli begi Uzun Hasan Boburning dushmani Ahmad Tanbal bilan til biriktirib, Boburning ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o'tqazish harakatiga tushgan edilar. Ular o'z maqsadlariga erishdilar ham. Vujudga kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur Mirzo qanday bo'lmasin Andijonni saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandni yuz kun idora etgandan song uni tark etishga majbur bo'ldi. Samarqand taxtini Sulton Ali Mirzo egalladi.
Ayni paytda, Bobur Mirzoning kichik ukasi Nosir Mirzo Andijonga hujum qildi va Uzun Hasan hukmronligiga barham berib, hokimiyatni Bobur Mirzoga topshirdi. Biroq vaziyat hamon og'irligicha qolaverdi. Chunonchi, Jahongir Mirzo hali taxt da'vosidan voz kechmagan edi. Qolaversa, Ahmad Tanbal ham hamon uni qo'llab-quvvatlayotgan edi. Nihoyat, 1500-yilda Bobur Mirzo bilan Jahongir Mirzo o'rtasida sulh tuzildi. Unga ko'ra, Sirdaryoning shimoliy tarafi Axsi shahri bilan Jahongir Mirzoga, daryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan Bobur Mirzoga berildi.
Temuriylar saltanatining boshqa qismlarida ham Farg'onadagi kabi toj-u taxt uchun kurash davom etardi. O'sha davr tarixchisi Muhammad Solih yozganidek, „Hamma bir-biridan qo'rqar edi. O'zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig'vo urug'ini sochardilar".
Temuriylar saltanatida boshlangan toj-u taxt uchun ayovsiz kurash oqibatida saltanat inqirozga yuz tutdi. Natijada, ko'pdan buyon Temuriylar saltanati hududlarini egallashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni egallab olishi uchun qulay sharoit vujudga keldi.
Savollar
1. Temuriylar saltanatidek buyuk saltanatning inqirozga yuz tutishi muqarrar ekanligiga dalillar keltiring.
2. Temuriylarning Xuroson va Movarounnahr davlatlari qay tariqa vujudga kelgan edi?
3. Shohruh Mirzoning Temuriylar davlatini ikkiga bo'lib boshqarishiga Siz qanday baho bergan bo'lar edingiz?
4. Xuroson taxti uchun olib borilgan kurash qanday kechganligi haqida so'zlab bering.
5. Movarounnahr va Xurosonda vujudga kelgan siyosiy ahvolning o'xshash va farq qiladigan tomonlarini toping.
6. Siz mavzu matnidan qanday asosiy xulosa chiqargan bo'lar edingiz?



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling